2-amaliy mashg’ulot vc++ muhiti komponentalari dasturlash muhitining asosiy komponentasi – Form
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- TransparencyKey
- Maximized”
Padding - Komponentaning ichkariga olingan holatini ifodalaydi. Bu xossaning mazmunini yaxshiroq tushunish uchun, Margin (u komponentaning tashqarisidagi fazoni ifodalaydi, ushbu komponenta boshqa komponentalarni oraliq chegarada “ushlab turadi”) xossasini bilan birgalikda ishlatib ko’raylik. Padding xossasi komponentaning ichki fazosini ifodalaydi, komponenta boshqa komponentani oraliq chegaralarida “ushlab turishni” ta’minlaydi (masalan, bu Text xossasi qiymati). RightToLeft – Bu xossa bir qancha milliy yozuvlarni o’qish uchun xizmat qiladi, xususan o’ndan chapga qarab o’qiladigan yozuvlarni (arab yoki yevriy). Agar komponentaning qiymati Yes bo’lsa, matnni o’ngdan chapga qarab kiritadi. Size – Komponentaning o’lchamini aniqlash. Formaning o’lchamlarini sichqoncha yordamida o’zgartiramiz va bu komponentaning qiymatlari qay tartibda o’zgarayotganini kuzatishimiz mumkin. 2.38-rasm. Oynalar ko’rinishini xiralashtirish SizeGripStyle – formaning o’ng pastki burchagiga Kalibrli hoshiyani kiritish/kiritmaslikni ta’minlaydi. StartPosition – Ilovaning foydalanish rejimida formaning boshlang’ich pozitsiyasini aniqlaydi. Qiymatlaridan biri tanlanadi. Agar uning qiymati, masalan, CenterScreen bo’lsa, Forma ekranning markazida paydo bo’ladi. Tag – Bu xossa keyinchalik bu yoki boshqa masalarda foydalanish uchun bir qancha ma’lumotlarni yuklash vazifasini bajaradi. Bu xuddi buffer xotira vazifasini bajarib, komponenta bilan aloqa qiladi. Text – Bu xossa komponentaning nomini aniqlaydi. Masalan, tugmacha nomiga “Ilova ishini yakunlash” deb yozish mumkin. TopMost – ushbu xossas, bu formaning har doim boshqasining ustida bo’lishini ta’minlaydi. TransparencyKey – Formaning sohalarini ahamiyatga ko’ra shaffofligining rangini aniqlaydi. UseWaitCursor – Ushbu komponenta yoki uning barcha avlodlari uchun kursorning kutish ko’rinishi aniqlash. WindowState – Forma oynasining holatini aniqlaydi. Bu xossaning qiymatlariga ko’ra uning ma’nosini yanada tushunib olaylik, agar xossa qiymati “Minimized” bo’lsa, u holda ilova ochilganda doimo masalalar panelida joylashgan ko’rinishda bo’ladi (go’yoki, har doim “Свернуть” tugmasi bosilgan hol), “Maximized” bo’lsa, u holda ilova ochilgan ekranni to’liq qoplagan holda paydo bo’ladi. “Normal” esa uning normal ko’rinishda paydo bo’lishini ta’minlaydi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling