2-amaliy mashg’ulot. Otlar eksteryerini o’rganish va uni aniqlash uchun o’lchamlar olish. Eksteryer
Download 63.77 Kb.
|
1 laboratoriya harbiy xizmat hayvonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qorin.
Uzunligi bo’yicha – uzun, kalta; shakli bo’yicha to’g’ri, zambarsimon (egilgan) va do’ng (bukri) bo’lishi mumkin. To’g’ri va keng orqa barcha tipdagi otlar uchun ham maqsadga muvofiqdir.
Bel umurtqa pog’onasining eng nozik joyidir. Uning asosini 6 ta bel umurtqasi tashkil qiladi. Hamma tipdagi otlarda bel qisqa, keng, to’g’ri va sermuskul bo’lishi kerak. Och biqin deb oxirgi qovurg’a bilan yonbosh suyagining orasidagi masofaga aytiladi. Uning uzunligi salt miniluvchi otlarda 8-9 sm, kam kuch otlarda 10-12 sm bo’lishi aniqlangan. Sag’ri uzunligiga, kengligiga, qiyaligiga va shakliga qarab baholanadi. Sag’ri salt miniluvchi otlarda uzun va sa’l qiya bo’lishi lozim. Gorizontal sag’ri zambarbel otlarda ko’proq uchraydi. Orqadan qaraganda yumaloq (tuxumsimon) sag’ri ko’rinsa normal, chodirsimon ko’rinsa kammuskul hisoblanadi. Dumning asosi 16-18 umurtqadan tashkil topgan. Og’ir yuk tortadigan otlarda u uzun va serjun, janubiy tipdagi otlarda kalta bo’ladi. Qorin. Otlarning qorni boshqa turdagi hayvonlarga nisbatan kam rivojlangan. Dag’al oziqni ko’p iste’mol qilgan ishchi otning qorni katta bo’ladi (“somon qorin”) Ko’krak qafasi asosan 18 ta ko’krak umurtqasi, 36 ta qovurg’a va ko’krak suyagidan iborat. Tez yuguruvchi otlarning ko’kragi katta va chuqur, odimlab yuradigan otlarda esa keng bo’ladi. Tor, qisqa, yassi, sayoz ko’krak jiddiy kamchilik hisoblanadi. Oldingi oyoqlarning asosini ko’krak, yelka, tirsak, bilak, bilakuzuk bo’g’imi, kaft (pocha), baqay, chocha, tuyoq va ularni biriktirib turgan pay va muskullar tashkil qiladi. Kurak. 1-6 qovurg’alar ustida gorizontga nisbatan 54-60 qiya joylashgan. Kurak qancha uzun va qiya joylashsa, qadam shuncha keng bo’ladi (yengil yuguruvchi va yo’rtoqi otlar). Qisqa va tik kurakli otlarning harakati sust bo’ladi. Yelka – kurak bo’g’iminig burchagi odimlab yuradigan otlarda, chopqir otlarda 95 va yo’rtoqi otlarda 105 ni tashkil qilishi kerak. Yelka. Chopqir otlarning yelka suyagi uzun, bilak va kaft suyaklari nisbatan kalta; yo’rtoqi otlarning yelka suyagi qisqa, bilak va kaft suyaklari nisbatan uzun bo’ladi. Download 63.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling