2-bob. IshLab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish


 Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini mablag‘


Download 274.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.11.2023
Hajmi274.64 Kb.
#1772979
1   2   3
Bog'liq
5-Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil qilish

2.1.2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini mablag‘ 
bilan ta’minlash. Jamoa shartnomasi 
Mehnat muhofazasi haqida”gi Qonunning 11-moddasiga binoan mehnat 
muhofazasi ishlari Davlat tomonidan moliyalanadi; shuningdek, mulkchilik turidan 
qat’i nazar korxonalar va jamoat uyushmalari ham ixtiyoriy tarzda pul o‘tkazishlari 
mumkin. 
Mehnat muhofazasi uchun byudjet assignatsiyalari (Respublika va mahalliy 
miqyoslarda)tegishli byudjetlarda alohida band bilan ko‘rsatiladi va boshqaruv, 
nazorat organlarini ta’minlashga, ilmiy ishlarni moliyalashga, mehnat muhofazasi 
bo‘yicha Davlat dasturlarini bajarishga sarflanadi. 
Har bir korxona mehnat muhofazasi uchun ajratadigan mablag‘ miqdori jamoa 
shartnomasida ko‘rsatiladi. Korxona xodimlari bu maqsad uchun hech qanaqa 
qo‘shimcha chiqimdor bo‘lmaydilar. 
Korxonalar o‘zlarining xo‘jalik, tijoriy, tashqi iqtisodiy va boshqa xil 
faoliyatlaridan oladigan foyda (daromad)lari va boshqa manbalari hisobidan 
mehnat muhofazasi uchun ajratilgan markazlashgan jamg‘arma tashkil qilish 
xuquqiga ega. 
Mehnat muhofazasi uchun ajratilgan mablag‘lar boshqa maqsadlarga 
ishlatilishi mumkin emas. Jamg‘armani hosil qilish va undan foydalanish tartibi 
O‘zR Vazirlar mahkamasi tomonidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari 
federatsiyasi Kengashining ishtirokida belgilanadi. 


Ishlovchilar 
bilan 
ish 
beruvchilar 
orasida 
mehnat 
munosabatlarini 
muvofiqlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni kelishtirish maqsadida O‘zR 
Mehnat kodeksi jamoa shartnomasi va kelishuvlarini tuzishni ko‘zda tutadi. 
Jamoa shartnomasi-me’yoriy xujjat bo‘lib, ish beruvchi bilan ishlovchi 
orasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarini bir-biriga 
kelishtirib turadi. 
Jamoa kelishuvi ham me’yoriy xujjat; unda muayyan kasb, tarmoq hududdagi 
ishlovchilar uchun mehnat sharoitlari, bandlik va ijtimoiy kafolatlarni belgilanadi. 
Ikkala xujjat ishlovchi bilan ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini 
shartnoma asosida muvofiqlashtirishga va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni 
keltirishga yordam beradi. 
Ish beruvchi bilan jamoat shartnomasi tuzish zarurligi haqida qaror qabul qilish 
xuquqi kasaba uyushmasi zimmasida yoki ishlovchilar vakolat bergan boshqa 
organ yoki jamoaning umumiy yig‘ini (konferentsiyasi) zimmasiga topshirilishi 
mumkin. 
Jamoa shartnomasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalarda, 
ularning bo‘linmalarida tuziladi.
Shartnoma mazmuni va shaklini tomonlar kelishib oladilar, unga ish beruvchi 
va ishlovchilarning quyidagi o‘zaro majburiyatlari kiradi: 
-mehnatga haq to‘lash shakli, sxemasi va miqdori, pul mukofotlari, yordam 
pullari , kompensatsiyalar, qo‘shimcha haqlar; 
-mehnatga haq to‘lashni rostlash mexanizmi, shartnomada ko‘rsatilgan 
ko‘rsatkichlarning bajarilishi; 
-bandlik, qayta o‘qitish, ishlovchilarni ishdan bo‘shatish shartlari; 
- ish vaqti, dam olish vaqti, ta’tillarning davomiyligi; 
-ishlovchilarning mehnat sharoitlari va muhofazasini yaxshilash; jumladan, 
ayollar va 18 yoshga to‘lmaganlar uchun, ekologik xavfsizlikni ta’minlash; 
-ishni o‘qish bilan birga olib borayotganlar uchun imtiyozlar berish; 
-ixtiyoriy va majburiy tibbiy va ijtimoiy sug‘urta; 
-jamoa shartnomasi bajarilishini nazorat qilish va boshqa masalalar. 
Shartnomani imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomada ko‘rsatilgan 
muddatlarda, uning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy yig‘ini 
(konferentsiyasi) da hisobot beradi 

Download 274.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling