2. Бмт давлатларни халқаро шартномаларга қўшилиш учун мажбурлаши мумкинми?
Download 10.26 Kb.
|
KAZUS
2000 йил 6–8 сентябрь кунлари БМТнинг Мингйиллик Саммити НьюЙоркда бўлиб ўтди. Шу билан бирга, Бош котиб ўзининг маърузасида, Саммитда иштирок этаётган давлат ва ҳукумат бошлиқларига унда сақланаётган шартномаларни имзолашлари ёки ратификация қилишларини таклиф қилади. БМТга аъзо давлатлардан бири БМТ томонидан бундай таклифни барча қабул қилиши лозимлигини таъкидлади. Бироқ яна бир аъзо мамлакат БМТга аъзолик унинг таклифларини қабул қилиш лозимлигини англатмаслигини айтди. 1.1969 йилдаги Шартномалар ҳуқуқи тўғрисидаги Вена конвенциясига асосланиб мазкур вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг. 2.БМТ давлатларни халқаро шартномаларга қўшилиш учун мажбурлаши мумкинми? Халқаро шартномаларга аъзо бўлиш шартларини тушунтиринг. 3.Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish uchun yetarli asoslar mavjud yoki mavjud emasligini muhokama qiling. Javob: Ushbu vaziyatda BMT Bosh kotibi Sammitda ishtirok etayotgan davlat va hukumat boshliqlariga unda saqlanayotgan shartnomalarni imzolashlari yoki ratifikatsiya qilishlarini haqida taklifi oʻrinli, BMT Bosh kotibi takliflar kiritishi mumkin. Ammo yuqoridagi vaziyatda BMTga aʼzo davlatlardan birining BMT Bosh kotibi taklifini barcha aʼzo davlatlar qabul qilish lozimligini taʼkidlashi xalqaro prinsiplarga toʻgʻri kelmaydi. Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga mos bo’lishi lozim, xususan, tenglik va aralashmaslik prinsipiga. Xalqaro shartnoma, uni tuzgan tomonlarning ixtiyoriy roziligi natijasidir. Bir tomonning kuch ishlatishi yoki tahdidi bilan tuzilgan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. 1969 yildagi Shartnomalar huquqi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasining 51-moddasida «Davlat vakilini majburlash, unga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar yoki tahdidlar bilan majburlashi natijasida berilgan shartnomaga roziligi yuridik ahamiyatga ega emas» deyilgan. Vena konvensiyasining ushbu moddalariga ko'ra 11-moddasi. Shartnoma bilan bog'liq bo'lishga rozilik bildirish usullari Davlatning shartnoma bilan bog'lanishiga roziligi shartnomani imzolash, shartnomani tashkil etuvchi hujjatlarni almashish, shartnomani ratifikatsiya qilish, uni qabul qilish, ma'qullash, unga qo'shilish yoki kelishilgan boshqa vositalar bilan ifodalanishi hamda 12-modda imzolash orqali ifodalangan shartnoma bilan bog'lanishga rozilik 1. Davlatning shartnomani bajarishga roziligi ushbu davlat vakili tomonidan shartnomani imzolash orqali ifodalanadi, agar: (a) shartnoma imzolashning shunday ta'sirga ega bo'lishini nazarda tutadi; (b) muzokaralar olib boruvchi davlatlar kelishuvida imzolanish shunday kuchga ega bo'lishi kerakligi boshqacha tarzda belgilangan bo'lsa; yoki v) davlatning imzoga bunday ta'sir ko'rsatish niyati uning vakilining vakolatidan kelib chiqadi yoki muzokaralar davomida ifodalangan bo'lsa. 2. 1-band maqsadlari uchun: a) matnni paraflash, agar muzokaralarda ishtirok etuvchi davlatlar shunday kelishuvga erishganligi aniqlangan taqdirda shartnoma imzolanishi tushuniladi; b) Shartnomani davlat vakili tomonidan imzolanishi, agar bu davlat tomonidan tasdiqlansa, bitimning yakuniy imzolanishini bildiradi deyilgan. Davlatga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar yoki tahdidlar bilan majburlashi natijasida berilgan shartnoma bilan bog’lanishiga roziligi yuridik ahamiyatga ega emas hisoblaniladi. Taraflar BMTning taklifini qabul qilishga majbur emas. Download 10.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling