2. Axborotning inson hayotiga ta’sir o‘tkazish omillari


Download 65.97 Kb.
bet1/34
Sana31.03.2023
Hajmi65.97 Kb.
#1314513
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
MEDIYA SAVOTXONLIK


3. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari
Javobi:
Axborotlashtirishning huquqiy asoslari — Axborot (Axborot resurslari)ni shakllantirish, ulardan foydalanishva va ularni himoya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarning shakllanayotgan tarmoqlararo kompleks tizimi. Qonunchilik majmuidan axborot huquqining ajralib chiqishi hozirgi zamon jamiyatida axborotlashtirish jarayonlarining kuchayishi, axborot munosabatlarining ahamiyati ortib boriayotganligi, ular kompleks ravishda maxsus tartibga solishni taqozo etayotganligi bilan bogʻliq. Axborot huquqi tushunchasi kompyuter huquqi tushunchasidan ancha kengroq.Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi. Bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi. O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan

2. Axborotning inson hayotiga ta’sir o‘tkazish omillari
Javobi:
Bugungi kunda dunyo shiddat bilan oʻzgarmoqda. Barcha sohalarda axborot olish va uni yetkazish, taʼsirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish zaruratga aylangan. Bunday murakkab sharoitda hayot yangidan-yangi talab va vazifalarni oldimizga qoʻymoqda . Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta‟sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o„ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta‟sirchan quroli bo„lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g„oya va demokratik tamoyillar targ„ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so„z erkinligining o„ziga xos o„lchovi, ko„rsatkichi bo„lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag„batlantiradi va mustahkamlaydi. Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g„oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma‟naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O„zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog„liq. Ommaviy axborot vositalarining ta‟sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g„oya, uydirma haftasiga uch martadan to‟rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor bo‟ladi, odamlar unga chippachin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o‟zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o„q singari insonni jismonan yo„q qila olmasada, uning qo„poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg„in qurolinikidan kam emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni o‟z manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko„p mehnat, u qadap ko„p harakat, u qadap ko„p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasada, milliy o‟zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi. Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o„zgartirib yubormoqda.


Download 65.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling