2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning asosiy momentlari 1-seksiya. Strategik ustunlik asoslari
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
2-bob. Axborot texnologiyalari yordamida raqobatlash Bobning aso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes jarayonlarni reinjiniringi Ustunlik strategiyasining eng muhim realizatsiyalaridan biri biznes jarayonlarni reinjiniringi
Seksiya
2. Strategik ustunlikka erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish Axborot texnologiyalaridan strategik maqsadlarda foydalanish Tashkilotlar axborot texnologiyalarni koʻp jihatlardan foydalanishlari mumkin. Masalan kompaniyalar axborot texnologiyalarini strategik maqsadlarda ishlatishi mumkin yoki axborot texnologiyalarini faqat samarali kundalik operatsiyalarni qoʻllab quvvatlash bilan chegaralanib qolishlari ham mumkin. Agarda kompaniya axborot texnologiyalarni strategik maqsadlarda foydalansa, unda uning rahbariyati axborot texnologiyalarni asosiy raqobat differensiator sifatida qaraydi. Unda ular raqobatlashuvchi bozorda kompaniyaga muhim ustunlikni beradigan mahsulotlar, xizmatlar va imkoniyatlarni ishlab chiqish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi biznes strategiyalarni ishlab chiqadilar. Ushbu mavzuda axborot texnologiyalari sohasida bunday strategik biznes-dasturiy ilovalar koʻplab misollari keltirilgan. 2.8-rasmga qarang. Biznes jarayonlarni reinjiniringi Ustunlik strategiyasining eng muhim realizatsiyalaridan biri biznes jarayonlarni reinjiniringi (BJR) hisoblanadi, koʻpincha sodda qilib reinjiniring 17 deb nomlashadi. Reinjiniring narx, sifat, tezlik, va servislarni keskin yaxshilashga erishish uchun biznes jarayonlarni fundamental qayta oʻylab chiqish va radikal qayta qurishni ifodalaydi. BJR kompaniya bozorda yanada ham kuchli va muvaffaqiyatli raqobatchi boʻlishi uchun innovatsion biznesni ilgari surish bilan birga biznes jarayonlarni keskin yaxshilash strategiyasini qabul qilishni oʻzida mujjassamlaydi. Shunga qaramasdan, 2.9-rasm koʻrsatadiki, garchi reinjiniringni oʻzini oqlashi yuqori boʻlsada, omadsizlik va tashkiliy muhitni buzilish xavfi ham mavjud. Samaradorlikni keskin koʻtarish uchun biznes jarayonlarda radikal oʻzgarishlar yaratish oson masala emas. Masalan, koʻplab kompaniyalar, oʻzlarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, moliya, va kadrlar resurslari biznes jarayonlarini reinjiniring, avtomatlashtirish va integrallashi maqsadida kross-funksional korxona resurslarini rejalashtirish (ERP) dasturiy ta’minotidan foydalanganlar. Garchi koʻplab kompaniyalar bunday ERP reinjiniring loyihalari bilan ajoyib muvaffaqiyatlar toʻg‘risida xabar bersalarda, koʻplab boshqalari dramatik omadsizlikka duch keldilar yoki ular kutgan intilgan yaxshilanishlarga erishmadilar. Koʻplab kompaniyalarning aniqlashicha qayta qurishning tashkiliy yondoshuvlari axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bir qatorda reinjiniring jarayoniga hissa qoʻshadigan muhim omil hisoblanadi. Masalan, bitta umumiy yondoshuv oʻzini oʻzi boshqaruvchi yoki multidissiplinar jarayon komandalari hisoblanadi. Bir nechta boʻlim, jumladan texnika, marketing, mijozlarga xizmat koʻrsatish, hamda ishlab chiqarish boʻlimlari xodimlari yoki mutaxassislari mahsulotni ishlab chiqish jarayonida komanda sifatida ishlashi mumkin. Boshqa misol sifatida har xil mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash emas, balki biznes jarayonida amaldagi barcha vazifalarni bajaruvchi keys-menedjerlardan foydalanishni keltirish mumkin. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling