2-amaliy mashg’ulot vc++ muhiti komponentalari dasturlash muhitining asosiy komponentasi – Form
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forma1 va проект1
FORMANING KONTEKST MENYUSI
Formalarda boshqa amallar kontekst menyu (2.30-rasm) orqali amalga oshiriladi. Bu menyuni chiqarish uchun formaning bo’sh qismiga sichqonchaning o’ng tugmachasini bosish kerak. Ushbu menyuning buyruqlarini ko’rib chiqaylik: 1) Перейти к коду – formaning modul faylini ochadi, ya’ni dizayn rejimidan kod rejimiga o’tkazadi. Yana shuni aytish mumkinki, agar formaning bo’sh qismiga sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa ham ushbu harakat bajariladi. 2) Блокировка элементов управления – istalgan komponentani (yoki formani) bloklash. Komponentani bloklash uchun uni sichqoncha yordamida belgilab, yuqorida keltirilgan buyruq tanladi, bu holatda komponenta ustida hech qanday amal bajarish imkoniyati bo’lmaydi. Agar yana shu amal bajarilsa, komponenta blokdan chiqadi. Formani bloklash uchun esa uning bo’sh qismiga sichqoncha tugmachasi bosilib, ushbu buyruq tanlanadi. 3) Свойства – obyektning xossalar oynasini ochadi. 2.30-rasm. Forma kontekst menyusi LOYIHALARNI ISHGA YURGIZISH Ko’pgina masalalarni yechish algoritmlariga e’tibor bersak, ularda bir qancha komponentlar va ushbu komponentlarni birlashtirgan juda ko’plab formalar kerak bo’lishiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Shuning uchun biz loyihalarni tuzish davomida bir qancha formalar bilan ishlaymiz. Demak, bizda tabiiy savol tug’iladi, loyihaga yangi forma qanday qo’shiladi? Buning uchun Проект menyusiga o’tib, Добавить новый элемент… buyrug’i tanlanadi. Hosil bo’lgan muloqot oynasidan UI punktiga o’tib, Форма Windows Forms ni tanlab Имя qismiga formani nomini kiritib, OK tugmasini bossak, bizda yana bir forma hosil bo’ladi. Natijada Обозреватель решений oynasida bu forma va uning fayllar paydo bo’ladi. Hozir birinchi formani ishlatamiz. Qachonki, loyihaga forma qo’shganimizda, u o’z-o’zidan bizning ilovamizga jimlik qoidasi bo’yicha qo’shilib ketmaydi – unga chaqiruvni amalga oshirish kerak. 2.31-rasm. Решение Свойства Agar Создaть проект rejimi orqali yangi yechim qo’shganimizda jimlik holati bo’yicha birinchi yaratilgan yechim ishga yurgiziladi. Xo’sh shu o’rinda savol tug’iladi, agar bizda bir qancha loyihalar bo’lsa-yu, ulardan qaysidir birini birinchi bo’lib ishga yurigizishimiz lozim bo’lsa buning uchun qanday amallarni bajarishimiz kerak. Biz bu savolga Visual Studio 2013 muhiti yordamida quyidagicha javob beramiz. Biz Forma1 va проект1 loyihalar mavjud bo’lsin. Biz Forma11 ni ishga yurgizmoqchimiz. Buning uchun Обозреватель решений bo’limidagi Решение 2.32-rasm. Страницы свойств Решение oynasi punktini tanlaymiz (2.31-rasm). Uning Свойства bo’limiga o’tamiz. Natijada bizda 2.32-rasmdagi Страницы свойств Решение oynasi ochiladi. Bu oynaning Запускаемый проект bo’limiga o’tamiz. Один запускаемый проект qismidan istalgan yechimni tanlaymiz. Зависимости проектов bo’limida esa bir nechta loyihalarni birlashtirishimiz mumkin bo’ladi. Bu loyihalarni birlashtirish natijasida ularda mavjud bo’lgan Formalarga murojaat qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Ya’ni birida yaratilgan sinflarga boshqasi orqali murojaat qilish, ulardagi obyektlar o’rtasidagi bog’liqlik, komponentlarni bog’lash imkoniyatlarini taqdim qilish mumkin. Agar biz bir nechta loyihani bir vaqtning o’zida kompilyatsiya qilmoqchi bo’lsak, Запускаемый проект bo’limidagi Несколько запускаемых проектов qismini tanlaymiz. Qaysi loyihalarimiz bir vaqtning o’zida ishga yuritishlarini istasak, Действие qismida Запуск qiymatini tanlab chiqishimiz lozim bo’ladi. Bu kabi amallarni o’rganib olish juda muhimdir. Chunki katta masalalarni hal qilishda bir nechta alohida-alohida hosil qilingan loyihalardan foydalaniladi. Natijada bizda bir nechta loyihalar paydo bo’ladi.Biz ulardan qay birini ishga yurgizishimiz lozimligini bilishimiz kerak bo’ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling