2-amaliy mashg’ulot: nutqning asosiy xususiyatlari mavzusidan savol-javob, mashq bajarish va test tahlillari


Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asaridan


Download 40.09 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi40.09 Kb.
#1503182
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy mashgulot (2)

Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat —
yengilmas kuch» asaridan.



7-topshiriq. Gaplarni ko‘chiring, ulardagi so‘zlarning qanday
adabiy til me’yorlariga mosligini izohlang.



Yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari
hamkorligidan foydalanish zarur bo‘ladi. Ularning birontasiga
ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasi buzilishi
qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay qolmaydi (Abu Rayhon Beruniy).
2. Agar so‘zni va ilmni yaxshi bilsang ham hech bir so‘zni
buzma, to‘g‘ri ta’rifla. So‘zni bir xil gapir (Kaykovus). 3. Bilib
so‘zla, so‘z bilig sanalur (Yusuf Xos Hojib). 4. So‘zlaringda bo‘lsin
fikr-u o‘y yoniq, bo‘lsin har so‘zingda bir nuqta aniq (X.
Dehlaviy). 5. Agar tilni asramoq ko‘ngulga mehnatdur, ammo
so‘zni siypamoq boshqa ofatdur (A. Navoiy).


8- topshiriq. Maqol va hikmatlarni daftaringizga ko‘chiring, ular
mazmunidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslang.



1. Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi.
2. Tilingni yaxshi ishlatsang, qurolidan yaxshi foy-
dalanadigan ovchi kabi bo‘lasan. 3. Til ravshanligi – tafakkur
ravshanligining natijasi, ravshan fikr esa muqarrar
ravshan shaklni taqozo etadi. 4. Fikrdagi qusur so‘zdagi
xatolarni vujudga keltiradi, so‘zdagi kemtiklar esa ishdagi
xatolarni keltirib chiqaradi. 5. Usta ko‘rmagan shogird
har maqomga yo‘rg‘alar. 6. Ipni har qancha bo‘yagan
bilan ipak bo‘lmaydi. 7. Nonni katta tishlasang ham,
gapni katta gapirma.
9-topshiriq. Gaplarni o‘qing, nutqning jamiyat ma’naviy-axlo-
qiy qoidalariga muvofiq tuzilishini ifodalovchi so‘z

birikmalarini aniqlab, daftaringizga ko‘chiring.



Har neki senga yetar lison og‘rig‘idin, Bilgilki, qat-
tiqdurur sinov og‘rig‘idin (Alisher Navoiy). 2. Yaxshi so‘zlash-
ga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat
qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, tiling shuni
gapiradi (Kaykovus). 3. Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
ortiq so‘z qiladi bu boshin egik (Yusuf Xos Hojib). 4. Bundin
nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham senga
tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qig‘uvchig‘a (Z. M. Bobur).
5. So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshingni hisobga ol, beo‘rin
so‘z aytma (A.Navoiy). 6. So‘zing kiyimingdek bekam-u ko‘st
qil, Yoki kiyimingni so‘zingga rost qil (N. Xusrav). 7. Yaxshi,
ezgu so‘z (nutq) kishiga obro‘, baxt keltiradi. Ezgu so‘zli bo‘l
(A. Navoiy).



Download 40.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling