2-amaliy mashg’ulot vc++ muhiti komponentalari dasturlash muhitining asosiy komponentasi – Form
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Default belgisi o’rnatiladi. AutoScaleMode
- AutoScrollMargin
- BackColor
- CusesValidation
- ControlBox
- DoubleBuffered
- ForeColor
- MaximizeBox va MinimizeBox
AccessibleDescription
xossasida ifodalangan tugmachaning g’oyasini AccessibleName va AccessibleRole xossalarida maqsadini keltirish mumkin. Bunda AccessibleName da ilovadagi komponentaning nomi, AccessibleRole esa (keltirilgan ro’yxatdan birortasini tanlagan holda) foydalanuvchiga yetkaziladigan elementning tipi ko’rsatiladi. Agar aniq bir xossa ko’rsatilmasa, bunda Default belgisi o’rnatiladi. AutoScaleMode – bu xossa avtomatik ravishda masshtabni aniqlaydi. Avtomatik masshtablash, sizning yaratgan ilovangizni boshqa biror kompyuterning ekranida ochishni yoki shriftlarni ko’rsatishni tashkillashtiradi. Masalan, siz ilovani yaratgan kompyuter ekrani 96 dyum bo’lsin. Boshqa kompyuterlar esa 120, 133, 170 va undan yuqori bo’lishi mumkin. Bu holatda ilovangiz kompyuter ekraniga qarab moslashishi lozim. Chunki unda mavjud bo’lgan matnlar rasmlar va boshqalar ekranda yomon holatda aks etishi mumkin. Bu xossaning ro’yxatida avtomatik rejim asosida masshtablanadigan komponenta ma’lumotlari joylashgan. Agar masalan, biz Font (shrift) belgisini tanlasak, u holda formani yoki komponentani kattalashtirganda avtomatik ravishda shrift o’lchamlari ham mos operatsion tizimga qarab o’zgaradi, ya’ni uning absolut o’lchami bu yerda hech qanday rol o’ynamaydi. 2.35-rasm. Параметры приложения muloqot oynasi Agar DPI belgisini tanlaganimizda, forma yoki komponentani ekran bo’ylab o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Masalan, ekranda diagramma yoki qandaydir grafik obyekt joylashishini istasak, uning o’lchamlari foizlarda beriladi. Agar inherit tanlansa, ilovangizda ishlatilgan shriftni boshqa kompyuter bazasida ishtishga imkon beradi. Buning uchun shu shriftdan vorisini boshqa kompyuter bazasiga joylashtiradi. AutoScroll-formaga avtoskrolling, ya’ni aylantiruvchi tasma qo’yishga imkoniyat beradi. Agar ilovani o’lchamlarini kichiklashtirsak, u to’liq holda emas, balki bir qismi ko’rinadi. Qolgan qismini esa mana shu avtoskrolling bilan pastga yoki tepaga o’tkazib ko’rish mumkin. AutoScrollMargin – Bu ham yuqoridagi xossa bajargan vazifani bajaradi, faqat uning o’lchamlarini belgilash orqali. AutoScrollMinSize – avtoskrollingning eni va bo’yining minimal o’lchamini kiritish mumkin AutoSizeMode – Formaning o’zining o’lchamini avtomatik ravishda o’zgartiradi. Keltirilgan ro’yxatdan biror belgini tanlaymiz. Uning qiymati AutoSize xossasi qiymatlariga qarab turlicha bo’ladi. BackColor – Formaga fon berish. Masalan, ko’k rangni tanlasak, formaning barcha bo’sh maydoni ko’k rangga kiradi. BackgroundImage – Formaning foni sifatida biror tasvirni joylashtirish. BackgrounImageLayout – Fon sifatida tanlangan rasmni forma qay tarzda aks ettirishni aniqlash. Keltirilgan ro’yxatdan birortasi tanlanadi/ CancelButton – bu xossa <Esc> tugmasini bosish yordamida bosilgan tugmachani imitatsiya qilishni aniqlaydi. Ushbu xossa ilova bilan ishlashni tezkorlikni ta’minlash uchun qulay hisoblanadi. ilovadan bajarilayotgan biror jarayonni to’xtatish mumkin. CusesValidation – Komponentaning fokusini kiritish vaqtida kerakli tekshiruvlarni o’chirish/yoqishni man qiladi (faol bo’lgan komponenta uchun). Aslida bu xossa Validating hodisasining mavjud bo’lishi yoki mavjud bo’lmasligiga bog’liqdir. Agar ushbu hodisa mavjud bo’lsa, kerakli ma’lumotlarni shubhasiz, qayta ishlab tekshirish mumkin, qachonki, CausesValidation xossasi va Validating hodisasi kirish fokusidan o’rnatilgan bo’lsa. Masalan, komponentada elektron pochta manzili joylashgan bo’lsin. Qachonki bu komponenta faollashtirilsa, bu holda u elektron pochtaning albatta @ belgisi bilan boshlangani tekshirishi mumkin. ContextMenuStrip- bu xossa orqali komponentaga kontekst menyu o’rnatish mumkin. Menyu (ContextMenuStrip komponentasi) formada aniqlangan bo’lishi kerak, o’shanda u bu xossaga ega bo’ladi. Kontekst menyu biror komponentaning ustiga sichqoncha ko’rsatkichi olib borib, so’ng chap tugmachani bosganda hosil bo’lishi kerak. Masalan, bu menyuga matn ustida amallar: matndan nusxa olish, matn fragmentidan qidirish, matn joylashtirish shriftlarni almashtirish va boshqalarni kiritish mumkin. ControlBox – formaning sarlavha qismini olib tashlaydi (qiymat false bo’lsa) (2.36-rasm). True False Cursor – Forma ekranidagi sichqonchaning ko’rinishini tanlash. Bunda ro’yxatdan kerakli ko’rinish tanlanadi. DoubleBuffered - Qo’shimcha xotira bufferidan foydalanish hisobiga komponentadagi tasvirning yonib turishini pasaytirish imkoniyati. Enabled – komponentaga kirish huquqini belgilaydi: true- kirishga ruxsat beradi, false – kirish taqiqlanadi. Agar false qiymati tanlangan bo’lsa, komponenta ustida bajarilgan har qanday harakat ekranda aks etmaydi, hattoki formani yopish mumkin bo’lmaydi. Font – Formadagi shriftlarni xarakterlaydi. Barcha komponentalar formadagi shriftni meros qilib oladi. Shriftni o’zgartirish uchun … nuqta maydoniga o’tib kerakli shrift tanlanadi. ForeColor – komponentaning orqa ko’rinishi rangini tanlaydi. FormBorderStyle - Forma chegarasi o’zgartirish imkoniyatini aniqlaydi. Jimlik bo’yicha Sizable (foydalanish rejimida forma o’zining o’lchamlarini o’zgartirishi mumkin: formani kompilyatsiya qilib, sichqoncha bilan uning devorlaridan tortishga urinib ko’ring, uning kattalashganini ko’rishingiz mumkin) qiymatini qabul qiladi. Bu xossa boshqa qiymatni qabul qilganda “o’z ixtiyori bilan” o’zgartirish huquqini bermaydi. HelpButton - Forma sarlavhasiga yordam tugmasini kiritish vazifasini bajaradi. Bu tugma formani yopuvchi tugma chap tarafida joylashadi va biror hodisa haqida xabar berib foydalanuvchiga yordamlashishni xarakterlaydi (albatta, biz u bilan bog’liq qandaydir hodisa o’rnatishimiz kerak(2.37-rasm)). Formaning qandaydir ma’lumot uzatishi HelpRequested hodisa orqali amalga oshiriladi. Hodisalarning yaratilishi biz keyinchalik ko’rib chiqamiz. Faqat shuni yodda tutingki, yordam tugmachasi formaning sarlavhasida joylashishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: MaximizeBox va MinimizeBox xossalari false qiymatini qabul qilishi kerak. Bu yordam tugmasi faqatgina F1 tugmasini “his qiladi” (shu 2.36-rasm. ControlBox=True va ControlBox=False tugma yordamida chaqiriladi). Quyidagi 2.1 listingda HelpRequested hodisasiga misol keltirilgan: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling