2-amaliy mashg‘ulot windows otda ishlash ko’nikmalarini takomillashtirish. Reja
Download 3.25 Mb.
|
2-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Win xizmatlarini o’chirish.
Win xizmatlari qanday ishlaydi.
Ixtiyoriy dastur OT ning faol xizmatiga mos xarakatlarni bajarish uchun murojaat qilishi mumkin. Natijada qator amallar ilovalar chegarasidan tashqariga chiqariladi, shu bilan birga dasturlar sodda va samarali bo’lib qoladi. Xizmatni ifodalovchi jarayonning doimiy faolligi tizim unumdorligini pasaytiradi. Har bir faol xizmat operativ xotiraning aniq joyini egallaydi, ammo protsessor resurslarini bekordan-bekorga sarflamaydi. Rasm.7.32 Win xizmatlari “so’rov-javob” prinsipi bo’yicha tashkil etilgan. Ilova xizmatga aniq xarakatlarni bajarish uchun murojaat qiladi. Xizmat faollashadi, so’ralgan amalni bajaradi, ilovaga natija haqida xabar beradi va qayta passiv holatiga, navbatdagi so’rovgacha qaytadi. Ba’zi xizmatlarda ilovalar muntazam ravishda murojaat qiladilar, boshqalari esa biror marta xam oylar davomida so’ralmasligi mumkin. Oxirgi holatda ishlatilmayotgan xizmat uchun ajratilgan operativ befoyda xarajati xaqida to’xtalish mumkin. Bunda, komp’yuter samaradorligini oshirish uchun, xizmatlarni yangidan sozlash zarur. Win xizmatlarini o’chirish. Baxtga qarshi, komp’yuterda mavjud bo’lgan xizmatlar yig‘masini to’g‘ridan-to’g‘ri boshqarish vositasi ko’zda tutilmagan. Ammo, foydalanuvchi unga kerak xizmatlarni o’chirishi va yoqishi mumkin. Xizmatlarni o’chirish odatda ikki sabab bo’yicha bajariladi: Birinchidan, foydalanilmayotgan xizmatlarni o’chirish, komp’bter operativ xotirasidan samarali foydalanio’ imkonini beradi. Operativ xotira – unumdorlikka qattiq ta’sir ko’rsatadigan qimmat resursdir. Agar operativ xotira xajmi, operatsion tizim minimal texnik talablariga yaqin bo’lsa eng kichik tejam ham sezilarli samara beradi. Kerak bo’lmagan xizmatlarni o’chirishning ikkinchi sababi ish olib borish xavfsizligidir. Har bir faol jarayon – bu tizimning potensial salbiy joydir. Birinchi navbatda bu tarmoq funksiyalarini bajarishga mo’ljallangan xizmatlarga tegishlidir. Win ning bunday tarmoq funksiyalariga tashqaridan, tarmoq orqali murojaat qilish ruxsat berilgan, va zararli dasturlar aniq sharoitlarda, komp’yuterga kirish uchun xizmatlar salbiy joylaridan foydalanishi mumkin. Agar operatsion tizimning mos xizmati o’chirilgan bo’lsa, unga murojaat qilib bo’lmaydi va zararli dasturlar kirish yo’li berkitiladi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling