2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
§. O’zbekiston Respublikasi O’zsanoatqurilishbankining yagona vakillik
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
2§. O’zbekiston Respublikasi O’zsanoatqurilishbankining yagona vakillik
hisobvarag’iga o’tish tajribasi. «O’zsanoatqurilishbanki» Internet texnologiyalari ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlashning tizimiga o’tish borasida o’z ishini tashkil etayotgan respublikadagi dastlabki banklardan biri bo’ldi. 2002 yilning iyulidan boshlab mazkur bank o’z faoliyatini keyinchalik yagona balansga o’tishni mo’ljallab yagona vakillik hisobraqami asosida amalga oshirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 mart «Bank axborot tizimini rivojlantirish to’g’risidagi PF-3080-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni rivojlantirish va texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi 200-sonli Qarori bank axborot tizimini rivojlantirishga yangi omil baxsh etdi. Ushbu hujjatlarga «O’zsanoatqurilishbank» Boshqaruvi alohida ahamiyat berdi. «O’zsanoatqurilishbank»i yagona vakillik hisobraqamini joriy qilishi Boshqaruv belgilab bergan yunalishlaridan birining ro’yobga chiqishi bo’lib hisoblanadi. «O’zsanoatqurilishbank»ning yagona vakillik hisobraqamiga o’tishi bilan bank boshqarishning eng zamonaviy sifat darajasi bilan ta’minlandi. Bank aktivlarini samarali boshqarish uchun metodologik va texnologik negiz modernizatsiya qilindi hamda mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlar turi ko’paydi. Yagona vakillik hisobraqamini yo’lga qo’yishdan ilgari «O’zsanoatqurilishbank»ning butun tizimida resurslar va xatarlarni qulay boshqarish imkoniyati yo’q edi. Shuni ta’kidlash lozimki, filiallar bo’yicha bank xizmati turlari shartlarini tanlab olishda aslida bank resurslarini tezkorlik bilan qayta taqsimlash darajasiga ko’ra oldindan belgilab qo’yilgan, filiallarning daromadliligi va likvidligini boshqarish, turli-tuman xatarlarni imkon boricha kamaytirishga e’tibor berilgan. Bunday tizimda ishlashda Bosh bank oddiy vazifalarni bajarish bilan birga, o’ziga xos yumushlarni ham ado etishiga to’g’ri keladi. Masalan, kredit portfeli shakllantirayotganda filiallarning mijozlari to’g’risidagi ma’lumotlarni (filiallar esa ko’pincha turli mintaqalarda joylashgandir) filiallarda berilgan kreditlar haqida, mazkur kreditlarning xolati to’g’risida ma’lumotlarni jamlash zarurati paydo bo’ladi. Buning ustiga olinayotgan jami axborot yangi bo’lishi lozim. Shu boisdan ham bankning barcha filiallarida yagona hisob siyosatini yuritish zarurdir. Hisobraqamlar rejasini tashkil etish, hisobraqamlar ochish qoidalarini ishlab chiqish va bank operatsiyalari amalga oshirilayotganda provodkalarni bajarishni, shuningdek, jamlangan ichki va fiskal hisobotni tayyorlashni shular jumlasiga kiritish lozim. Bank xizmatlarining tarkibi va shartlarini boshqarish ham muhim omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham qanday xizmatlarni, qanday hajmda va qaysi shaklda ko’rsatilishi lozimligini aniqlab olish talab etiladi. Mijozlarning u yoki bu guruhlariga kreditlarning qaysi turlarini berish va beriladigan bo’lsa, foiz stavkasini qanday bo’lishini belgilab olish ham zarur bo’ladi. Filiallar uchun valyuta tarkibi, valyutalar bilan bo’ladigan operatsiyalar hamda shu valyutalar operatsiyalari ijro etiladigan savdo kurslari «yo’llarini» tayin etib olishda tabaqalishtirilgan yondashuv 88 darkor. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalar yagona vakillik hisobraqami orqali amalga oshiriladi. Agar «O’zsanoatqurilishbank» solnomasini varaqlaydigan bo’lsak, shuni ta’kidlash lozimki, bank mutaxassislari vakillik hisobraqami texnologiyasiga juda o’xshab ketadigan tizimda ishlab, etarlicha tajriba orttirishgan. Lekin ilgari axborot texnologiyalari o’z taraqqiyotining boshlang’ich bosqichini boshidan kechirayotgan edi. Telekommunikatsiyalar axborotni zarur darajada zudlik bilan kuzatishga imkon bermas edi. Lekin shunga qaramasdan bank mutaxassislari ishda katta tajriba to’plaganlar, bu tajriba esa texnikaviy loyihalar tuzish va yangi texnologiyalar mexanizmini qayta ishlashda yordam beradi. O’zsanoatqurilishbank uchun integrallashgan avtomatlashtiril-gan bank tizimi "Fido-Biznes" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Shu kompaniya mutaxassislari O’zsanoatqurilishbankda mazkur tizimni bosqichma-bosqich joriy etishda faol katnashmoqda. Bank faoliyati samaradorligini ko’tarish, katta foyda olish, kapitallashtirishda eng kam samara beradigan sohalarga qo’yilgan bank aktivlarining kamayib borishiga juda bog’liq. Hozirgacha ham bo’lib turgan amaliyot, ya’ni Markaziy bankning vakillik hisobraqamlarida tijorat banki har bir filialining mablag’larini rezerv qilib ushlab turish aktivlarining oborotdan chiqishiga olib keladi. Shu munosabat bilan Bosh yagona vakillik hisobraqami hamda yagona balans asosida ishlashini ta’minlash tijorat banki faoliyatining daromadliligini ko’taradi. Yagona vakillik hisobraqamini joriy etishdan ko’riladigan samara ko’p qirralidir. Agar uning afzalligi haqida gapiradigan bo’lsak, bu bank resurslarini engillik bilan qayta taqsimlash imkoniyati hamda shu resurslarni to’plash orqali bank ishining samarasi oshayotganidan dalolatdir. Dastlabki bosqich ham yakunlanib qoldi, bu ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta ishlash va saqlashga, ya’ni yagona balans bilan ishlashga o’tish demakdir. Ana shu loyixalarning amalga oshirilishi bilan bank faoliyatini boshqarishning sifat jihatidan yangi darajasiga ko’tariladi. Bugungi kunda yagona vakillik tizimiga o’tish bank tizimini isloh qilishda juda muhim natija bo’ldi. Xususan, tijorat banklarining Markaziy bankdan mustaqilligini va o’z xarajatlarini kamaytirishni ta’minlashda ushbu tizimning ahamiyati katta. Bundan tashqari, banklarning aktivlarini o’z oborotidan tashqarida qolishi, ya’ni Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idagi qolishi majbur bo’lgan qoldiq summasidan bank o’z oborotida foydalanishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling