Kompetensiyalar
|
Ta’lim mazmuni
|
Mavzular
|
Kundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va hokazolar).
Ijtimoiy hayotga oid mavzular (atrof-muhit bilan ijtimoiy aloqalar).
Ta’limga oid mavzular (maktab, o‘qish va o‘qitish, maktabdagi fanlar va hokazolar).
Ijtimoiy-madaniy mavzular (O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyatlarini qiyoslash va taqqoslash).
|
Lingvistik kompetensiya
|
Nutqiy kompetensiya
|
Tinglab tushunish
|
Tinglash uchun mo‘ljallangan matnlar.
Darsga oid ko‘rsatmalar va o‘qituvchi nutqi.
Ertaklar va hikoyalar.
O‘rganilayotgan til sohibining tasmaga yozilgan nutqi (qo‘shiqlar, she’rlar, dialoglar va boshqalar).
|
Gapirish
|
Dialogik nutq.
Salomlashish.
O‘zini tanishtirish.
Minnatdorchilik bildirish.
Iltimos qilish.
Ma’lumot olish va berish.
Uzr so‘rash.
Tabriklash.
Taklif etish va taklifni qabul qilish/rad etish.
Monologik nutq.
Voqea-hodisa yoki tajribani sodda bayon qilish.
Qisqa hikoyalarni gapirib berish.
Yoshiga mos mavzuda sodda va kichik taqdimotlar qilish.
|
O‘qish
|
Faqat o‘zlashtirilgan til materialidan tashkil topgan qisqa matnlar.
Tarkibida ma’nosini taxmin qila olish mumkin bo‘lgan ba’zi yangi so‘zlardan iborat sodda matnlar.
Muayyan ma’lumotni qidirib topish.
Bo‘sh vaqtda sodda hikoyalar va she’rlar o‘qish.
|
Yozish
|
Husnixat, orfografiya.
Sodda xabarnomalar yozish (tabriklar, eslatmalar, xatlar va boshqalar).
Sodda anketalarni shaxsiy ma’lumot bilan to‘ldirish.
|
Til kompetensiyasi
|
Grafika va orfografiya
|
Alifboning barcha harflari, harflarning asosiy kombinatsiyalari, tovush va harflar mutanosibligi; harflarni o‘qish va yozishning asosiy qoidalari.
|
Fonetik kompetensiya
|
Tovushlarni gapda va yakka holda eshitganda farqlay olish.
Asosiy kommunikativ gap turlariga (darak, so‘roq, buyruq gap) mos ravishda ritm va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalana olish.
Tilning asosiy barcha tovushlarini, gapirish ko‘nikmasini rivojlantirish bilan birga nutqda ishlata olish.
|
Leksik kompetensiya
|
Mavzuga oid so‘zlarni sodda matnlarda to‘g‘ri ishlata olish.
So‘zning yasalishi (affiksatsiya usuli va so‘zlarning qo‘shilishi), boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar (baynalminal so‘zlar) haqida dastlabki tushunchaga ega bo‘lish.
|
Grammatik kompetensiya
|
So‘z turkumlari.
Sintaksisning asosiy qoidalari.
Hozirgi va o‘tgan zamon fe’l shakllari va hokazo.
|
Sotsiolingvistik
kompetensiya
|
Sinf diskursi hamda kundalik hayotdagi vaziyatlardagi sodda muloqot modellarini o‘rganish.
O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar madaniyati haqida asosiy madaniyatlararo ma’lumotlarga ega bo‘lish (masalan, festivallar va an’analar haqida).
|
Pragmatik kompetensiya
|
Ma’lum bir narsani tushunmagan holatlarda qayta so‘ray olish.
|