2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 6 Bob. Yangi bank texnologiyalari 1§. Bank texnologiyalari va ularning turlari
Tayanch iboralar
Byudjet Kassa ijrosi Byudjet xisobvaraqlari Respublika byudjeti Maxalliy byudjet Soliqlar Tushumlar Byudjetdan tashqari jamgarmalar Byudjet mablaglarining taqsimlanishi Byudjet daromadlari Byudjet xarajatlari Nazorat savollari 1. Davlat byudjetining daromalariga nimalar kiradi? 2. Davlat byudjetining xarajatlarining strukturasi qanday? 3. Davlat byudjetining kassa ijrosi bqyicha operatsiyalariga nimalar kiradi? 4. Davlat byudjetining kassa ijrosi kim tomonidan tashkil etiladi? 5. Davlat byudjetining kassa ijrosi bqyicha operatsiyalar qaysi xisobraqamlarida xisobga olinadi? 6. Byudjet daromadlari bqyicha operatsiyalarning xisobi va rasmiylashtirish tartibini tushuntiring? 7. Byudjet xarajatlari bqyicha operatsiyalarning xisobi va rasmiylashtirish tartibi qanday? 8. Yil boshida byudjet xisobvaraqlarini yopish tartibi qanday? 104 6 Bob. Yangi bank texnologiyalari 1§. Bank texnologiyalari va ularning turlari Tijorat banklari faoliyatlarning asosiy tamoyillari jalb etilgan resurslar doirasida ish olib borish, iqtisodiy mustaqillik, pul bozorlaridagi holatga yo’naltirilayotgan mustaqil kredit, depozit va foiz siyosatini yuritish, shuningdek, banklar va ularning mijozlari o’rtasidagi munosabatlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirishdan iborat. Bank texnologiyalari deganda banklar o’z faoliyatini yuritishda kompyuter texnologiyalari, tizimlari, ularga yordamchi elektron vositalar va dasturlar tizimi tushuniladi. Masalan, bank texnologiyalariga bugungi kunda jahon bank tizimida qo’llanilayotgan, shu jumladan, O’zbekistonda ham joriy qilingan elektron to’lovlar tizimi, «Bank-mijoz» dasturi, xalqaro pul to’lovlari tizimi, SWIFT va Western Union, Internet Banking, plastik kartochkalar, bankomatlar va boshqa bir qancha bank faoliyatini yuritish uchun qo’llaniladigan texnologiyalari ham shular jumlasidandir. Elektron to’lovlar tizimi – bu banklararo naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng zamonaviy ko’rinishidir. Bu tizim orqali banklararo naqd pulsiz to’lovlar tez va aniq amalga oshiriladi. Bundan elektron pullar mamlakatning istalgan burchagiga sanoqli daqiqalar ichida o’tkaziladi. To’lovlarni amalga oshirishda ushbu tizim a’zolari orasida maxsus elektron uskunalar orqali tarmoqqa ulangan bankning hisob raqamiga pul mablag’lari kelib tushadi. Natijada vaqt ham tejaladi, xarajatlar ham kamaytiriladi. SVIFT – bu xalqaro kompyuter aloqasidir. SVIFT so’zi – «Xalqaro banklararo telekommunikatsiyalar jamiyati» (Society for Worldwide Interbank Financial Telekommunication) ma’nosini anglatadi va a’zo banklar o’rtasida ma’lumot yuboruvchi vosita xizmatini bajaradi. SVIFT 1977 yil tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda 30dan ortiq mamlakatlardagi banklarni bir-biri bilan bog’lab turadi. Shu bilan birga faqat Evropada emas, balki Shimoliy va Janubiy Amerika, Yaponiya, Gongongda ham keng qo’llaniladi. Angliyaning barcha yirik banklari SVIFT tarmog’iga ulangan. SVIFT ma’lumotlari ma’lumot yuboruvchi bankning kompyuterlari terminalida teriladi. Tekshirishlardan va ruxsat berilgandan so’ng ma’lumotlar tizimining kompyuter markazlaridan biri (markazlar – Belgiya, Gollandiya va AQShda joylashgan) orqali qabul qiluvchi bankka yuborilgandan bir necha daqiqa ichida etib boradi. Tizimning afzallik tomonlari uning tezligi va himoyalanganligidadir. Ma’lumotlar faqat yuboruvchining hujjati bilan yuboriladi. Qabul qilib oluvchi kelgan ma’lumotlarning haqiqiyligi to’g’risida ishonch hosil qilish mumkin. Yangi bank texnologiyalarining kashf qilinishi bilan birga yangi bank mahsulotlari va xizmatlari soni ham ko’payib bormoqda. Ularning eng asosiysi, elektron hisob-kitoblar mexanizmini harakatda bo’lishini ta’minlovchi vosita - plastik kartochkalardir. Plastik kartochkalar bo’yicha operatsiyalar o’z ichiga 105 quyidagilarni oladi: - banklar yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar; - aholining savdo tashkilotlari bilan hisob-kitoblar elektron tizimi; - mijozlarga uyda va ish joyida bank xizmatlari ko’rsatish. Plastik kartochkalar hisob-kitoblar uchun chiqarilgan bo’lib, ular bir qancha turlarga bo’linadi. Plastik kartochkalar o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ularda ma’lum bir axborotlar to’plami saqlanadi va turli qo’shimcha dasturlar bilan birgalikda qo’llaniladi. Kartochkalar yordamida binoga kirib chiqishga ruxsatnoma sifatida, kompyuterga ishlashga ruxsat, haydovchilik guvohnomasi, telefon so’zlashuvlari uchun to’lashda va boshqa maqsadlarda qo’llash mumkin. Pul muomalasi sohasida plastik kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilishda progressiv vositalardan biri bo’ladi. Bank texnologilariga bank-mijoz dasturiy majmuasini kiritish mumkin. Bu dastur bank va mijozning avtomatlashtirilgan aloqasi uchun belgilangan bo’lib, mijoz bilan bank o’rtasida kommunikatsion aloqa tarmog’i orqali faylda ma’lumotlar almashinuviga asoslangan. Bank-mijoz dasturi ko’rsatiladigan bank xizmatlarining barcha asosiy turlarini o’z ichiga oladi. Bunda hujjatlar aylanishi qog’oz ishlatilmasdan kompyuter orqali elektron axborot almashish va qayta ishlash ko’rinishida amalga oshriladi. Yangi bank texnologiyalarining har biri haqida keyingi paragraflarda fikr yuritamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling