2 bob. Sanoat korxonalarini rivojlantirishning xududiy siyosatini takomillashtirish orqali uning hudud iqtisodiy o‘sish sur'atiga ta'siri tahlili


Surxondaryo viloyati sanoatining hududiy rivojlanish xususiyatlari


Download 453.08 Kb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi453.08 Kb.
#1501450
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2. BOB (2.1,2.2)

Surxondaryo viloyati sanoatining hududiy rivojlanish xususiyatlari.
Mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlari ma’lum shart-sharoitlar va omillarni hisobga olgan holda hududiy tashkil etiladi. Xom ashyo, yoqilg’i, elektr quvvati, iqlim va suv sharoitlari, mehnat resurslari, iste’mol, transport, IGO’, ekologik va boshqa omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim rol o’ynaydi.
Surxondaryo viloyati ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishda xom ashyo, iqlim va suv sharoiti, mehnat resurslari, transport omillarining o’rni katta. Mavjud omillardan samarali foydalanish natijasida mintaqa iqtisodiy rivojlanishiga erishish mumkin. Viloyat xo’jaligining tarkibiy tuzilishini tahlili mintaqada rivojlanish darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi tumanlar borligini ko’rsatdi. Jumladan, uning azaldan tarkib topgan tekislik qismida joylashgan, yirik ekin maydonlariga ega bo’lgan tumanlarida dehqonchilik va sanoatning asosiy korxonalari joylashgan bo’lsa, tog’li qismida chorvachilik, tog’-kon sanoati tarmoqlarigina rivojlangan.
Viloyat sanoat tarmoqlarining hududiy tarkibida ham o’ziga xos xususiyatilar mavjud. SHu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, o’rganilayotgan hududda sanoat rayonlari hozircha shakllanmagan. Viloyatda sanoat rayonlari tarkibiga kiruvchi tipik sanoat tugunlari va markazlari ham mavjud emas. Binobarin, hozircha bu yerda sanoatni rayonlashtirishning birlamchi pog’onalari yoki taksonomik birliklari, ya’ni sanoat korxonalari va sanoat punktlar mavjud, xolos. Biroq shunga qaramasdan, tizim-tarkib nuqtai nazaridan viloyat sanoatining hududiy tuzilishini shartli ravishda 2 sanoat rayoniga ajratib ko’rishimiz mumkin. Ular:

  1. Surxon yoki Termiz-Sariosiyo sanoat rayoni;

  2. SHerobod sanoat rayoni.

Surxon yoki Termiz - Sariosiyo sanoat rayoni tarkibiga Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy, SHo’rchi, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Termiz tumanlari va Termiz shahri kiradi. Ushbu ma’muriy tumanlar maydoni viloyatning janubidan shimolga tomon meridianal holatda cho’zilgan bo’lib, deyarli bir xil daryo turi va transport yo’llari tizimi bilan yaxshi ta’minlangan. Mazkur tumanlar hududini Termiz-Denov-Dushanbe temir yo’li va Katta o’zbek trakti avtomobilь yo’li kesib o’tgan. SHuningdek, ushbu tumanlar hududidan viloyatning yirik daryosi Surxondaryo daryosi (196 km) oqib o’tadi va bu yerda viloyatdagi eng yirik suv omborlari Janubiy Surxon, To’polang, Degrez, Uchqizil va Oqtepa suv omborlari qurib ishga tushirilgan.
Rayon hissasiga viloyat umumiy aholisining 71,5 % to’g’ri keladi. Bu yerda sanoat, shu jumladan, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish yaxshiroq rivojlangan. Rayon viloyat jami sanoat mahsulotining 69,5%ini, xalq iste’mol mollarining 90%ni ishlab chiqaradi.
Biroq Surxon rayonining sanoati nisbatan rivojlangan bo’lsada, bu borada tumanlararo miqyosda katta farqlar mavjud. CHunonchi, viloyat va rayon sanoat ishlab chiqarish hajmida Denov tumani yuqori mavqega ega. Tumanda viloyat jami yalpi sanoat mahsulotining 14,3 %, iste’mol mahsulotining 30%, rayon yalpi sanoat mahsulotining 25% va xalq iste’mol mollarining 54 %ni ishlab chiqarmoqda(2012 y.). Bu yerda mintaqaning yirik sanoat korxonasi Denov yog’ ekstraktsiya zavodi, sut, konserva, aroq-vino ishlab chiqaruvchi korxonalari, shuningdek, momiq-paxta fabrikasi, paxta tozalash korxonalari (Denov, Xayrabod) joylashgan. Birgina Denov yog’-ekstraktsiya korxonasi viloyatda ishlab chiqiladigan o’simlik moyining 100%ni ishlab chiqarmoqda. Unga Denov tumanidagi jami yalpi sanoat mahsulotining 30% ortig’rog’i, viloyat sanoat mahsulotining 12% to’g’ri keladi.
Sanoat mahsuloti hajmiga ko’ra, ikkinchi o’rinda SHo’rchi tumani turadi. Tumanda viloyatning yirik don mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi, paxta tozalash va mebel fabrikasi joylashgan. Sanoat salohiyati bo’yicha keyingi o’rinni Jarqo’rg’on tumani egallaydi. Tumanda viloyatda yagona bo’lgan to’qimachilik korxonasi, Jarqo’rg’on va Surxon paxta tozalash zavodlari, mustaqllik yillarida qurib ishga tushirilgan un ishlab chiqarish korxonasi ishlab turibdi. Viloyat ma’muriy markazi – Termiz shahrida go’sht, sut korxonasi, paxta tozalash zavoi, g’isht zavodi ishlab turibdi.
Rayonning qolgan Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun tamanlarida sanoat ishlab chiqarish asosini paxta tozalash korxonalari tashkil etadi. Sariosiyo tumanida konserva mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi, Qumqo’rg’on tumanida esa xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda qurilgan sara urug’ ishlab chiqaruvchi “Oltin chigit” qo’shma korxonasi bor. Sariosiyo tumanida esa ko’mir (SHarg’un), Jarqo’rg’on tumanida esa neftь qazib chiqarish (Xovdak, Kakaydi) mavjud. Ayni vaqtda Termiz va Oltinsoy tumanlari tipik qishloq xo’jalik rayoni hisoblanadi. Viloyatning Oltinsoy tumani esa yagona uzumchilikka ixtisoslashgan tumandir. Bu yerda uzumchilik negizida vino ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat olib boradi.
SHunday qilib, Surxon rayonida Denov sanoat tuguni (u shakllanish darajasida) hamda Termiz, Denov, Jarqo’rg’on sanoat markazlarini, SHo’rchi, Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun sanoat punktlarini ajratish mumkin. SHuningdek, bu yerda SHarg’un, Xovdak, Kakaydi kabi “resurs” markazlar yoki shaharchalar mavjud.
Sherobod sanoat rayoniga Angor, Muzrabot, SHerobot, Qiziriq, Bandixon, Boysun tumanlari kiradi. Mazkur tumanlar guruhi viloyat aholisining 28,5%ini va yalpi sanoat mahsulotining 30,5%ini mujassamlashtiradi.
Mintaqaning sanoat salohiyati Surxon vodiysi tumanlariga nisbatanancha sust bo’lib, Bandixon va Boysun tumanlaridan tashqari, SHerobod, Muzrabot, Qiziriq, Angor tumanlarida asosan paxta tozalash korxonalari mavjud.
Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir.
Masalan, SHerobod tumani sanoat mahsulotining 81,2 %ini, Angor tumanida 90,7, Qiziriq tumanida 97,2 va Muzrabot tumanida 75,1%ini paxta tozalash zavodlari ishlab chiqaradi. Boysun tumanida ipak gazlama ishlab chiqaruvchi “Ishonch” hissadorlik jamiyati, SHerobod tumanida respublika ahamiyatiga molik Xo’jaikon tuz koni, Boysun tumanida To’da ko’mir koni joylashgan.
Ko’rinib turibdiki, SHerobod rayonining sanoat salohiyati Surxon rayoniga nisbatan ancha past. Ushbu xulosaga bu yerda sanoat tugun va markazlarining shakllanmaganligi ham dalolat beradi. Mavjud barcha qishloq tumanlarining markazlarini sanoat punkti darajasida baholash mumkin, xolos
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish asosan Jarqo’rg’on,
Denov, SHo’rchi, Termiz shahri, SHerobod, Qumqo’rg’on, Angor,
Qiziriq, Muzrabot, Uzun, Sariosiyo tumanlari (90,9 foizi) hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ayrim tumanlarning umumiy sanoat hajmidagi ulushi juda
past bo’lib qolmoqda, misol uchun Termiz tumani (1,7 %), Boysun
(1,6 foiz), Oltinsoy (0,8 %).
Asosiy sanoat korxonalarining ulushi o’sish o’rniga kamayishi kuzatilmoqda. Misol uchun, hisobot davrida ishlab chiqarilgan jami iste’mol tovarlarida “Surxondaryodonmahsulotlari” Xniki 9,0 foizga



Download 453.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling