2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi


Chet el valutasidagi operatsiyalar bo‘lib, xo‘jalik yuritu­


Download 333.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana16.06.2023
Hajmi333.42 Kb.
#1495827
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
2 Moliyaviy hisob va hisobot

Chet el valutasidagi operatsiyalar bo‘lib, xo‘jalik yuritu­
vchi subyekt:
a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-mod- 
diy zaxiralar va boshqa aktivlami) chet el valutasida xarid qiladi- 
gan yoki sotadigan;
b) to ‘lanadigan yoki olinadigan summalari chet el valutasida 
belgilanadigan kredit yoki qarz oladigan yoxud taqdim etadigan;
d) zimmasiga chet el valutasida majburiyat oladigan yoki uni 
so‘ndiradigan hollarda chet el valutasida sodir etiladigan bitimlar 
hisoblanadi.
Chet el valutasidagi operatsiyalar, shu jumladan, quyidagilar 
bo‘yicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshiril- 
gan sanadagi 0 ‘zbekiston Respublikasi M arkaziy banki kursi 
bo‘yicha so‘m ekvivalentida aks ettiriladi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, 
akkreditivlardagi valuta mablag‘lari, valutadagi ssuda qarzlari;
b) chet el valutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kredit- 
lar va qarzlar;
d) tuzilgan shartnomalar bo‘yicha chetdan keltirilgan tovar- 
moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni bojxona yuk deklaratsiya- 
sini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;
e) chet el valutasida bojxona to‘lovlarini amalga oshirish;
f) chet el valutasida ifodalangan pul hujjatlari;
g) chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar balansning valuta moddalar- 
ini har oyi hisobot oyining oxirgi sanasi va xo‘jalik operatsi- 
yalarni amalga oshirish sanasida Markaziy bank kursi bo‘yicha 
qayta baholashni amalga oshiradi. Baholash va kurs farqlarini 
aniqlash maqsadida balansning valuta moddalariga quyidagilar 
kiradi:
a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valuta 
mablag4 lari, shu jumladan, akkreditivlar;
b) chet el valutasidagi pul hujjatlari;
d) 
chet el valutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq mud- 
datli investitsiyalar;


e) 
chet el valutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarz- 
lar, kreditlar hamda pul qarzlar.

Download 333.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling