2-amaliy mashg’ulot. Otlar eksteryerini o’rganish va uni aniqlash uchun o’lchamlar olish. Eksteryer
Download 63.77 Kb.
|
1 laboratoriya harbiy xizmat hayvonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aravaga qo’shiladigan
- Bo’yin.
7 - rasm. Otlarning tana tuzilishi 1-ot boshi; 2-bo’yin toji; 3-qarchig’ay; 4-orqa; 5-b el; 6-dumg’aza; 7-sag’ri; 8-dum asosi; 9-halqum; 10-bo’yin yonboshi; 11-yelka kurak do’ngligi; 12-ko’krak; 13-kurak; 14-to’sh; 15-bilak; 16-bilakuzuk; 17-kaft; 18-tushoq bo’g’imi; 19-tuyoq; 20-yelka; 21-tirsak; 22-qovurg’alar; 23-yetim qovurg’a; 24-och biqin; 25-qorin; 26-kashtanlar; 27-yonbosh cho’qqisi; 28-tizza; 29-chov; 30-son; 31-dum; 32-o’tirg’ich do’ngligi; 33-sakrash bo’g’imi; 34-boldir; 35-axill payi; 36-poshna; 37-pix;
Aravaga qo’shiladigan otlarning ko’zlari chuqur, qovoqlari soliq bo’ladi. Burun teshiklari katta va toza bo’lishiga alohida e’tibor berish lozim. Og’iz to’g’ri bo’lishi, jag’lar bir-birining ustiga joylashishi kerak. Quloqlar. Tez yuguradigan otlarning quloqlari yupqa, to’g’ri,proporsional, va harakatchan bo’ladi. Pastki jag’ning orqa burchaklari (ganashlar) keng va tor bo’lishi mumkin. Ot normal nafas olish uchun ularning orasi 8-9 sm bo’lishi kerak. Ensa keng va uzun bo’lishi maqsadga muvofiq. Ensasi kalta otlar tez yugurolmaydi, ularni boshqarish ham qiyin. Otlarning boshi bo’yniga nisbatan normal, gorizontal va vertikal joylashishi mumkin. Agar bosh bo’yinga nisbatan 45o burchak hosil qilib joylashsa, normal hisoblanadi. Bunday otlar uzoqni yaxshi ko’radi, yengil harakatlanadi va yaxshi yuguradi. Bo’yin. Odatda otlarning bo’yni to’g’ri, oqqush va kiyik nomlari bilan ataladi. To’g’ri bo’yin sof qonli salt miniluvchi va rus yo’rtoqi otlarida, oqqush bo’yin Orlov yo’rtoqisida, kiyik bo’yin qirg’iz otlarida uchraydi. Bo’yinlar gavdaga nisbatan joylashishi jihatidan normal, baland va past bo’lishi mumkin. Bo’yin gavdaga nisbatan 45-50o burchak hosil qilib joylashishi maqsadga muvofiq. Qarchig’ay asosan 2-12 ko’krak umurtqalarining o’simtalaridan iborat. Odatda qarchig’aylar baland, o’rta, past, uzun, qisqa bo’lishi mumkin. Tez yuguradigan otlarning qarchig’ayi uzun va baland bo’ladi. Qarchig’ayi uzun, baland va sermuskul otlar yo’rtoqi va yuguruvchanligi bilan ajralib turadi. Qarchig’ayi past, keng va go’shtdor otlar arava tortishga moslashgan. Orqa qarchig’ay va bel o’rtasida joylashgan. Uni 11-18 ko’krak umurtqalari tashqil qiladi. Download 63.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling