2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
Тўлов обороти
Нақд пуллик оборот Нақд пулсиз оборот 14 to’lov oborotiga nisbatan chegaralangan. Naqd pul oboroti davlat va aholi, turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlar bilan aholi hamda aholi gruppalari o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Masalan, korxona va tashkilotlar o’z ishchi va xizmatchilariga ish haqi, mukofot, komandirovka xarajatlarini to’laydi, nafaqaxo’rlar pensiya, talabalar stipendiya oladilar. Bu naqd pullar savdo do’konlarida, bozorlarda ishlatiladi, shu bilan birga turli moliyaviy majburiyatlar va xizmatlar yuzasidan to’lovlar o’tkaziladi. Chet davlatlarda naqd pullarning ishlatilishi bilan band bo’lganlarning 10 foizdan kamrog’i o’z ish haqlarini naqd pulda oladilar. Angliyada ham naqd pulda ish haqi oladiganlar barcha ishlovchilarning 10 foizi atrofini tashkil etadi. Germaniya va Kanadada 5 foizi, AQShda esa taxminan 1-2 foizni tashkil etadi. Chunki bu davlatlarda ish haqi plastik, kredit kartochkalari yoki cheklarga o’tkazib beriladi. Naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lov oboroti quyidagi hollarda yuzaga keladi: a) aholi tomonidan davlat, xususiy, qo’shma, kooperativ chakani va mayda ulgurji savdo tashkilotlaridan mahsulot harid qilinishi; b) aholi tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining dehqon bozorlarida sotib olinishi; v) aholi tomonidan oziq-ovqat va buyum bozorlarida tijoratchilardan, xunarmandlardan va boshqa tadbirkorlardan tovarlarni sotib olinishi; g) turli transport turlaridan va boshqa maishiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari xizmatidan foydalanish; d) ishchi-xizmatchilar ish haqining to’lanishi; e) stipendiya va turli nafaqalarning to’lanishi; j) aktsiyalar bo’yicha dividentlar to’langanda; z) lotereyalar bo’yicha yutuqlar to’langanda; i) sug’urta to’lovlari to’langanda; y) aholi tomonidan kommunal va boshqa to’lovlar to’langanda; k) gazeta va jurnallarga obuna bo’lish yoki joriy davrda sotish olinganda; l) aholi tomonidan er, mulk va boshqa soliqlar naqd pul yordamida to’langanda. Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, aholi tomonidan naqd pul yordamida turli xil to’lovlar to’laganda naqd pulli to’lov oboroti yuzaga keladi. Lekin naqd pul doimo naqdsiz pulga, naqdsiz pul esa naqd pulga aylanib turadi. Pulning bunday harakatini quyidagi sxemada ko’rishimiz mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling