2-Amaliy mashg’ulot Piroliz va kreking jarayonlarini o‘rganish Peja


Etan asosida etilen ishlab chiqarish


Download 326.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana08.01.2022
Hajmi326.3 Kb.
#244081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Амалий ОМС

Etan asosida etilen ishlab chiqarish.  Etan asosida etilen ishlab chiqarish 

prinsipial texnologik sxemasi 6-rasmda ifodalangan.  Etan asosida etilen ishlab 

chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: piroliz jarayoni; pirogazni tayyorlash; 

komprimirlash, tozalash va quritish; gaz ajratish. 



Piroliz jarayoni. Etan 1-issiqlik almashtirgichdan 2-saturatorga kelib suv 

bug’i bilan to'yinadi va 4-piroliz pechiga o‘tadi. Tarkibidagi gazlar ajratilgandan 

so‘ng etan fraksiyasi (etan retsikl) ham 4-piroliz pechiga kelib qo'shiladi, u yerda 

piroliz jarayoni sodir bo‘ladi. Pechdagi reaksiya aralashmasi 815-850 °C haroratda 

3-toblash bug’latish jixozida toblanadi. Bu yerda pirogazni 350-450 °C sovushi va 

11-14 MPa bosimda bug’ hosil bo‘lishi sodir bo‘Iadi 5-baraban-bug’ yig‘gichda u 

suvdan ajratiladi va pirogaz trubinalari privodlari va propilen kompressorlarida

shuningdek suv uzatish nasoslarida ishlatiladi. 

 

6-rasm. Etilen ishlab chiqarishuning prinsipial texnologik sxemasi: 




1-issiqlik almashtirgich jixozi; 2-saturator; 3-toblash-bug’lash jixozi; 4-etanni 

pirolizlash pechi; 5-baraban-bug’ yig'gich; 6-birlamchi fraksiyalash kolonnasi; 7, 

10- separatorlar; 8-tindirgich; 9-bug’latish kolonnasi; 11-1,11-2,11-3,11-4,11-5- 

kompressorlar; 12-ishqor bilan tozalash kolonnasi; 13-quritgich; 14-demetanizator; 

15-sovuq blok; 16-etan etilen kolonasi; 17-gidrirlash reaktori; 18-deetanizator; 19- 

propan-propilen kolonnasi; 20-depropanizator; 21-debutanizator; 22- 

depentanizator. 

 


Download 326.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling