2 Bolalardagi nutq nuqsonlarini bartarf etishda logoped faoliyati va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini tashkillashtirish yo`llari
Download 124.98 Kb.
|
Nutq kamchiliklarini bartaraf etishning qulay va samarali metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yumshoq tanglay mashqlar .
- Tovushlar talaffuzini tekshirish
Til mashqlari. Tilni keng holatda ko`rsatish - og’izni kirgizish, tilni keng holatda pastki lab ustiga qo`yish, yuqori lab tomon ko`tarish - tilni og’izga kirgizish, og’izni ochish va navbatma-navbat tilni keng va tor holda ko`rsatish; tilni tor holda tutib, yuqori labni yalash, shu holda pastki labni yalash, tilni tor holda tutib, uni og’izning chap va ung burchaqlariga harakatlantirish; og’izni ochish, tilni surib qattiq tanglayga tekkizish va kuch bilan tortib olish. Bu mashqlar bir necha marta kaytariladi.
Yumshoq tanglay mashqlar. Tilni pastki lab ustiga kuygan holda esnash, yo`talish ko`rinishidagi mashqlar: «a» unlisini avval cho`zib, keyin bo`lib-bo`lib talaffuz qilish, «a» unlisini qattiq tezlikda talaffuz qilish. Mashqlar taqlid asosida va so`z qoidasi bo`yicha bajariladi. Artikulyasion apparak a’zolarining harakatchanligini tekshirish jarayonida harakatning bor yoki yo`qligi, harakatning bajarilish darajasi (to`liq, noto`liq) va bajarilish sifati (gipo yoki gipertonus, qo`zg’aluvchanlik); harakatni aniq bajarish ko`nikmasi; Artikulyasion a’zolarni ko`rsatilgan vaziyatda uzoq vaqt ushlab tura olish; bir harakatdan ikkinchi harakatga ohista o`tish; harakatlar tezligi; sur’ati me’yorda (sekinlashgan, tezlashgan) aniqlanadi. Artikulyasion apparat harakatchanligini baxolash me’yori: harakatni aniq, to`liq, me’yorda bajaradi. bir harakatdan ikkinchi harakatga uta oladi. harakatni bajarishda bir qator kamchiliklar kuzatiladi. bir harakatdan ikkinchi harakatga qiyinchilik bilan o`tadi. harakatni logoped yordami bilan bajaradi, mustaqil o`zi bajara olmaydi. Bir harakatdan ikkinchi harakatga juda qiyinchilik bilan utadi. harakatni bajara olmaydi. Tovushlar talaffuzini tekshirish Tovushlar talaffuzining holati logopedik praktikada umumiy qabul qilingan quyidagi tartib bo`yicha tekshiriladi. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko`rsatiladi, bunda rasmdagi narsalarni ifodalovchi so`zlar ichida tekshirilayotgan tovush uch o`rinda kelishi kerak: so`zning alohida talaffuzida, bo`g’inlarda, so`zlarda va jumlalarda tekshiriladi. O`zbek tilida so`zda undosh tovushlarning mos kelishi: Sirgaluvchi tovushlar (s, z, s); Shipillovchi tovushlar (sh, j, ch); Sanor tovushlar (l, r, ng); Til orqa, chuqur til orqa tovushlar (k, g, x, k, g, x); Jarangli tovushlar (v, b, d); Unli tovushlar (a, o, u, u). Rasmlarni tanlash me’yorlari: maktabgacha yoshdagi bolalarning tushunishi uchun mos bo`lishi; idrok tasvirlangan so`ratga nisbatan qiziqishni va ijobiy hissiyotli munosabatni uygotish; hayotiy vaziyatlarning aks ettirilishi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar xususiyati bo`yicha biz quyidagi shakllarni belgiladik: a) tovush yo`qligi; b) tovushning almashtirilishi; v) tovushlarning nutqda mustaxkam bo`lmasligi (bunda tovush ba’zi so`zlarda to`g’ri talaffuz etiladi, ba’zi so`zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiriladi); g) tovushni buzib talaffuz etish.
Download 124.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling