1-boshlovchi: Endi navbatni qizlar ijrosidagi raqsga beramiяю(Mandarin)
Hikmatli so`zlar.
Ayol go`zalligi shunday jozibali kuchki, uning oldida hatto fil ham to`xtab qoladi.
2.Ona - quyosh, uning mehr tafti hech qachon sovumaydi.
3. Hatto eng buyuk, noyob buyuklik ham ona mehribonligi oldida xoru xasdir
4.Ona muhabbati zinhor qarimas.
5. Ona jamiki mavjudotning suyangan tog`idir.
6.Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng go`zal sirlaridan bexabar o`tadi.
ONALAR
1.Gulmira
Aks etganda muhabbat
Hofizlarning to’rida,
Bo’ldi ajib bir tanlov
O’zbegim diyorida.
2.Sardor
Mehmon bilan to’ldi liq
O’zbegim xonalari.
Bo’ldilar bir yerda jam
Dunyoning onalari.
3.Og’abek
Hakamlarning oldiga
Bir shart qo’ydi xaloyiq
Ey hakamlar, qay ona
Oliy o’ringa loyiq
5.Kamron
Ayting bizga onalar
Ichra mehribonini,
Farzand uchun qay ona
Berar hatto jonini?
6.Muhammadali
Odil baho beray deb
Ko’p o’yladi hakamlar
Qirq kun o’tib oradan
Soz so’yladi hakamlar:
7. X.Parizoda
Ey, xaloyiq bu tanlov,
Yakun topdi, yopildi,
Onalarning barchasi
G’olib deya topildi.
1-boshlovchi: Qoshiq “Oyijon yonimda bo’lsangiz bas”
1.Asilbek
Ibo-xayo sizdadir
Go’zal o’zbek qizlari
Malohatda tengi yo’q
Yuzlari qirmizlari
2.Ramazon
Kiysangiz yarashadi
Xonu-atlas ko’ylaklar
Boshingizda barq urar
Yoqut naqshli do’ppilar
3.Nurmuhammad
Chorlaguday bo’lsangiz
Chaqnab turar ko’zlari
Shirin shakar so’zlari
Soddagina o’zlari
4.Saidazimxon
Mohioyim- poshsholar
Xonzodalar sanamlar
Ko’z tegmasin husningizga
Qoshu-qaro qalamlar
1-boshlovchi: Endigi navbatni Safarova Asalxon va Murodov Saidazimxon ijrosidagi qo’shiqqa beramiz.hammani raqsga taklif qilamiz.
1-boshlovchi
Aziz mehmonlar tashkillashtirgan kechamiz dillaringizga bir oz bo`lsa ham quvonch bag`ishlagan bo`lsa, o`zimizni baxtiyor his qilamiz.
Shu bilan tashkillashtirgan kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan qutlaymiz. Qalbingizdagi nafosat, amallaringizdagi sharqona ibo, or-nomus doimo chiroqdek bo`lib yo`llaringizni yoritaversin. Ezgu tilaklar hamisha yo`ldoshingiz bo`lsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |