Virtual kompaniya yaratish. Zamonaviy dinamik jahon bozorlarida virtual
kompaniyalarni shakllantirish muhim boʻlib qoldi. Zaruriy axborot oqimlari,
aloqa
va koordinatsiyani qoʻllab quvvatlash uchun hisoblash va telekommunikatsiya
resurslarini ta’minlashda internet va boshqa axborot
texnologiyalari tayanch rol
oʻynaydi. Virtual kompaniya menedjerlari tez oʻzgaruvchan bozor imkoniyatlari
yutuqlaridan foydalanib qolish uchun koʻplab
hamkorlar tomonidan taqdim
etilayotgan odamlar, bilimlar, moliyaviy va jismoniy
resurslar tarmoqlarini
boshqarish uchun axborot texnologiyalariga bogʻlanib qolganlar.
•
Bilim-yaratuvchi kompaniyalarni qurish. Ayni paytda raqobat ustunligi
bugun bilimlar kompaniyasi yoki oʻquv markazlarni tashkil etish orqali tashkiliy
bilimlardan innovatsion foydalanish va boshqarishdan kelib chiqadi.
Internet
texnologiyalar biznes haqidagi bilimlarni qoʻllab quvvatlash va tarqatish va uni
yangi
mahsulotlar, xizmatlar va biznes jarayonlarga integratsiyalashni qoʻllab
quvvatlash uchun bilimlarni boshqarish tizimlarida keng foydalaniladi.