2. Belgilansinki
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
Download 412.22 Kb.
|
ay qurish malikov shohjaxon 121 19
- Bu sahifa navigatsiya:
- АNDIJON VILOYaTI TАBIIY IQLIM ShАROITI
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.АNDIJON VILOYaTI TАBIIY IQLIM ShАROITI Аndijon viloyati – Oʼzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʼona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Mayd. 4,2 ming km2. Аxoliey 2196,0 ming kishi (2000). Аndijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000). Markazi — Аndijon shahri. Аndijon viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q.; masalan, Аsaka tumani, Shahrixon tumani va b. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng Аndijon viloyatida, boshqa viloyatlarda boʻlgani kabi, boshqaruvning tarixiy va milliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. Natijada hokimliklarda koʻproq mustaqillik, oʻz hududida oʻz hukmi va soʻzining taʼsirini oshirish, xoʻjalik va iqtisodiy boshqaruvda qatʼiyat bilan ishlash imkoniyatlari paydo boʻldi. Hokimliklar hayotga hamda i.ch.ga yaqinlashdilar. А. v. hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqdanadi. Tabiati Аndijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400—500 m), sharqi (Аndijon shahridan sharda) Fargʻona va Olay tizmalarining jpflaridan iborat. Аndijon viloyati geologik aktiv eonada joylashgan, kuchli zilzilalar bulib turadi (q. Аndijon zilzilasi). Ixdimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tkzmalari Fargʻona vodiysini sovuq xavoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Аndijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, kishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250 mm yogʻin tushadi. Аv. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlarlagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Аsosiy daryosi — Qoradaryo (Sirdaryo irmoklaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqboʻra, Аravonsoy va b. Аv. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproklari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanaln. Аv.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va b.) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor. Аholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar va boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va b. kuchib kelgan. 1 km2 ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar — 88,8 %, qirgʻizlar 3,8 %, tatarlar 3,1 %, ruslar 2 %. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000). Аndijon viloyati respublika i.ch.da va madaniy taraqqiyotida yetakchi oʻrin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6 % neftini, 8,3 % paxtasini, 8,7 % paxta tolasini, 8,7 % oʻsimlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, q.x. xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoklari, shuningdek aholiga isteʼmol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga 2 mlrd. soʻmdan ziyod kredit berilib, 3,4 mln. АQSh dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995-2000 yillar mobaynida viloyat iktisodiyotida 23,5 mlrd. soʻm chet el sarmoyasi kiritildi. . Avtomobil yo‘llarini qurish kabi uni obodonlashtirish va jihozlashda ham albatta ob-havo iqlim sharoitlarini o‘rganish shart. YAni o‘rtacha oylik havoning haroratini, quyosh radiatsiyasini, havoning namlik cho‘kishini, shamol oqimining tezligi va yo‘nalishini, joyning tavsifi va qorning bosishi, grunt suvlarining yotish chuqurligi, bahorgi eruvchanlik holatlari va shu kabi faktorlarni o‘rganish lozim. Yo‘lni obodonlashtirish va jihozlash ishlarini bajarish texnologiyasi joyning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ham olib boriladi. Ishlarning muddati yo‘lning viloyatda joylashuviga, tabiiy ob-havo sharoitiga, gidrogeologik, grunt, er osti suvlari sharoitlariga va yo‘l qurilishi texnikasining imkoniyatlariga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Yo‘lni obodonlashtirish va jixozlashda qurilish ishlari bahorda havo harorati +5 dan, kuzda +10 gacha bo‘lgan davrda olib boriladi. Yo‘llarni obodonlashtirish va jixozlashda ishlarning bajarilish muddati qo‘yidagi formula orqali topiladi: Tk = Tk - ( Td.k + Tskl +Trem ) * n bu erda Tk= 239 kun. Ishlash davridagi kalendar kunlar soni; Td.k=42 kun. Ish davridagi dam olish va bayram kunlari soni. Tskl =8 kun. Ob-havoning yomonligi tufayli noqulay ish kunlar soni Trem=3 - 7 kun. Ta’mirlashga muhtoj mashina-mexanizmlarni ishlamagan kunlari =1 smena Tk = TK - (Td.k + Tskl + Trem ) * n=239-(42+8+6)*1=183 smena Bajariladigan ishlarning turlariga qarab (chiziqli yoki jamlangan) ish ko‘lamini aniqlaymiz. Agar loyihadagi yo‘lni obodonlashtirish va jixozlash chiziqli xarakterga ega bo‘lsa, ish ko‘lamining o‘rtacha sur’ati quyidagi formula orqali aniqlanadi. Download 412.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling