2-amaliy mashg’ulot vc++ muhiti komponentalari dasturlash muhitining asosiy komponentasi – Form


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1121753
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-Lab

 
 
 
 
 
 
 
 
 
Padding - Komponentaning ichkariga olingan holatini ifodalaydi. Bu 
xossaning mazmunini yaxshiroq tushunish uchun, Margin (u komponentaning 
tashqarisidagi fazoni ifodalaydiushbu komponenta boshqa komponentalarni oraliq 
chegarada “ushlab turadi”) xossasini bilan birgalikda ishlatib ko’raylik. Padding 
xossasi komponentaning ichki fazosini ifodalaydi, komponenta boshqa 
komponentani oraliq chegaralarida “ushlab turishni” ta’minlaydi (masalan, bu Text 
xossasi qiymati).  
RightToLeft – Bu xossa bir qancha milliy yozuvlarni o’qish uchun xizmat 
qiladi, xususan o’ndan chapga qarab o’qiladigan yozuvlarni (arab yoki yevriy). Agar 
komponentaning qiymati Yes bo’lsa, matnni o’ngdan chapga qarab kiritadi. 
Size – Komponentaning o’lchamini aniqlash. Formaning o’lchamlarini 
sichqoncha yordamida o’zgartiramiz va bu komponentaning qiymatlari qay tartibda 
o’zgarayotganini kuzatishimiz mumkin. 
2.38-rasm. Oynalar ko’rinishini xiralashtirish 


SizeGripStyle – formaning o’ng pastki burchagiga Kalibrli hoshiyani 
kiritish/kiritmaslikni ta’minlaydi.  
StartPosition – Ilovaning foydalanish rejimida formaning boshlang’ich 
pozitsiyasini aniqlaydi. Qiymatlaridan biri tanlanadi. Agar uning qiymati, masalan, 
CenterScreen bo’lsa, Forma ekranning markazida paydo bo’ladi. 
Tag – Bu xossa keyinchalik bu yoki boshqa masalarda foydalanish uchun 
bir qancha ma’lumotlarni yuklash vazifasini bajaradi. Bu xuddi buffer xotira 
vazifasini bajarib, komponenta bilan aloqa qiladi. 
Text – Bu xossa komponentaning nomini aniqlaydi. Masalan, tugmacha 
nomiga “Ilova ishini yakunlash” deb yozish mumkin. 
TopMost – ushbu xossas, bu formaning har doim boshqasining ustida 
bo’lishini ta’minlaydi. 
TransparencyKey – Formaning sohalarini ahamiyatga ko’ra 
shaffofligining rangini aniqlaydi. 
UseWaitCursor – Ushbu komponenta yoki uning barcha avlodlari uchun 
kursorning kutish ko’rinishi aniqlash.  
WindowState – Forma oynasining holatini aniqlaydi. Bu xossaning 
qiymatlariga ko’ra uning ma’nosini yanada tushunib olaylik, agar xossa qiymati 
“Minimized” bo’lsa, u holda ilova ochilganda doimo masalalar panelida joylashgan 
ko’rinishda bo’ladi (go’yoki, har doim “Свернуть” tugmasi bosilgan hol), 
Maximized” bo’lsa, u holda ilova ochilgan ekranni to’liq qoplagan holda paydo 
bo’ladi. “Normal” esa uning normal ko’rinishda paydo bo’lishini ta’minlaydi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling