2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi
Quyidagilar qayta baholanmaydi
Download 333.42 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Moliyaviy hisob va hisobot
Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valutasiga xarid qilingan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o ‘matiladigan usku- nalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari; b) ustav kapitali miqdori va x o ‘ja lik yurituvchi subyekt ning, shuningdek, chet el investitsiyalariga ega b o ‘lgan kor- xonalarning ta ’sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbat- lari. Balansning valuta moddalarini har oy qayta baholash nati- jasida vujudga keladigan kurs farqlari to ‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks etti riladi: a) ijobiy kurs farqi - 9540-«Valutalar kurslari farqidan daro madlar» schyotining kredeti bo‘yicha; b) salbiy kurs farqi - 9620-«Valutalar kurslari farqidan zarar- lar» schyotining debeti bo‘yicha. Balansning valuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari jam g ‘arish usuli qo‘llanilganda, ular vujudga kelgan vaqtda, moliyaviy-xo^jalik faoliyati nati jalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyot larda aks ettiriladi: a) ijobiy kurs farqi - 6230-«Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyotining krediti bo‘yicha - ularning joriy qismi va (yoki) 7230- «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyotining krediti bo‘yicha - ularning uzoq muddatli qismi; b) salbiy kurs farqi - 3290-«Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» schyotining debeti bo‘yicha - ularning joriy qismi va (yoki) 0990- «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» schyotining debeti bo‘yicha - ularning uzoq muddatli qismi. Hosil bo‘lgan kurs farqi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xohish-istagiga ko‘ra bevosita kiritish yo‘li bilan, yoki jam g‘arish yo‘li bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi. Jam g‘arish usulini qo ‘llash natijasida jam g‘arilgan kurs far qlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi: a) chet el valutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yi- cha - ularning to‘lanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo‘yicha; b) boshqa hollarda - balansning tegishli valuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha. Download 333.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling