2. Ayollarga ehtirom buyuklik ramzi


Download 32.55 Kb.
bet3/3
Sana07.05.2023
Hajmi32.55 Kb.
#1440118
1   2   3
Bog'liq
Ayol aziz, ona muqaddas

Ayyol saodati
Ayol bu so’z zamirida olam olam ma’no bor ,,ayol borki olam munavvar’’bu so’z bejizga ishlatilmaydi negaki jamiyatimizni ularsiz tassavur eta olmaymiz,hozirgi davr ayoli bilan o’tgan davrni ayollarini taqqoslaydigan bo’lsak yer bilan osmoncha farq bor .Xozirgi ayyolarimiz intiluvchan talabchan va ishbilarmondirlar ularni xar bir soxada uchratishimiz mumkin prizidentimiz ularga keng yo’llar ochib bermoqda ilgari ayollarimiz faqat uy ro’zg’or ishlari bilan band bo’lganlar uyda o’tirib farzandlari tarbiyasi bilan shig’ulanishgan uyda erkak ustunlik qilgan faqat ular ishlashgan xozir esa ayniqsa qishloq ayollarini fermerlik qilishayotganini ko’rib albatta diling yayraydi ,qishloq ayollarini faqat uy ro’zg’or ishlari band b’lib qolmasdan ular xam jamiyatimizga salmog’li xissa qo’shyabdilar shu bilan birga albatta uy ishlariga xam ulgirishyabdi. Bu boradagi qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar, avvalo, xotin-qizlarimizning o‘z qadr-qimmatini yanada chuqurroq his etishi, ijtimoiy-siyosiy hayotda, kundalik turmushimizda munosib o‘rinni egallashiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilayotir.
Yurtimizda qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biz berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, istiqlol bergan ne’matlarni asrab-avaylash, ularning qadriga yetish, shu yurt koriga yaraydigan farzandlar bo‘lib yetishish, Vatanimiz va ustozlarimizning bildirgan ishonchini hamisha oqlashga harakat qilamiz. 
 Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi. Go’zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg’unlashib ketadi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami go’zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, xayot go’zal va maftunkor. Ayol azaldan mehr-muhabbat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o’ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi.
Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz. Shu kunlarda Respublikamiz bo’ylab birin-ketin ayollarimiz bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etimoqda.
Rasululloh (s.a.v.) ham ota-onaga yaxshilik qilishga ko‘p bora buyurganlar. Bundan tashqari bir necha hadislarda onaning haqqi otaning haqqiga qaraganda ko‘proq ekanini ham aytganlar.
Baxz ibn Xakimdan rivoyat qilinadi:
«Yo, Rasululloh, kimga yaxshilik qilay?»,-dedim.
«Onangga»,-dedilar.
«So‘ngra kimga?»,-dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» — dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» - dedim.
«Otanga va so‘ng yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga », - dedi-lar»
Mana shu hadisi sha’rifda Rasuli Ak¬ram alayhissolatu vassalom «Kimga yaxshilik qilay?» deb so‘ragan sahobiyga ketma-ket uch mar¬ta «Onangga yaxshilik qil» deb turib, turtinchisida «Otangga» deyishlaridan ulamolarimiz xukm chiqarib: «Onaning haqqi otanikiga nisbatan uch marta yuqori turadi», deyishadi.
Ushbu xadisi sharifdan olinadigan foydalar quyidagilardan iborat:
1.Farzandning yaxshilik qilishiga eng sazovor shaxs ona ekani.
2.Farzandning yaxshilik qilishiga onadan keyin eng sazovor shaxs ota ekani.
3.Onaning haqqi otanikidan uch marta ko‘p ekani.
Chunki, ona bolaning dunyoga kelishida, unib-o‘sishida juda katta mashaqqat chekkan zot bo‘ladi. Xomiladorlikning barcha mashaqqatlarini ona¬ning o‘zi tortadi. Ko‘ngil aynish, behol bo‘lish, zaiflashish, bolani qorinda ko‘tarib yurish va shunga o‘xshash boshqa homiladorlikka oid mashaqqatlarga ona duchor bo‘ladi. Tug‘ish mashaqqatlari, to‘lg‘oq qiyinchiliklari onaning o‘limni bo‘yniga olganiga dalildir. Ba’zi onalar ayni tug‘ish jarayonida halok bo‘lishlarining o‘zi barchaga onaning haqqi otanikidan nima uchun ustin qo‘yilganini bilib olishga yordam berishi kerak.
Bolani emizish, uni yuvib-tarash, kechalari uyqudan qolib bola uchun mashaqqat tortish va shunga o‘xshagan ishlarning barchasini ona o‘z zimmasiga oladi.
U shunday bir zotki duolarida uzini unutishi mumkin ammo xech kachon farzandlarini unutmaydi.
Shu bilan birga, onaning munisligi, mushtiparligi, jism nozikligi, ko‘ngil nozikligi va boshqa taraflari ham bor. Ular otalarga nisbatan yordamga, yaxshilikka, inoyatga, lutfga, marxamatga ko‘proq, muhtojligi uchun ham, ularga ortiqroq, darajada extirom ko‘rsatish zarur.
Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.): vidolashuv xutbalarida ummatlarini uch narsadan ogoh etib, shunday dedilar: “Namoz, namoz, namozga diqqat qiling, unga hech ham beparvo bo‘lmang! “Qo‘l ostingizdagilarga kuchlari yetmaydigan vazifalarni yuklamang! Xotinlarning haqlarini hurmat qilinglar, men bu xususda Allohdan qo‘rqishingizni tavsiya etaman. Xotinlarning haqi masalasida Allohdan qo‘rqinglar! Zero, ular sizning yordamingizga muhtojdirlar. Ular sizga Allohning omonatidirlar...”
Bunday g‘amxo‘rlikdan ruhlangan ayollarimiz vatan uchun yanada ko‘proq o‘z hissalarini qo‘shishga va mana shu muqaddas zaminni, undagi musaffo osmonni asrashga harakat qilmoqdalar. Bugungi kunda ayollarimiz barcha soxalarda erkin ishlash imkoniyatiga egadirlar. Xoh u maorif bo‘lsin, xoh u sanoat sohasi bo‘lsin, yoki siyosiy-ijtimoiy, tadbirkorlik va fermerlik sohasi bo‘lsin barchasida ayollarimiz mehnat qilish huquqiga egadirlar. Qisqa qilib aytganda, bizning yurt ayollar qadr topgan yurt desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, har qanday ayol suyukli yor, mehribon ona, fayzli xonadon bekasi sifatida o‘rni, e’zozini topgandagina o‘zini chinakam baxtli his etadi. Ayollarimizni mana shunday chinakam baxtga ega bo‘lishlari uchun biz erkaklar ham mas’ulmiz. Zero ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir.
Yosh qizlarimiz o‘zlarining ilm-fandagi yutuqlari bilan, ayollarimiz turli sohadagi mehnat faoliyatlari bilan, munis onaxonlarimiz esa uzlarining duolari bilan yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun xissa qo‘shmoqdalar. Mo‘’tabar keksa onaxonlarimizning qilayotgan duolari yurtimizni har qanday balo-qazolardan asrayotgan bo‘lsa ajab emas. Chunki onalarning qilgan duolari Yaratganning huzurida shaksiz ijobatdir.
Shunday ekan har birimiz boshimizda toj bo‘lib, xonadonlarimizni nurga to‘ldirib bizning haqqimizga to‘xtovsiz duolarni qilib turgan volidai mehribonlarimizni dillarini shod qilib, xizmatlarida bardavom bo‘lib, ularni g‘animat bilib e’zozlab yashashligimizni Parvardigorimiz barchalarimizga nasib etsin!

Xulosa
Ayolga ehtirom – uning qalbidagi iymonga ehtirom. CHunki har bir mo'minning boshqa mo'min zimmasida ma'lum haqlari bor. Mo'mina ayolning haqqi o'z eriga yaqin bo'lgani hamda o'rtalarida kelishuv borligi uchun ham yanada ko'proqdir. Agar ayol soliha va taqvodor bo'lsa, uning hurmati yana ham ko'proq va qadri yuksakroq bo'ladi. Mabodo johila, yomon xulqli va odobsiz bo'lsa, uni to'g'rilikka da'vat qilish lozim. Oqibatni eslatish shart. Ta'lim berish kerak.
Ayolga ehtirom – uning Alloh taolo belgilab qo'ygan haq-huquqlarini hurmat qilishdir. Ularni bekam-ko'st, hatto kamoliga etkazib ado etishdir. Zero, Alloh taolo ayolning haq-huquqlarini unga e'tiborsiz yondashish, beparvo qarash uchun emas, balki to'liq ado etish, amalda tatbiq qilish uchun tayin qilgan.
Ayolga ehtirom – uning omonatini ado etish, moliyaviy haqlarini amalga oshirish, uning o'ziga tegishli bo'lgan ishlarda undan izn olish, uning shaxsiyatini, shuningdek, modomiki shariat talabiga javob berar ekan, xohish-istaklarini hurmat qilish, o'ziga tegishli ishlardagi tanlovini va hayot tarzini munosib baholashdir. Uning qo'lidan tutib, Allohning roziligi tomon etaklashdir.
Ayolga ehtirom – uning kichik yoshdagi bolalariga tegishli ishlar va shaxsiyatlariga munosabat yuzasidan tanlov huquqini hurmat qilish. Uning fikriga e'tiborsiz bo'lmaslikdir. Zero, farzandlarni u otadan ko'ra yaxshiroq idrok qiladi, ko'p hollarda ular nima xohlayotganlarini yaxshiroq biladi. Ota farzand tarbiyasi borasida faqat o'zining gapini o'tkazadigan bo'lmasligi kerak.
Ayolga ehtirom – uning uydagi qadr-qimmatini, uy ishlari va ro'zg'or yumushlari yuzasidan tanlovini hurmat qilishdir. Zero, uy ishlari ayolning zimmasida bo'lib, u xonadonning chirog'idir. Uy – ayolning kichik vatani.
Ayolga ehtirom – uning shaxsiyatini, his-tuyg'ularini, tabiatini hurmat qilish, uni baxtli va rozi qilishga intilishdir.
Ayolga ehtirom borasida biz aytib o'tgan odob namunalari quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi:
Download 32.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling