2-amaliy mashg’ulot vc++ muhiti komponentalari dasturlash muhitining asosiy komponentasi – Form


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1121753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2-Lab

AccessibleDescription 
xossasida 
ifodalangan 
tugmachaning 
g’oyasini 
AccessibleName va AccessibleRole xossalarida maqsadini keltirish mumkin. 
Bunda AccessibleName da ilovadagi komponentaning nomi, AccessibleRole esa 
(keltirilgan ro’yxatdan birortasini tanlagan holda) foydalanuvchiga yetkaziladigan 
elementning tipi ko’rsatiladi. Agar aniq bir xossa ko’rsatilmasa, bunda Default 
belgisi o’rnatiladi.
AutoScaleMode – bu xossa avtomatik ravishda masshtabni aniqlaydi. 
Avtomatik masshtablash, sizning yaratgan ilovangizni boshqa biror kompyuterning 
ekranida ochishni yoki shriftlarni ko’rsatishni tashkillashtiradi.  
Masalan, siz ilovani yaratgan kompyuter ekrani 96 dyum bo’lsin. Boshqa 
kompyuterlar esa 120, 133, 170 va undan yuqori bo’lishi mumkin. Bu holatda 
ilovangiz kompyuter ekraniga qarab moslashishi lozim. Chunki unda mavjud 
bo’lgan matnlar rasmlar va boshqalar ekranda yomon holatda aks etishi mumkin.
Bu xossaning ro’yxatida avtomatik rejim asosida masshtablanadigan 
komponenta ma’lumotlari joylashgan. 
Agar masalan, biz Font (shrift) belgisini tanlasak, u holda formani yoki 
komponentani kattalashtirganda avtomatik ravishda shrift o’lchamlari ham mos 
operatsion tizimga qarab o’zgaradi, ya’ni uning absolut o’lchami bu yerda hech 
qanday rol o’ynamaydi.
2.35-rasm. Параметры приложения muloqot oynasi 


Agar DPI belgisini tanlaganimizda, forma yoki komponentani ekran bo’ylab 
o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Masalan, ekranda diagramma yoki qandaydir 
grafik obyekt joylashishini istasak, uning o’lchamlari foizlarda beriladi. Agar 
inherit tanlansa, ilovangizda ishlatilgan shriftni boshqa kompyuter bazasida 
ishtishga imkon beradi. Buning uchun shu shriftdan vorisini boshqa kompyuter 
bazasiga joylashtiradi. 
AutoScroll-formaga avtoskrolling, ya’ni aylantiruvchi tasma qo’yishga 
imkoniyat beradi. Agar ilovani o’lchamlarini kichiklashtirsak, u to’liq holda emas, 
balki bir qismi ko’rinadi. Qolgan qismini esa mana shu avtoskrolling bilan pastga 
yoki tepaga o’tkazib ko’rish mumkin. 
AutoScrollMargin – Bu ham yuqoridagi xossa bajargan vazifani bajaradi, 
faqat uning o’lchamlarini belgilash orqali.
AutoScrollMinSize – avtoskrollingning eni va bo’yining minimal 
o’lchamini kiritish mumkin 
AutoSizeMode – Formaning o’zining o’lchamini avtomatik ravishda 
o’zgartiradi. Keltirilgan ro’yxatdan biror belgini tanlaymiz. Uning qiymati AutoSize 
xossasi qiymatlariga qarab turlicha bo’ladi.
BackColor – Formaga fon berish. Masalan, ko’k rangni tanlasak, 
formaning barcha bo’sh maydoni ko’k rangga kiradi. 
BackgroundImage – Formaning foni sifatida biror tasvirni joylashtirish.
BackgrounImageLayout – Fon sifatida tanlangan rasmni forma qay 
tarzda aks ettirishni aniqlash. Keltirilgan ro’yxatdan birortasi tanlanadi/ 
CancelButton – bu xossa <Esc> tugmasini bosish yordamida bosilgan 
tugmachani imitatsiya qilishni aniqlaydi. Ushbu xossa ilova bilan ishlashni 
tezkorlikni ta’minlash uchun qulay hisoblanadi. klavishasini bosish orqali 
ilovadan bajarilayotgan biror jarayonni to’xtatish mumkin.
CusesValidation – Komponentaning fokusini kiritish vaqtida kerakli 
tekshiruvlarni o’chirish/yoqishni man qiladi (faol bo’lgan komponenta uchun). 
Aslida bu xossa Validating hodisasining mavjud bo’lishi yoki mavjud bo’lmasligiga 
bog’liqdir. Agar ushbu hodisa mavjud bo’lsa, kerakli ma’lumotlarni shubhasiz, 
qayta ishlab tekshirish mumkin, qachonki, CausesValidation xossasi va Validating 
hodisasi kirish fokusidan o’rnatilgan bo’lsa. Masalan, komponentada elektron 
pochta manzili joylashgan bo’lsin. Qachonki bu komponenta faollashtirilsa, bu 
holda u elektron pochtaning albatta @ belgisi bilan boshlangani tekshirishi mumkin.
ContextMenuStrip- bu xossa orqali komponentaga kontekst menyu 
o’rnatish mumkin. Menyu (ContextMenuStrip komponentasi) formada aniqlangan 
bo’lishi kerak, o’shanda u bu xossaga ega bo’ladi.
Kontekst menyu biror komponentaning ustiga sichqoncha ko’rsatkichi olib 
borib, so’ng chap tugmachani bosganda hosil bo’lishi kerak. Masalan, bu menyuga 


matn ustida amallar: matndan nusxa olish, matn fragmentidan qidirish, matn 
joylashtirish shriftlarni almashtirish va boshqalarni kiritish mumkin. 
ControlBox – formaning sarlavha qismini olib tashlaydi (qiymat false 
bo’lsa) (2.36-rasm)
True False 
Cursor – Forma ekranidagi sichqonchaning ko’rinishini tanlash. Bunda 
ro’yxatdan kerakli ko’rinish tanlanadi. 
DoubleBuffered - Qo’shimcha xotira bufferidan foydalanish hisobiga 
komponentadagi tasvirning yonib turishini pasaytirish imkoniyati. 
Enabled – komponentaga kirish huquqini belgilaydi: true- kirishga 
ruxsat beradi, false – kirish taqiqlanadi. Agar false qiymati tanlangan bo’lsa, 
komponenta ustida bajarilgan har qanday harakat ekranda aks etmaydi, hattoki 
formani yopish mumkin bo’lmaydi.
Font – Formadagi shriftlarni xarakterlaydi. Barcha komponentalar 
formadagi shriftni meros qilib oladi. Shriftni o’zgartirish uchun … nuqta maydoniga 
o’tib kerakli shrift tanlanadi. 
ForeColor – komponentaning orqa ko’rinishi rangini tanlaydi.
FormBorderStyle -  Forma chegarasi o’zgartirish imkoniyatini aniqlaydi. 
Jimlik bo’yicha Sizable (foydalanish rejimida forma o’zining o’lchamlarini 
o’zgartirishi mumkin: formani kompilyatsiya qilib, sichqoncha bilan uning 
devorlaridan tortishga urinib ko’ring, uning kattalashganini ko’rishingiz mumkin) 
qiymatini qabul qiladi. Bu xossa boshqa qiymatni qabul qilganda “o’z ixtiyori bilan” 
o’zgartirish huquqini bermaydi. 
HelpButton - Forma sarlavhasiga yordam tugmasini kiritish vazifasini 
bajaradi. Bu tugma formani yopuvchi tugma chap tarafida joylashadi va biror hodisa 
haqida xabar berib foydalanuvchiga yordamlashishni xarakterlaydi (albatta, biz u 
bilan bog’liq qandaydir hodisa o’rnatishimiz kerak(2.37-rasm)). Formaning 
qandaydir ma’lumot uzatishi HelpRequested hodisa orqali amalga oshiriladi. 
Hodisalarning yaratilishi biz keyinchalik ko’rib chiqamiz. Faqat shuni yodda 
tutingki, yordam tugmachasi formaning sarlavhasida joylashishi uchun quyidagi 
shartlar bajarilishi kerak: MaximizeBox va MinimizeBox xossalari false qiymatini 
qabul qilishi kerak. Bu yordam tugmasi faqatgina F1 tugmasini “his qiladi” (shu 
2.36-rasm. ControlBox=True va ControlBox=False 


tugma yordamida chaqiriladi). Quyidagi 2.1 listingda HelpRequested hodisasiga 
misol keltirilgan:

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling