2-bob. Pul mablag ‘law va valuta operatsiyalari hisobi


Quyidagilar qayta baholanmaydi


Download 333.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana16.06.2023
Hajmi333.42 Kb.
#1495827
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
2 Moliyaviy hisob va hisobot

Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valutasiga xarid 
qilingan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o ‘matiladigan usku- 
nalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) ustav kapitali miqdori va x o ‘ja lik yurituvchi subyekt­
ning, shuningdek, chet el investitsiyalariga ega b o ‘lgan kor- 
xonalarning ta ’sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbat- 
lari.
Balansning valuta moddalarini har oy qayta baholash nati- 
jasida vujudga keladigan kurs farqlari to ‘g‘ri olib borish usuli 
qo‘llanilganda, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan 
chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks etti­
riladi:
a) ijobiy kurs farqi - 9540-«Valutalar kurslari farqidan daro­
madlar» schyotining kredeti bo‘yicha;
b) salbiy kurs farqi - 9620-«Valutalar kurslari farqidan zarar- 
lar» schyotining debeti bo‘yicha.
Balansning valuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida 
vujudga keladigan kurs farqlari jam g ‘arish usuli qo‘llanilganda, 
ular vujudga kelgan vaqtda, moliyaviy-xo^jalik faoliyati nati­
jalariga olib borilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi schyot­
larda aks ettiriladi:
a) ijobiy kurs farqi - 6230-«Boshqa kechiktirilgan daromadlar» 
schyotining krediti bo‘yicha - ularning joriy qismi va (yoki) 7230- 
«Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyotining 
krediti bo‘yicha - ularning uzoq muddatli qismi;
b) salbiy kurs farqi - 3290-«Boshqa kechiktirilgan xarajatlar» 
schyotining debeti bo‘yicha - ularning joriy qismi va (yoki) 0990- 
«Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» schyotining 
debeti bo‘yicha - ularning uzoq muddatli qismi.
Hosil bo‘lgan kurs farqi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
xohish-istagiga ko‘ra bevosita kiritish yo‘li bilan, yoki jam g‘arish 
yo‘li bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi.


Jam g‘arish usulini qo ‘llash natijasida jam g‘arilgan kurs far­
qlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib 
boriladi:
a) chet el valutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yi- 
cha - ularning to‘lanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) bo‘yicha;
b) boshqa hollarda - balansning tegishli valuta moddalari bilan 
xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilishi bo‘yicha.

Download 333.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling