2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash
Bobning asosiy momentlari
1-seksiya. Strategik ustunlik asoslari
Strategik axborot tizimlari
Raqobat strategiyasi tushunchalari
Axborot texnologiyalardan strategik foydalanish
Mijozga moʻljallangan biznesni yaratish
Qoʻshimcha narx va
strategik axborot tizimlari
2-seksiya. Strategik ustunlik uchun axborot texnologiyalardan
foydalanish
Axborot texnologiyalaridan strategik foydalanish
Biznes jarayonlarni reinjiniringi
Muvaffaqiyatli kompaniya boʻlish
Virtual kompaniya yaratish
Bilim yaratuvchi kompaniya
qurish
Mavzu maqsadlari
1.
Bir nechta asosiy raqobat strategiyalarini aniqlang va biznesda toʻqnashishi
mumkin boʻlgan raqobat kuchlariga qarshi turish uchun qanday qilib axborot
texnologiyalaridan foydalanishini tushuntirib berish.
2.
Internet texnologiyalaridan strategik foydalanishlardan bir nechtasini aniqlang
va ular biznesda qanday ustunliklarga erishishga
yordam berishiga misollar
keltirish.
3.
Biznes jarayonlarini reinjiniringi koʻpincha Internet texnologiyalaridan
strategik foydalanishni oʻz ichiga olishiga misollar keltirish.
4.
Moslashuvchan raqib boʻlish yoki virtual kompaniya shakllantirish uchun Internet
texnologiyalaridan foydalanish biznes qiymatini aniqlash.
5.
Biznesda strategik ustunliklarga ega boʻlish
uchun bilimlarni boshqarish
tizimlari qanday yordam berishini tushuntirish.
2
Seksiya 1. Strategik ustunlik asoslari
Strategik axborot texnologiyalari
Texnologiya biznes strategiyani shaklantirishda endi ikkinchi darajali emas,
balki asl sababi va yurituvchisidir.
Ushbu bob axborot tizimlarni biznes
operatsiyalar samaradorligi, ishchi
guruh va korporativ hamkorlik yoki samarali biznes qarorlarni qoʻllab
quvvatlaydigan texnologiyalar majmuasidan ham koʻproq
qarash muhimligini
koʻrsatadi. Axborot texnologiyalari biznesda raqobat qilish usullarini oʻzgartiradi.
Siz axborot tizimlariga strategik yondashingiz lozim, ya’ni muhim raqobatbardosh
tarmoqlar, tashkiliy yangilash, hamda texnologiyalarga
zaruriy investitsiyalar
sifatida qarash lozim; bunday texnologiyalar bugungi dinamik oʻzgaruvchan
bozorda raqobatbardosh boʻlishi uchun uni reinjiniring
va yangilanishini amalga
oshiruvchi strategiyalar va biznes jarayonlarni qabul qilishga kompaniyaga yordam
beradi.
Ushbu bobning 1-seksiyasi axborot tizimlaridan strategik foydalanish asosida
yotgan asosiy raqobat strategik konsepsiyalarini ifodalaydi. Soʻng ikkinchi bob
bugungi kunda koʻplab kompaniyalar tomonidan
foydalanadigan axborot
texnologiyalarining bir nechta asosiy strategik dasturiy ilovalarini muhokama qiladi.