2. Ballast koritasi plitasining hisobi


Tо‘sinni chidamlilik bо‘yicha hisobi


Download 0.99 Mb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1596199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ko\'prikdan kurs ishi Sarvar

3.13. Tо‘sinni chidamlilik bо‘yicha hisobi
Kо‘prik konstruksiyalarini loyihalash meyorlariga muvofiq chidamlilikka hisob-kitob, betonning chо‘zilgan sohasi ishni e’tiborga olmay, betonning siqilgan sohasida yassi kesimlar va zо‘riqishlarning uchburchak epyurali ekanligi gipotezasini qabul qilib, elastik bosqich uchun amalga oshiriladi (3.3, g-rasm) [1, 3.94-band; 2, 10.2-band].
Ushbu hisob-kitob konstruksiyani, zо‘riqishlarning kо‘pkarra ta’sir etishida rivojlanishi mumkin bо‘lgan, charchab buzilishidan kafolatlaydi. Hisob-kitob betondagi va armaturadagi kuchlanishlarni aniqlashga keltiriladi va ular chidamlilikka hisobiy qarshiliklar bilan solishtiriladi [1, 3.94-band; 2, 10.2-band]. Buning uchun, dastavval, betonning siqilgan sohasi balandligi va betonga keltirilgan tо‘sin kesimining inersiya momenti aniqlanadi. Siqilgan soha balandligi x' neytral о‘qqa nisbatan statik momentlar barobarligidan aniqlanadi [2, 10.2-band; 12, 13-b.].
; (3.42)
46
; (3.43)

; (3.44)

Yakka armaturali tavrsimon kesimlar uchun betonga keltirilgan inersiya momenti quyidagicha aniqlanadi [2, 10.2-band; 12, 13-b.]:
. (3.45)
4
Chidamlilikka hisob-kitoblarda armaturaning eng chetki qatoridagi va tо‘sinning eng kuchlanishli qirrasi betonidagi kuchlanishlar aniqlanib, chidamlilik bо‘yicha hisobiy qarshiliklar bilan solishtiriladi [1, 3.94-band, jadv. 38; 2, 10.2-band]:
; (3.46)

=0,4225 330000=139425
138077,4 139425
betondagi kuchlanish
(3.47)

000
104413,23 11900000
bu yerda mas1, mb1 – ish sharoiti koeffitsiyentlari, mos ravishda (2.17) va (2.28) ifodalarda hisoblangan.
=0,85– ishlash sharoiti koeffitsiyenti;

3.14. Armatura bukilmalari va material epyuralarini qurish. Bо‘ylama va kо‘ndalang armaturalashni konstruksiyalash
Tо‘sinning yarim oralig‘ida M va Q epyuralari quriladi (3.4-rasm). Material epyuralarini qurish uchun, tо‘sin oralig‘ining о‘rtasida armatura sterjenlari tomonidan qabul qilinadigan chegaraviy eguvchi moment aniqlanadi:
, (3.48)

bu yerda x – beton siqilgan sohasining mustahkamlik hisoblari natijasiga kо‘ra qabul qilinadigan balandligi (3.12-bandga qara).
U holda har bir sterjen quyidagiga teng bо‘lgan eguvchi momentni qabul qiladi:
. ` (3.49)

3.4-rasm. Tо‘sin armatura bukilish joylari sxemasi, momentlar va materiallar epyurasi


Xomutlar diametri bо‘ylama sterjen diametrining choragidan kam bо‘lmasligi va kamida 8mm bо‘lishi kerak, tо‘sin bosh-ket qismlarida esa kamida 10mm [1, 3.118-band]. Uzlukli tо‘sinlar devoridagi xomutlarni qadami quyidagilardan oshmaydigan qilib [1, 3.143-band] qabul qilinishi kerak:

  • 10sm – tayanch qismi о‘qidan boshlab о‘lchanganida tо‘sin balandligiga teng bо‘lgan bosh-ket qismlarida;

  • 15sm – tо‘sinning bosh-ket sohasidan oralig‘ining choragigacha bо‘lgan tayanch oldi sohasida;

  • 20sm – tо‘sin oralig‘ining yarmiga teng bо‘lgan (tayanch oldi sohalari chegaralari orasidagi) о‘rta sohasida.

Plitaning taqsimlovchi armaturasi va plita tо‘ri armaturasi sterjenlarining diametri bо‘ylama armaturalar diametri choragidan (d/4) va 6mm kam bо‘lmagan xoda qabul qilinadi [1, 3.118-band]. Taqsimlovchi armatura sterjenlarini ishchi armatura bukilgan joylarning barchasida, tо‘g‘ri soxalarida esa 25sm dan kam bо‘lmagan oraliqda о‘rnatiladi [1, 3.134-band].
Ballast koritasi plitasining ishchi armaturalari aro sof oraliq kо‘pi bilan 15sm va kamida 5sm qabul qilinadi [1, 3.136-band].
Armatura sterjenlarining bukilmalarini radiusi kamida ishchi armaturaning 10ta diametriga teng bо‘lgan aylana yoyi bо‘yicha qabul qilinadi [1, 3.140-band].
Armatura sterjenlarining tо‘sin bosh-keti sohalaridagi 45º va 90º burchak ostidagi qaytarma bukiklarini radiusi kamida ishchi armaturaning uch diametriga teng bо‘lgan aylana yoyi bо‘yicha qabul qilinadi (3.6-rasm) [1, 3.140-band].
Zо‘riqtirilmagan xomutlar va nohisobiy armaturalarning beton himoya qatlamining sof qalinligi 2,0 sm dan kam bо‘lmagan qilib qabul qilinadi.
Bо‘ylama ishchi armatura diametri 12mm dan kam bо‘lmasligi kerak [1, 3.118-band]. Tо‘sin devorchasi bо‘ylama (nohisobiy) armaturasini, odatda, diametrlari 8...12mm bо‘lgan, devorcha balanligi bо‘ylab 10...20sm qadam bilan о‘rnatiladigan davriy profilli sterjenlardan bajariladi [1, 3.141-band].
Bukiluvchi sterjenlarning uchlari siqilgan sohada bо‘ylama armaturaga muvoziy bо‘lgan, uzunligi kamida armaturaning 10ta diametriga teng bо‘lgan tо‘ppa-tо‘g‘ri shohobchalarga ega bо‘lishi kerak [1, 3.125-band]. Siqilgan sohaga kirib boradigan silliq sterjenlarni tо‘ppa-tо‘g‘ri ilgakli qilib tugallash lozim, bunda ular bukilish ortida, armaturaning kamida uchta diametriga teng bо‘lgan, tо‘ppa-tо‘g‘ri shohobchalarga ega bо‘lishi kerak [1, 3.125-band].
Tayanch qismining о‘qi ortiga kirib boruvchi uzlukli tо‘sinlarda bо‘ylama armaturaning chо‘zilgan sterjenlari uzunligi kamida sterjenning 10ta diametriga teng bо‘lgan tо‘ppa-tо‘g‘ri shohobchalarga ega bо‘lishi kerak. Bundan tashqari, tо‘sinning yon sirtiga tutushuvchi, chetki sterjenlar tо‘sin bosh-ketida 90º ga bukilgan va tо‘sin balandligining yarmigacha davom ettirilgan bо‘lishi kerak [1, 3.127-band]. Bukilmalarni tо‘sining bosh-ketidan boshlash qulaydir, bunda barcha sterjenlarning hech bо‘lmaganda uchdan bir qismi [1, 3.134-band] hamda kamida ikkita sterjen bukilmay qoldiriladi.
Har bir gorizotal qatorni ikki yaqinlashuvda, mos tarzda 2 va 3 sterjendan qilib, bukiladi. Tо‘sinning bosh-keti yaqinida bir tekislikda bukilayotgan sterjenlarning miqdori 3...5 sterjengacha
orttiriladi. Agarda xomutlar va beton qabul qiluvchi kо‘ndalang kuch tashqi yuklardan tushadigan kо‘ndalang kuchdan ortiq bо‘lsa, tayanch kesimda hisobiy bukilishlarni belgilash talab qilinmaydi, biroq ular konstruksiyaviy nuqtai nazardan qabul qilinadi. Qiya sterjenlar tо‘sinning bо‘ylama о‘qiga nisbatan simmetriyaviy holatda о‘rnatiladi, bunda shunday qilib о‘rnatiladiki, unsurning о‘qiga nisbatan tik bо‘lgan ixtiyoriy kesimda kamida bitta qiya sterjen mavjud bо‘ladi.Sterjenlarning tо‘sin yoki plita о‘qiga qiyaligini kо‘pi bilan 60˚ hamda kamida 30˚ (odatda 45˚) qabul qilinadi. Materiallar epyurasiga kо‘ra sterjenlarni bukish mumkin bо‘lmasa, u holda qо‘shimcha qiya sterjenlarni har bir asosiy sterjenga kо‘pi bilan ikkitadan qilib о‘rnatiladi [1, 3.139-band]. Bukilmalarning dastlabki sxemasini belgilanganidan sо‘ng materiallar epyurasi bо‘yicha har bir qiya tekislikdagi miqdori va tо‘sin balandligi bо‘yicha joylashishini sayqallanadi (3.4-rasm). Bukilmalar, materiallar, eguvchi momentlar epyuralarini millimetrli qog‘ozda chizib olish qulaydir. Bukilmalar masshtabi 1:40 (1:50), materiallar epyurasi uchun esa 2 mm da ΔMu, kNm bor deb qabul qilingan. Sterjenlarning sayqallangandan keyingi о‘rnashuvi, ularning oraliqning о‘rtasi va tayanch kesimlar uchun pastki belbog‘da nomerlanishi 3.4…3.5-rasmlarda kо‘rsatilgan. 3.6-rasmda qavslar ichidagi raqamlar eski meyorlar bо‘yicha, qavslarsiz raqamlar esa – yangi meyorlar bо‘yichadir.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling