2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning asosiy momentlari 1-seksiya. Strategik ustunlik asoslari
Mijozga yoʻnaltirilgan biznesni yaratish
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning aso
Mijozga yoʻnaltirilgan biznesni yaratish
Global iqisodiy oʻsish omili ishlab chiqarish hajmidan iste’molchi qimmatiga oʻzgardi. Natijada aksariyat firmalar muvaffaqiyatining tayanch omili mijozlar qimmatini maksimallashtirishdan iborat boʻlib qoldi. Koʻplab kompaniyalar uchun mijozga yoʻnaltirilgan biznesga ega boʻlish uchun bosh biznes-qimmati uning mijozlarini moyilligini saqlab qolish, ularni xohishlarini oldindan koʻra bilish, mijozlar muammolariga befarq boʻlmaslik, hamda mijozlarga yuqori sifatli xizmat koʻrsatish qobiliyatidan iborat. Ushbu mijoz qimmatiga boʻlgan strategik moʻljal mijoz qiymatni aniqlashda narxni emas, balki sifatni asosiy omil qilib olishidadir. Mijoz nuqtai nazaridan doimo yangi yaxshi narsalarni taqdim etadigan kompaniyalar bular shunday kompaniyalarki, oʻzining mijozlarining individual xohishlarini inobatga oladi; bozor an’analari bilan hamnafas boʻladi; ixtiyoriy vaqt va ixtiyoriy joyda oziq ovqat mahsulotlari, xizmatlar, hamda ma’lumotlarni taqdim etadi va mijozlarga individual talablarini inobatga olib xizmat koʻrsatishni ta’minlaydi. SHunday qilib, Internet- texnologiyalar mijozlarni individual xohishlarini inobatga olib tezkor yuqori sifatli 13 mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilishda kichik va katta kompaniyalar uchun strategik imkoniyatlar yaratdilar. Internet-texnologiyalari mijozlarga mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (MMB) (inglizchada CRM) va elektron biznes uchun boshqa dasturiy ilovalari koordinatsion markazini tashkil qilishi mumkin. CRM-tizimlar va Internet, intranet, ekstranet web-saytlari bilan birgalikda kompaniya ichida interaktiv kommunikatsiyalari, hamda mijozlar, yetkazib beruvchilar, ish hamkorlari va boshqa tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun yangi kanallarini yaratishlari mumkin. Bunday aloqalar aksariyat biznes-funksiyalari mijozlari bilan doimiy muloqotda boʻlishga, mahsulotlarni ishlab chiqish, marketing, yetkazib berish, xizmat koʻrsatish va texnik qoʻllab quvvatlashda mijozlar bilan kross-funksional munosabatlarda boʻlishni rag‘batlantirishga imkoniyat beradi. Biz 8- bobda CRM- tizimlarni koʻrib chiqamiz. Qoida tariqasida, mijozlar savol berish yoki shikoyat qilish, mahsulotlarni baholash, soʻrov berishni qoʻllab quvvatlash va oʻzining xaridlarini kuzatish uchun internetdan foydalanishadi. Internet va korporativ intranet-tarmoqlaridan foydalanish korxona boʻyicha biznes-funksiyalar mutaxassislariga samarali javob qaytarishiga hissa qoʻshishi mumkin. Bu qobiliyat kross-funksional guruhlarni mijozlarni jalb qilish, ularga xizmat koʻrsatish va qoʻllab quvvatlash uchun guruh muammolarini muhokama qilish va hal etishni rag‘batlantiradi. Hattoki internet va ekstranet ulanishdan yetkazib beruvchilar va biznes hamkorlar mijozlari oldida kompaniya majburiyatlarini bajarish uchun sifatli komponentalari va xizmatlarini tezkor yetkazib berishni ta’minlovchi biznesni yuritish usullari sifatida foydalanishlari mumkin. Ushbu jarayon biznes sifatida mijoz qiymatiga oʻzini e’tiborini namoyish qiladi. 2.6-rasm mijozga yoʻnaltirilgan biznesni oʻzaro aloqalarini namoyish etadi. Elektron biznes modelini qoʻllab quvvatlovchi intranetlar, ekstranet, elektron tijorat web-saytlari va webni oʻz ichiga olgan ichki biznes jarayonlari koʻrinmas AT platformani shakllantiradi. Platforma kompaniya xohlaydigan mijoz turlariga 14 moʻljal olishga imkon beradi. Muvaffaqiyatli biznes oʻzining mijozlariga ta’sir etuvchi va har bir mijozni inobatga oladigan ma’lumotni xodimlariga taqdim etish uchun CRM tizimlarini ishlab chiquvchi va mijozlariga yuqori sifatli personal xizmat koʻrsatishni taklif etuvchi barcha biznes jarayonlarni optimallashtiradi. Mijozga moʻljallangan biznes elektron tijorat mijozlariga oʻz-oʻzlariga yordam berishlariga va oʻzlarining ishlarini bajarishda yordam beradi. 2.6-rasm. Mijozga moʻljallangan biznes qanday qilib internet texnologiyalari yordamida mijozlar moyilligini ta’minlashlari mumkin. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling