5. Banklarda buxgalteriya provodkalarni bajarish asoslari.
Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari
ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib
boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham
aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir.
Ikki yoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida
ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari
asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‗lib, u ikki qismdan iborat
bo‗ladi: chap tomoni ―debet‖, o‗ng tomoni esa ―kredit‖ deb nomlanadi. Har bir
hiso
bvaraqning kun boshiga bo‗lgan boshlang‗ich qoldig‗i (saldo) bo‗lib,
operatsiyalar o‗tkazilgandan so‗ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan
holda kun oxiriga bo‗lgan qoldig‗i chiqariladi.
Barcha hisobvaraqlar o‗z mazmuniga ko‗ra aktiv yoki passiv bo‗lishi
mumkin. Bankning o‗z mablag‗larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar
aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‗larining manbayini hisobga olishda
ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‗lib hisoblanadi.
Aktiv
hisobvaraqlarga
bankdagi
naqd
pullar,
bankning
vakillik
hisobvarag‗idagi mablag‗lar, turli muddatlarga, banklarga, hukumatga, korxona
tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv
hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mabla
g‗lar, budjet mablag‗lari, bank
kapitali, daromadlari va hokazo kiradi.
Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‗i uning ―debet‖ qismida bo‗lib,
mablag‗larning ko‗payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‗larning kamayishi
esa hisobvaraqning kreditida ko‗rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo‗yicha, aksincha,
qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‗lib, mablag‗larning kelib tushishi uning
kreditida, mablag‗larning kamayishi, ya‘ni chiqib ketishi debetida o‗z ifodasini
topadi.
Aktiv va passiv hisobvaraqlar bo‗yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini
quyidagicha ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |