2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning asosiy momentlari 1-seksiya. Strategik ustunlik asoslari
Qiymat zanjiri va strategik axborot tizimlari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning aso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymat zanjiriga misollar
Qiymat zanjiri va strategik axborot tizimlari
Keling, sizga strategik axborot tizimlari imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradigan boshqa muhim tushunchani koʻrib chiqaylik. Qiymat zanjiri konsepsiyasi Maykl Porter tomonidan ishlab chiqilgan 2.7-rasmda koʻrsatilgan. U firmani oʻzini mahsulotlari va xizmatlari narxini oshiradigan asosiy faoliyat turlarining qatori, zanjiri yoki tarmog‘i sifatida qaraydi, bu esa oʻz navbatida firma uchun ham va mijoz uchun ham narx zaxirasini qoʻshadi. Narxni yaratish zanjiri konseptual doiralarida faoliyatni ba’zi yoʻnalishlari birlamchi jarayonlar hisoblanadi, boshqalari esa qoʻllab quvvatlovchi jarayonlardir. Birlamchilari bu tadbirkorlikning shunday faoliyatlariki, ular mahsulotni ishlab chiqarish yoki mijozga xizmat koʻrsatish bilan bevosita bog‘liqdir. Aksincha, qoʻllab quvvatlovchi jarayonlar bu tadbirkorlikning shunday 15 faoliyatlariki, kunlik biznes ishini qoʻllab quvvatlashda yordam beradi va mahsulotni ishlab chiqarish yoki mijozga xizmat koʻrsatishda tashkilotga bilvosita hissa qoʻshadi. Ushbu tuzilma raqobat strategiyalarini biznesni aynan qayerida qoʻllanilishini ajratib berishi mumkin. Shunday qilib, menedjerlar va biznes- mutaxassislar mahsulot va kompaniya xizmatlari uchun va shu tariqa kompaniya biznes umumiy qiymatiga eng koʻp qiymat qoʻshadigan asosiy jarayonlar uchun Internet va boshqa texnologiyalardan har xil strategik foydalanishlarini ishlab chiqishlariga urinib koʻrishlari lozim. 2.7-rasm. Firmani qiymat zanjiri. Raqobat ustunlikka ega boʻlish uchun firmaning asosiy biznes jarayonlariga qoʻllanadigan har xil strategik axborot tizimlari misollariga e’tibor qarating. Qiymat zanjiriga misollar 2.7-rasmda qiymat zanjiri doirasidan foydalanib asosiy biznes jarayonlarida qachon va qayerda axborot texnologiyalarini qoʻllash mumkinligiga misollar keltirilgan. Masalan, intranet hamkorlik ish jarayoni ma’muriy koordinatsiya va yordamchi xizmatlarni keskin yaxshilash uchun zarur boʻladigan kommunikatsiya va hamkorlikda ishlashni koʻpaytirishi mumkinligi rasmda namoyish etilgan. Intranet ishchilariga odam resurslarini boshqarish funksiyasi axborotdan foydalanishda oʻz-oʻziga xizmat qilishda yordam berishi mumkin. Ekstranet esa kompaniya va uning biznes boʻyicha global hamkorlariga mahsulotlar va 16 jarayonlarni birgalikda ishlab chiqish uchun Webdan foydalanishga yordam beradi. Nihoyat, elektron tijorat web-portallari resurslarni xarid qilishni firmaning yetkazib beruvchilari uchun onlayn savdo maydonchalarini taqdim etish orqali keskin yaxshilashi mumkin. Shuningdek 2.7-rasmda biznes jarayoniga texnologiyani qoʻllash maqsadida strategik axborot tizimlari misollari ham koʻrsatilgan. Ular avtomatik ombor tizimini va mantiqiy qoʻllab-quvvatlashni oʻz ichiga oladi, kompyuterli ishlab chiqarish tizimi, onlayn savdo va buyurtma jarayonlari xaridor xizmatlarini yaxshilaydi. Axborot tizimlari Internet va Web marketing xizmatlarini rivojlantiradi. Oxirida, ular jamlanadi va boshqaruv tizimi xaridor xizmatini oshiradi. Shuningdek, qiymat zanjiri tushunchasi sizga axborot texnologiyasining strategik xossalarini qanday boshqarishni belgilaydi. U bozorda qanday raqobatda ustunlikka erishishga firmalarga yordam beradi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling