2 bob. Sanoat korxonalarini rivojlantirishning xududiy siyosatini takomillashtirish orqali uning hudud iqtisodiy o‘sish sur'atiga ta'siri tahlili
Download 453.08 Kb.
|
2. BOB (2.1,2.2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar
- Tashqi savdo aylanmasi
Qishloq xo‘jaligi. 2021 yilda viloyatda 29352,8 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jaliklari mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 102,2%ga oshgan. Respublikada jami ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarida viloyatning ulushi 9,2%ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 4-o‘rinni egallagan.
Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 8705,2 ming so‘mni (Respublika hududlari orasida 9-o‘rin) tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 100,3 foizga oshgan. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar. Viloyatda asosiy kapitilga kiritilgan investitsiyalar hajmi 16225,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan (2020 yilga nisbatan 72,7%) va Respublikadagi jami asosiy kapitalga kiritilgan investtsiyalardagi ulushi 6,6% (hududlar orasida 6-o‘rin)ni tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 4811,9 ming so‘mni tashkil qilgan (2020 yilga nisbatan 71,4%). Tashqi savdo aylanmasi. 2021 yilda viloyatda tashqi savdo aylanmasi hajmi 661,9 mln AQSh dollarini tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 122,1 foizga oshgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining Respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1,6 %ni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 10-o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksportning ulushi -40,2%, importning ulushi -59,8%ni tashkil qilgan. 2021 yilda jami amalga oshirilgan eksport xajmi 270,5 mln AQSh dollarini tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 138,4%ga, import xajmi 391,4 mln AQSh dollarini tashkil qilgan holda 2020 yilga nisbatan 112,9%ga oshgan. Viloyatda amalga oshirilgan oshirilgan eksport-importning Respublika ko‘rsatkichidagi ulushi mos ravishda 1,6%;1,5%ni tashkil qilgan. Endi Qashqadaryo viloyati tumanlari kesimida qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o`sish sur`atlarini ko’rib chiqamiz. Viloyatda 2 ta shahar va 13 ta tuman mavjud bo’lib qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqiqsh bo’yicha 2012 yilda eng yuqori o’sish Qarshi shahri (133,4 % ) ga to’g’ri kelgan. Keying o’rinda esa G’uzor tumani (115%) ega bo’lgan. 2021 yilga kelib esa Kitob tumani (103,2 %) eng yuqor o’sish kuzatilgan. Shahrisabz shahri dastlabki 2012-2015 yillarda ushbu mahsulot bo’yicha hech qanday ko’rsatkichga ega bo’lmagan, ammo 2016 dan boshlab qishloq xo’jalik mahsulotlari o’sishi kuzatila boshlagan. Ya’ni 2016 yilda 108, 3 % o’tgan 2021 yilga kelib esa 102,7 % o’sishni tashkil qilgan. (2- jadval)
Download 453.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling