Chastota printsipi. Dastur algoritmlarida, ishlov beriladigan massivlarda amal va kattaliklarni
foydalanish chastotasiga qarab ajratishga asoslangan. Ko’p marta ishlatiladigan amal va ma’lumotlarga
tezroq murojaat qilishni ta’minlash uchun, ularni operativ xotiraga joylashtiriladi. Bunday murojaatning
asosiy vositasi, ko’p sathli rejalashtirishni tashkil etishdir. Uzoq muddatli rejalashtirishga tizim
faoliyatining kamyob va uzun amallari ajratilsa, qisqa muddatli rejalashtirishga esa ko’p ishlatiladigan va
qisqa amallar ajratiladi. Tizim dasturlash bajarilishini initsializatsiya qiladi yoki uzadi, dinamik tarzda
talab qilinadigan resurslarni beradi va qaytib oladi, eng birinchi navbatda bu resrslar – xotira va
protsessordir.
Modullilik printsipi. Modul-bu tizimning tugallangan elementi bo’lib, u modullararo interfeysga
mos ravishda bajarilgandir. Modul ta’rifi bo’yicha, uni ixtiyoriy boshqasiga, mos interfeyss mavjud
bo’lganda almashtirish imkonini nazarda tutadi. Ko’pincha, OTni qurishda imtiyozga ega bo’lgan, qayta
kiradigan va rinterabel modullar katta ahamiyatga egadir. Imtiyozga ega bo’lgan modullar.... imtiyozli
rejimda amalga oshadi, bu rejimda uzilishlar tizimi o’chiriladi, va xech qanday tashqi xodisa hisoblashlar
ketma-ketligini buza olmaydi. renterabl modullar bajarilishni (ijroni) ko’p marta, takroran uzilishini va
boshqa masalalardan qayta ishga tushirishni nazarda tutadi. Buning uchun, oraliq hisoblashlarni saqlash
va uzilgan nuqtadan ularga qaytish ta’minlanadi. Qayta kiradigan modullar ko’r marta parallel
foydalanishni nazarda tutadi, ammo uzilishni nazarda tutmaydi. Ular imtiyozli bloklardan tashkil topgan
bo’lib, ularga qayta murojaat, bu bloklarning birortasining tugallanganidan keyin mumkin bo’ladi.
Modullilik printsipi, tizimning texnologik va ekspluotatsiya xossalarini aks ettiradi. Foydalanishning
maksimal samaradorligi, agar bu printsip OT ga ham, amaliy dasturlarga ham apparaturaga ham xos
bo’lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |