2-amaliy mashg’ulot mavzu: mikroorganizmlarni gram usulida bo’yash orqali identifikatsiya qilish mashg’ulotni o’tish tartibi


Download 34.4 Kb.
bet4/6
Sana28.10.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1729127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SANOAT MIKROBIOLOGIYASI 2-AMALIY MASHG\'ULOT 2023

Gramm usulida bo’yash. Mikroorganizmlar Gramm usulida bo’yalish-bo’yalmasligiga qarab ikki guruhga bo’linadi:

  1. Gramm usulida mikroorganizmlar binafsha rang bo’yalsa gramm-musbat deyiladi.

  2. Gramm usulida mikroorganizmlar qizil rangga bo’yalsa gramm – manfiy deyiladi.

Gramm usulida bo’yash mikroorganizmlarning turini aniqlash uchun asosiy belgi bo’lib, u quyidagilardan iborat:
Quritilgan va fiksatsiya qilingan mazokka gentsian-violet bo’yog’idan quyilib, 1-2 daqiqa saqlanadi. So’ngra bo’yoq suv bilan yuvib tashlanadi va mazokka Lyugol eritmasi (Kj dagi j eritmasi) tomizilib, 1-2daqiqaqo’yiladi. Bu eritma ham suv bilan yuvib tashlanib, mazok spirtga 0,5-1daqiqa solib qo’yiladi. So’ngra preparat yana suv bilan yuviladi va unga fuksin bo’yog’idan quyiladi, 3-4daqiqa keyin bo’yoq suv bilan yuvilib, mazok havoda quritilgach, unga bir tomchi immersion moy tomiziladi va mikroskopda immersion ob’ektiv bilan qaraladi. Gramm-musbat usulida bo’yaladigan mikroorganizmlar protoplazmasida gentsian-violet bilan yod eritmasining birikmasi vujudga keladi, bu eritma spirtda erimaydi; bunday mikroorganizmlar spirtga botirilganda rangini yo’qotmay, to’q binafshaligicha qolaveradi. Gramm-musbat usulida bo’yalmaydigan mikroorganizmlarning protoplazmasida gentsian-violet bilan yod birikmasi hosil bo’ladi, lekin spirtda erib ketadi. Natijada mikroorganizmlar rangini yo’qotadi. Rangsizlangan mikroorganizmlar fuksin bilan bo’yalganda qizil tusga kiradi. Gramm-musbat mikroorganizmlar mikroskopda to’q binafsha, gramm-manfiy mikroorganizmlar esa qizil bo’lib ko’rinadi.
Namuna uchun preparat tish g’uboridan tayyorlanadi. Bunda gramm-musbat mikroorganizmlar va gramm-manfiy mikroorganizmlar ham bo’ladi. Gramm-musbat mikroorganizmlar bo’yalish jihatidangina emas, bir qancha biologik xossalari bilan ham gramm-manfiy bakteriyalardan farq qiladi. Antibiotiklar gramm-manfiy mikroorganizmlardan ko’ra gramm-musbat mikroorganizmlarga tezroq ta’sir etadi. Mikroorganizmlarning Gramm usulida qanday bo’yalishiga qarab, unga turli antibiotiklarning qanday ta’sir etishini oldindan bilish mumkin.



Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling