2-Amaliy mashg’ulot Piroliz va kreking jarayonlarini o‘rganish Peja


Download 326.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana08.01.2022
Hajmi326.3 Kb.
#244081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Амалий ОМС

Pirogazni tayyorlash. Pirogaz aralashmasi sirkullanuvchi qozon yoqilg‘isi 

bilan aralashtirilgandan so‘ng qo'shimcha 175-180 °C haroratgacha sovutiladi va 

6-birlamchi  fraksiyalash kolonnasiga o‘tadi. Ushbu kolonnaning kubidan 

suvsizlantirilgan og‘ir fraksiya -  qozon yoqilg'isi, yuqorisidan esa yengil fraksiya 

chiqariladi. 

Qozon yoqilg‘isining sirkullanuvchi issiqligi xomashyoni isitish va past 

bosimli bug’ olish uchun sarflanadi. 6-kolonna yuqori tomonidan 95-110 °C da 

ketayotgan oqim 1-issiqlik almashtirgichda 40 °C gacha sovutiladi va  7-

separatorga  o'tkaziladi, u yerda pirogaz kondensatsiyalangan uglevodorodlar va 

suvdan ajratiladi, so‘ngra ular 8-tindirgichda ajratiladi. 

Pirokondensatning bir qismi 6-birlamchi fraksiyalash kolonnaga sug‘orish 

uchun, qolgan asosiy qismi esa pirogazni kompromirlash bosqichida ajratilgan 

pirolizning suyuq mahsulotlari bilan birga 22-depentanizatorga yo‘naltiriladi. 9-

bug’latish kolonnasida tarkibidagi uglevodorodlar ajratilgandan so‘ng, suv bug’i 

olish tarmog‘iga o'tkaziladi, hosil bo‘lgan aralashtirish bug’i piroliz pechiga 

yuboriladi. 


Download 326.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling