2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning asosiy momentlari 1-seksiya. Strategik ustunlik asoslari
Buyurtmalarni boshqarish jarayonlari reinjiniringi
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning aso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqqon kompaniya
Buyurtmalarni boshqarish jarayonlari reinjiniringi
Korporativ intranet va internetdan foydalanadigan mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarini boshqarish tizimlari. Internet va ekstranetdan foydalanadigan yetkazib beruvchilarni boshqarish inventarizatsiya tizimlari. Ishlab chiqarish, taqsimlash, moliya va odam resurslari jarayonlarini integratsiyalash kross-funksional ERP dasturiy ta’minoti. Buyurtmalarni kiritish, holatni tekshirish, toʻlash va xizmat koʻrsatish uchun buyurtmachilar-foydalanib biladigan e-tijorat web-saytlari. Xodimlar va yetkazib beruvchilar intranet va ekstranet orqali ishlash imkoniyati boʻlgan mijoz, mahsulot va buyurtma statuslari joylashgan berilganlar bazalari. 20 raqobatlashadigan individuallashgan, uzoq muddatli boʻlmagan, boy ma’lumotli va mijozlar bilan doimiy asosda axborot almashuvchi muhitga oʻzgarayapmiz. Biznes samradorligida chaqqonlik yuqori sifat, yuqori ish unumdorligi, mijozga mos mahsulotlar va xizmatlar uchun kompaniyani tez oʻzgaruvchan, doimiy fragmentatsiyalashadigan global bozorda gullab ketish qobiliyatini anglatadi. Chaqqon kompaniya mahsulotlarni keng assortimenti va qisqa hayot modeli bilan bozorda daromad olishi mumkin va alohida buyurtmalar boʻyicha ixtiyoriy hajmdagi partiyalarda ishlab chiqarishi mumkin. U ishlab chiqarishning yuqori hajmini saqlab qolgan holda individuallashgan mahsulotlarni taqdim qilib ommaviy moslashuvchanlikni qoʻllab quvvatlashi mumkin. Chaqqon kompaniyalar biznes- jarayonlarni integratsiyalash va boshqarish uchun asosan Internet texnologiyalariga bog‘liq. Chaqqon kompaniya boʻlish uchun biznes toʻrtta asosiy strategiyalarni qoʻllashi lozim. Birinchidan, kompaniya biznesi iste’molchilar chaqqon kompaniya mahsulotlari va xizmatlarini oʻzlarining individual muammolarini yechimi sifatida qabul qilishlarini kafolatlashi lozim. Shunday qilib, mahsulotni narxi ishlab chiqarish narxi sifatida emas, balki ular uchun yechim narxi asosida shakllanadi. Ikkinchidan, chaqqon kompaniya mijozlar, yetkazib beruvchilar, boshqa kompaniyalar va hattoki raqobatchilar bilan ham hamkorlik qiladi. Ushbu hamkorlik biznesga mahsulotlarini qayerda va kim egasi ekanligidan qat’iy nazar bozorga tez va iqtisodiy samarali tarzda chiqarishga imkon beradi. Uchinchidan, chaqqon kompaniya oʻz ishini shunday tashkil qiladiki, u oʻzgarishlar va aniqmasliklarda gullab ketadi. U mijozning doimiy oʻzgaruvchan imkoniyatlari va har xil talablariga moslashuvchan tashkiliy tuzilmalardan foydalanadi. Toʻrtinchidan, chaqqon kompaniya u egallagan xalqining ta’siri va bilimlaridan foydalanadi. Tadbirkorlik ruhini tarbiyalash orqali chaqqon kompaniya ishchi mas’uliyatligiga moslashuvchanligi va innovatsiyalarga kuchli imtiyozlar taqdim etadi. 2.13-rasmda biznesda chaqqon boʻlishning yana bitta foydali usuli haqida bayon etadi. 21 Ushbu struktura mijozlar, hamkorlar, hamda axborot texnologiyalari korxonani strategik chaqqonligini qoʻllab quvvatlash va rivojlantirishda oʻynaydigan rollarini qayd etadi. Axborot texnologiyalari kompaniyaga, u chaqqon novator boʻlishiga yordam beruvchi, mijozlari bilan munosabatlarini virtual hamjamiyatlarda rivojlantirish imkoniyatini taqdim etishiga e’tibor bering. Ushbu darslikda axborot texnologiyalari kompaniya biznesi uchun innovatsion imkoniyatlarni ekspluatatsiya qilishda uning chaqqonligini yaxshilashda yetkazib beruvchilari, distribyutorlari, kontraktli ishlab chiquvchilari, hamda boshqa foydalanuvchilar bilan hamkorlikdagi portallari va boshqa yetkazib berish web-zanjiri tizimlari orqali hamkorlik qilishga imkon berishini bir necha marotaba koʻramiz. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling