№2-amaliy mashg’ulot


Download 404.42 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi404.42 Kb.
#208547
Bog'liq
2-Amaliy topshiriq




№2-amaliy mashg’ulot


Mavzu: Topografik karta va planlarda kommunikasiyalarni kameral trassalash
Amaliy ishining maqsadi: Talabalarni topografik kartalarda kommunikasiyalarni kameral trassalashdan olgan boshlang‘ich bilimlarini mustahkam-lashlarida o‘qituvchi tomonidan amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berib borishdan iboratdir.

Amaliy ishining vazifasi: Ushbu ishda – kartalarda kommunikasiyalarni kameral trassalash, trassani piketlarga ajratish va trassa profilini tuzishdan iboratdir.

Bunda talabalarga qo‘yiladigan asosiy, ya’ni talabalarning bilishi zarur bo‘lgan va bajara olishi shart bo‘lgan talablar mavjud.



1. Talabalar bilishi zarur:

- trassani maqbul variantini tanlashni;

- trassani piketlarga ajratish va trassa profilini tuzish to‘g‘risida boshlang‘ich bilimni bilishi kerak.

2. Talabalar bajara olishi shart:

- kartalarda kommunikasiyalarni kameral trassalashni;

- trassani piketlarga ajratish, trassa profilini tuzish va loyiha chizig’ini o’tkazishni bajara olishi kerak.

Amaliy ishini bajarish uchun asosiy ma’lumotlar:

Magistral quvuro‘tkazgichlar

Suv, gaz va neft mahsulotlarini uzoq masofalarga tashish uchun mo‘ljallangan inshootlarga quvuro‘tkazgichlar deyiladi.

Ular tarkibiga kuyidagilar kiradi:


  1. Konlardan tortib oluvchi quvuro‘tkazgichlar;

  2. Nasos stansiyadan tarkib topgan bosh inshotlar;

  3. Trassa bo‘ylab 80-100 km oraliqlarda joylashgan oraliq stansiyalar;

4. 500-1420 mm diametrli quvuro‘tkazgichlardan iborat bo‘lgan chiziqli inshoatlar.

Foydalanishga qulay bo‘lishi uchun quvuro‘tkazgich trassasi bo‘ylab telefon tarmog‘i va tuproq yo‘l o‘tkaziladi.



Loyihalashga bo‘lgan talablar

Magistral quvuro‘tkazgichlar 0,8 m dan kam bo‘lmagan chuqurlikda, suv to‘sig‘idan kesib o‘tganda suv tagidan 0,5 m chuqurlikda erga ko‘miladi. Kichik diametrli quvuro‘tkazgichlar nishabligi joy relefiga parallel holda loyihalanadi. Bo‘ylama profil nishab masofa bo‘ylab tuziladi. Trassa plani esa masofaning gorizontal quyilishi bo‘yicha tuziladi. Katta diametrli quvuro‘tkazgichlar planda va profilda hisob bo‘yicha loyihalanadi. Shuning uchun bu yerda piketlarni rejalash chiziqning gorizontal quyilishi bo‘yicha olib boriladi. Murakkab shoroitlarda (doimiy muz bilan qoplangan, botqoqli, tog‘li, o‘piriladigan joylar) magistral quvuro‘tkaz-gichlar yer ostidan o‘tkaziladi.



Texnik loyiha tuzish uchun bajariladigan qidiruv ishlari

Bosh inshoot maydoni quvuro‘tkazgichning boshlang‘ich punkti, zavod, baza yoki tarqatish maydonchasi esa oxirgi punkti hisoblanadi. Mana shu punktlar oralig‘ida barcha texnik shartlarga javob beradigan va kam xarajat talab qiladigan quvuro‘tkaz-gich trassasi tanlanadi. Trassa variantlari eng qisqa yo‘nalishni tanlagan holda topografik xaritada belgilanadi. Imkoniyat boricha trassa qurilishida foydalanish maqsadida ular temir va avtomobil yo‘llariga yaqinroq loyihalanadi.Trassa aholi yashash punktlariga 200-300 m dan yaqin masofalardan o‘tishiga ruxsat etilmaydi.



1-rasm. Namuna.
Amaliy ishni bajarish uchun topshiriq:

1. Qo‘yilgan talablarga asosan 2-rasmdagi M1:100 000 topografik kartada A va B nuqtqlar orasida magistral quvuro‘tkazgich trassasini bir necha variantlarda loyihalang va eng maqbulini tanlang. .

2. Trassani piketlarga bo‘lib chiqing.

3. Boshlang‘ich va oxirgi punktlar orasidagi masofani karta bo‘yicha hisoblang.

4. O‘zingiz loyihalagan trassani uzunligini karta bo‘yicha hisoblang.

5. Loyihalangan trassani qanchaga uzayganligini aniqlang.



2-rasm. Topshiriq bajariladigan karta.
Download 404.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling