2-amaliy mashg’ulot vc++ muhiti komponentalari dasturlash muhitining asosiy komponentasi – Form


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1121753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-Lab

FORMANING KONTEKST MENYUSI 
Formalarda boshqa amallar kontekst menyu (2.30-rasm) orqali amalga 
oshiriladi.
Bu menyuni chiqarish uchun formaning bo’sh qismiga sichqonchaning o’ng 
tugmachasini bosish kerak.
Ushbu menyuning buyruqlarini ko’rib chiqaylik: 
1) 
Перейти к коду – formaning modul faylini ochadi, ya’ni dizayn 
rejimidan kod rejimiga o’tkazadi. Yana shuni aytish mumkinki, agar formaning 
bo’sh qismiga sichqoncha tugmasi ikki marta bosilsa ham ushbu harakat bajariladi. 
2) 
Блокировка элементов управления – istalgan komponentani (yoki 
formani) bloklash. Komponentani bloklash uchun uni sichqoncha yordamida 
belgilab, yuqorida keltirilgan buyruq tanladi, bu holatda komponenta ustida hech 
qanday amal bajarish imkoniyati bo’lmaydi. Agar yana shu amal bajarilsa, 
komponenta blokdan chiqadi. Formani bloklash uchun esa uning bo’sh qismiga 
sichqoncha tugmachasi bosilib, ushbu buyruq tanlanadi.
3) 
Свойства – obyektning xossalar oynasini ochadi. 
2.30-rasm. Forma kontekst menyusi 


 
 
 
 
LOYIHALARNI ISHGA YURGIZISH
 
 
Ko’pgina masalalarni yechish algoritmlariga e’tibor bersak, ularda bir qancha 
komponentlar va ushbu komponentlarni birlashtirgan juda ko’plab formalar kerak 
bo’lishiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Shuning uchun biz loyihalarni tuzish 
davomida bir qancha formalar bilan ishlaymiz. Demak, bizda tabiiy savol tug’iladi, 
loyihaga yangi forma qanday qo’shiladi? 
Buning uchun Проект menyusiga o’tib, Добавить новый элемент… 
buyrug’i tanlanadi. Hosil bo’lgan muloqot oynasidan UI punktiga o’tib, Форма 
Windows Forms ni tanlab Имя qismiga formani nomini kiritib, OK tugmasini 
bossak, bizda yana bir forma hosil bo’ladi. Natijada Обозреватель решений 
oynasida bu forma va uning fayllar paydo bo’ladi.
Hozir birinchi formani ishlatamiz.
Qachonki, loyihaga forma qo’shganimizda, u o’z-o’zidan bizning ilovamizga 
jimlik qoidasi bo’yicha qo’shilib ketmaydi – unga chaqiruvni amalga oshirish kerak. 


2.31-rasm. Решение Свойства 


Agar Создaть проект rejimi orqali yangi yechim qo’shganimizda jimlik 
holati bo’yicha birinchi yaratilgan yechim ishga yurgiziladi. Xo’sh shu o’rinda savol 
tug’iladi, agar bizda bir qancha loyihalar bo’lsa-yu, ulardan qaysidir birini birinchi
bo’lib ishga yurigizishimiz lozim bo’lsa buning uchun qanday amallarni 
bajarishimiz kerak.
Biz bu savolga Visual Studio 2013 muhiti yordamida quyidagicha javob 
beramiz. Biz Forma1 va проект1 loyihalar mavjud bo’lsin. Biz Forma11 ni ishga 
yurgizmoqchimiz. Buning uchun Обозреватель решений bo’limidagi Решение 
2.32-rasm. Страницы свойств Решение oynasi 


punktini tanlaymiz (2.31-rasm). Uning Свойства bo’limiga o’tamiz. Natijada bizda 
2.32-rasmdagi Страницы свойств Решение oynasi ochiladi. Bu oynaning 
Запускаемый проект bo’limiga o’tamiz. Один запускаемый проект qismidan 
istalgan yechimni tanlaymiz. Зависимости проектов bo’limida esa bir nechta 
loyihalarni birlashtirishimiz mumkin bo’ladi. Bu loyihalarni birlashtirish natijasida 
ularda mavjud bo’lgan Formalarga murojaat qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Ya’ni 
birida yaratilgan sinflarga boshqasi orqali murojaat qilish, ulardagi obyektlar 
o’rtasidagi bog’liqlik, komponentlarni bog’lash imkoniyatlarini taqdim qilish 
mumkin. Agar biz bir nechta loyihani bir vaqtning o’zida kompilyatsiya qilmoqchi 
bo’lsak, Запускаемый проект bo’limidagi Несколько запускаемых проектов 
qismini tanlaymiz. Qaysi loyihalarimiz bir vaqtning o’zida ishga yuritishlarini 
istasak, Действие qismida Запуск qiymatini tanlab chiqishimiz lozim bo’ladi. 
Bu kabi amallarni o’rganib olish juda muhimdir. Chunki katta masalalarni hal 
qilishda bir nechta alohida-alohida hosil qilingan loyihalardan foydalaniladi. 
Natijada bizda bir nechta loyihalar paydo bo’ladi.Biz ulardan qay birini ishga 
yurgizishimiz lozimligini bilishimiz kerak bo’ladi.  

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling