2-amaliy mashg’ulot. Otlar eksteryerini o’rganish va uni aniqlash uchun o’lchamlar olish. Eksteryer


Download 63.77 Kb.
bet5/5
Sana04.10.2023
Hajmi63.77 Kb.
#1691547
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 laboratoriya harbiy xizmat hayvonlari

Taqir teri (kashtan) – terining shoxsimon junsiz joyi bo’lib, oldingi oyoqlarda orqa oyoqlarga nisbatan kattaroq bo’ladi.
Oyoqlarning qo’yilishi.
Oldingi oyoqlarning qo’yilishi.
Otlarning yurishi oyoqlarining to’g’ri qo’yilishiga bog’liq. Oldingi oyoqlar tik, bir-biriga parallel bo’lishi kerak yoki o’mrovdan tushirilgan vertikal chiziq tuyoqning uchiga tushishi lozim.
1. Qiyshiq oyoq – baqaylari va tuyoq uchlari tashqi tomonga qarab turadi. Ko’pincha tor
ko’krakli yo’rtoqi otlarda uchraydi.
2. Chalish oyoq (maymoq) – baqaylari va tuyoq uchlari ichkariga qarab turadi. Ko’pincha
odimlab yuradigan va og’ir yuk tortuvchi otlarda uchraydi.
3. Sirkulsimon oyoq – ikki tuyoq oralig’i ko’krakka nisbatan keng bo’lishi bilan izohlanadi.
4. Normal qo’yilgan oyoq tik va parallel joylashadi.
Yon tomondan qaraganda quyidagi oyoq qo’yish shakllari ko’zga tashlanadi:
1. Tikka va to’g’ri qo’yish. Bunda bir oyoqning panasida ikkinchisi ko’rinmaydi.
2. Qorin tomonga kiritib qiya qo’yish. Oyog’ini bunday qo’yadigan otlar qadamini keng tashlay olmaydi, yurganda suriladi.
3. Oldinga qarab chiqarib qo’yish. Bunday qo’yish ko’pincha tuyoqlarning surunkali shamollashidan kelib chiqadi.
Download 63.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling