18. Operatsion tizim xizmatlari
Ixtiyoriy Operatsion tizim dasturlari orasida, xususan, Win OT dasturlari orasida fon rejimida ishlaydigan va vositachi vazifasini o’taydiganlar mavjud. Bu dasturlar ilovalarni o’zaro bog‘lashni, shu bilan birga qurilma drayverlari va operatsion tizim komponentalari bilan bog‘lanishni tashkil etadi. Bu turdagi fon jarayonlarini OT xizmatlari deb ataladi.
Win xizmatlari nimadan iborat.
OT xizmatlari – bu dasturiy jarayon bo’lib, kompyuter tizimining turli apparat va dasturiy komponentalari orasida aloqani tashkil etishga mo’ljallangan. Win xizmatlarini ishga tushirish avtomatik tarzda kompyuter yuklanish vaqtida amalga oshadi va muhim xizmatlar kompyuter o’chirilguncha o’z ishini davom ettiradi. Ba’zi xizmatlar (faollashadi) zarur vaqtda ishga tushadi. Xususan, Win OT doimo qurilmalar ulangani va o’chirilganligini aniqlash uchun qurilmalar tarkibini nazorat qilib turadi, boshqa ishlarga bog‘liq bo’lmagan holatda tarmoq amallarini bajaradi va umuman kompyuterda ro’y berayotgan jarayonlarni kuzatadi. Bunday xarakatlar xizmatlar yordamida bajariladi.
Rasm.7.31
Xizmatlar funksiyalari
Win ning har bir xizmati aniq bir amalni bajarishga mo’ljallangan. Masalan, yangilash xizmati, vaqt xizmati, bosmaga chiqarish xizmati, xavfsizlik xizmati, Win ning tarmoq xizmati va boshqa xizmatlar mavjuddir.
Win xizmatlarining doimiy ishlashi va avtomatik ishga tushirish, operatsion tizimga zaruriy amallarni bajarishga imkon beradi, shu bilan bir qatorda foydalanuvchi biror-bir komandani berishi yoki mos dasturni ishga tushirishi shart emas.
Win NT OT da birinchi marta kiritilgan xizmatlar konsepsiyasining ustunligi shundan iboratki, kompyuter tizimini boshqarishning mustaqil vositalari bilan ishlash imkoni yuzaga keladi. Xizmatlarni ishga tushirish, ularni to’g‘ri to’xatish yoki to’xtatib turish imkoniyati mavjuddir. Agar OT ga yangi funksiyalar ko’shilsa, ularni bajarishi uchun qo’shimcha xizmatlar ishga tushiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |