darajasidagi mutanosiblik,
mos translyator mavjudligini, tizimli va kutubxona chaqiriqlari darajasidagi
mutanosiblikni talab qiladi.
Ochiqlik va qo’shimcha imkoniyatlar qo’shish printsipi. Ochiqlilik taxlil
uchun nafaqat tizimli
mutaxassislarga balki foydalanuvchilarga ham imkoniyat borligini ko’zda tutadi. Qo’shimcha imkoniyatlar
qo’shish, OT tarkibiga yangi modullar qo’shish va mavjudlarini o’zgartirish (modifikatsiya) imkonini
beradi.
OT ni mikroyadro
strukturasidan foydalanib, klient-server texnologiyasiga asosan qurish,
qo’shimcha imkoniyatlar qo’shish keng imkoniyat yaratadi. Bu xolda OT imtiyozli boshqaruvchi dasturlar
va imtiyozsiz server-xizmatlar majmuasi tarzida quriladi. Asosiy qism o’zgartirilmasdan qolib,
serverlar
oson o’zgartiriladi, almashtiriladi va qo’shimcha qo’shiladi.
Mobillilik printsipi (ko’chirib o’tkazish). Bu
printsip OTni bir platformadan, boshqa tipdagi
platformaga ko’chirish imkonini nazarda tutadi. Ko’chirib o’tkaziladigan OT ni ishlab chiqishda quyidagi
qoidalarga rioya qilinadi: OT ning deyarli
katta qismi, foydalanishga mo’ljallangan hamma platformalarda
translyatorlari mavjud bo’lgan tilda yoziladi. Bu yuqori darajadagi, qoida bo’yicha S tilidir. Assemblerdagi
dastur
umumiy holda, ko’chirib bo’lmaydigan dasturdir. Keyin, apparat resurslari bilan bevosita
munosabatda bo’lgan kod fragmentlari olib tashlanadi yoki kamaytiriladi. Apparatga bog’liq kod, bir
nechta yaxshi lokallashtirilgan modullarda ajratilgan holda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: