2 bob. Sanoat korxonalarini rivojlantirishning xududiy siyosatini takomillashtirish orqali uning hudud iqtisodiy o‘sish sur'atiga ta'siri tahlili
Download 453.08 Kb.
|
2. BOB (2.1,2.2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari YaHM hajmi (mlrd. So‘m) va o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilga nisbatan foizda), 2012-2021.
2 BOB. SANOAT KORXONALARINI RIVOJLANTIRIShNING XUDUDIY SIYoSATINI TAKOMILLAShTIRISh ORQALI UNING HUDUD IQTISODIY O‘SISh SUR'ATIGA TA'SIRI TAHLILI 2.1.O'zbekiston janubiy mintaqasi sanoat tarmoqining rivojlanishing asosiy yo'nalishlari va o'ziga xos xususiyatlari O'zbekiston janubiy mintaqasi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlardan iborat bo'lib, umumiy maydoni 48,7 ming kv. km. tashkil etadi, mamlakatimizning 10,7 foiz yalpi ichki mahsuloti ushbu hududda yaratiladi. So'ngi yillar davomida mintaqa YaHM barqaror o'sib uning tarkibida sezilarli o'zgarishlar ruy berdi. Hususan, mintaыa nominal YaHM i 2012-2021 yillar davomida 4,3 barobar, (Surxondaryo- 4,7, Qashqadaryo-4 barobar) o'sdi (2.1.1-jadval). Mazkur jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki Surxondaryo viloyatida YaHM o'sish sur'atlari Qashqadryo viloyatiga nisbatan yuqori bo'lishi, natijasida ushbu davrda mavjud tafovut sezilarli darajada qisaqargan. Shu bilan birga Qashqadaryo viloyatining yalpi hududiy mahsuloti hajmi sezilarli darajada yuqoriligi 2021 yilda ham saqlanib qolgan hamda mintaqa yalpi hududiy mahsulotining 59, 3 foizi aynan ushbu viloyatda ishlab chiqariladi (2012 yilda- 62,8%). 2.1.1-jadval Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari YaHM hajmi (mlrd. So‘m) va o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilga nisbatan foizda), 2012-2021. Manba: O'zbekiston Respublikasi statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi. Bundan tashqari mazkur mintaqaning mamlakat yalpi ichki mahsuloti shakllanishidagi hissasi ham kamayganligi kuzatildi. Hususan, 2000 yilda mamlakatimizda yaratilgan yalpi hududiy mahsulotning 7,2 foizi Qashaqadaryoga va 5,1 foizi Surxondaryo viloyatlariga to'g'ri kelgan bo'lsa 2021 yilga kelib ularning hissasi muvofiq ravishda 6,0 foiz va 4,1 foizni tashkil etdi (2.1.1-rasm). Ya'ni, mintaqaning ulushi 12,3 foizdan 10,1 foizgacha tushdi. Bu esa, mintaqa viloyatlaridagi iqtisodiy o'sish sur'atlari mamlakatimizning boshqa hududlariga nisabatan past bo'lganligining natijasidir. Shu bilan birga qayd etish lozimki, YaHM shakllanishida hissasining pasayishi mamlakatimizning aksariyat viloyatlarida kuzatildi, aksincha, Toshkent shahri (12,2-16,6%%), Navoi viloyati (4,5 foizdan-8,1 foizgacha) ulushlari sezilarli darajada o'sdi. Mazkur tahlillar ko'rsatib turibdiki, mamlakatimiz YaHM shakllanishida viloyatlararo mazkur davrda kuchayib borgan, atigi ikki hududda yalpi hududiy mahsulotning 24,7 foizi shakllanmoqda. 2.1.1.- rasm Mamlakat YaHM shakllanishida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining o'rni (2000 va 2021 yillar) Ushbu tafovut kuchayishida sanoat tarmog'ining hududlararo rivojlanishidagi farqlarning hissasi bor. Mintaqa YaHM shakllanishida ham sezilarli tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirildi, shu bilan birga, hudud YaHMi shakllanishida qishloq xo'jaligi yetakchiligi saqlani bulmoqda. Hususan, 2021 yilda mazkur tarmoqka YaHMning Qashqadaryoda 41,1 foizi, Surxondaryo viloyatida 47,9 foizi to'g'ri keldi (2.1.2- rasm). O'z navbatida sanoatning ulushi muvofiq ravishda 18,0 % va 7,4% ni tashkil etdi. So'nggi yillarda (2017-2021) ma'lumotlar ko'rsatishicha Qashqadaryoda sanoatning YaHMdagi ulushi sezilarli kamaygan (24,5 foizdlan 18 foizga), Surxondaryo viloyatida aksincha o'sgan (6,4 foizdan 7,4 gacha). Ushbu ma'lumotlar mazkur mintaqa agrar sohaning muhim o'rin tutishi ko'rsatadi. Har qanday jamiyatda o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o’sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o’sish - deganda iqtisodiy ravnaqni, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishini, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko’payib borishini tushunamiz. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy o’sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o’sish. Mikroiqtisodiy o’sish firma, korxona va tarmoq miqyosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o’sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Makro-iqtisodiy o’sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko’payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o’sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi. Yalpi hududiy mahsulot (YaHM) mintaqada ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarning umumiy o'lchovidir. U faqat mahsulotning yakuniy qiymatini o'lchaydi, lekin unga kiradigan qismlari emas. YaHMning ikkita ko'rsatkichi mavjud: Nominal YaHM - bu o'sishni ko'rsatadigan o'lchovdir, lekin narxlarning o'zgarishi (inflyatsiya yoki deflyatsiya) ham ta'sir qiladi. Haqiqiy YaHM -faqat o'sishni ko'rsatadi va narxlar bir vaqtning o'zida bir nuqtaga asoslanadi. YaHM mintaqa tomonidan ishlab chiqarilgan boylikning sof o'lchovidir. YaHMni daromadlar yondashuvi yordamida o'lchash mumkin, bunda jismoniy shaxslar (ish haqi va ish haqi), firmalar (yalpi operatsion profitsit) va hukumatlar (mahsulot yoki xizmatlarga soliq) olgan barcha daromadlar qo'shiladi. Shu bilan bir qatorda, yakuniy xarajatlarning barcha shakllari, shu jumladan uy xo'jaliklari tomonidan iste'mol, hukumatlar tomonidan iste'mol, aktivlarga qo'shimchalar yoki ko'payishlar (minus tasarruflari) va eksport (importni olib tashlash) qo'shilgan holda xarajatlar yondashuvi qo'llanilishi mumkin. Xarajatlar yondashuvi oraliq xarajatlarni o'z ichiga olmaydi, chunki bu ikki marta hisoblashga olib keladi. masalan. bir nondagi bug'doy va un. Ushbu metodologik yondashuvlar milliy miqyosda yalpi ichki mahsulotni (YaIM) hisoblashda qo'llaniladigan usullar bilan bir xil. 1 Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotining hududiy rivojlantirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022-yildagi “2022-2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 201-son qaroriga asosan besh yillik dasturi ishlab chiqildi unga ko’ra Qashqadaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,5 baravar, sanoat mahsulotlari hajmi 1,5 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2 baravar, xizmatlar hajmi 2,9 baravar hamda qurilish ishlari hajmi 1,2 baravarga oshiriladi. Hukumat hujjati bilan aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan «Yo‘l xaritasi», Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, «o‘sish nuqtalari» va «drayver sohalari» tasdiqlandi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari belgilandi. Bundan tashqari, 2022 yilda Qashqadaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar qayd etilgan. Qaror bilan Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati tuzildi.2 Ma'lumki, hududlarning iqtisodiy o‘sishni taqqoslama tahlili aniq ko‘rsatkichlar orqali amalga oshiriladi. Birinchi umumiy ko‘rsatkich, hududlarda yaratilgan YaHM xajmi, ularning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi. Bu ko‘rsatkichlar hududlarning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘rnini, ahamiyatini va unga qo‘shayotgan hissasini tahlil etishga yordam beradi. Tahlil natijalari hududlarning o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlardan, resurslar potensialidan qanchalik darajada foydalanilayotganliklarini baholashga imkon yaratdi, past hissa qo‘shadigan hududlarningiqtisodiy imkoniyatlarini va o‘sish sur'atini oshirish manbalarini aniqlashga yordam beradi. YaHMni tarkibiy o‘zgarishini hududlararo taqqoslama ravishda o‘rganish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan hududiy yalpi mahsulotni va uni mamlakat ko‘rsatkichiga nisbatan taqqoslama o‘rganish hududlarda iqtisodiy o‘sishning ustivor vazifalarini anqlashga qaratilgan ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Mamlakatimizning janubiy hududlari Qashqaryo va Surxondary viloyatlarining iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlarini birma bir tahlil qilamiz. Quyidagi 1 jadvalda Qashqadaryo viloyati makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini 2012 yildan 2022 yil mart oyigacha bo’lgan muddatdagi o’zgarishlarini ko’rib chiqishimiz mumkin. Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 2012 yilda 10872,1 mlrd so’m bo’lib, 104% ga, 2021 yilda 43833,3 mlrd so’mni ya’ni 107% ga o’sganligini bildiradi. Sanoat mahsulotti 2012 yilda 6076,4 mlrd so’m bo’lib 10 yil ichida bu ko’rsatkich 3 barobarga oshgan ya’ni 2021 yilda 18771,9 mlrd so’m bo’lib bu 115,4 %ga o’sganligini anglatadi. Sezilarli darajada o’zgarishga ega bo’lgan tarmoq bu qishloq , o’rmin va baliq xo’jaligi bo’lib bu dastlab 2012 yilda 5620,2 mlrd so’m bo’la 2021 yilga kelib 29 352,8 mlrd so’mni tashkil qilgan. Qurilish ishlari sohasida ham yillar davomida katta o’zgarishlarga erishildi 2021 yilda 997,9 mlrd bo’lsa 2021 yilga kelib 6336,6 mlrdni tashkil qilgan. Xizmatlar bo’icha esa 2012 yilda 2003,6 mlrd bo’lib 2021 yilda 12823,8 mlrd o’sganligini ko’rsatadi.
Download 453.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling