2-Boshlovchi: Fasllar kelinchagi bo`lmish bahorni kimdir uyg’onish, go`zallik fasli desa, yana kimdir yosharish fasli deb ataydi. Bahor kelishi bilan ro`yi-zamin kamalak tusiga kiradi. Boshlovchi


Download 25.15 Kb.
bet2/4
Sana31.03.2023
Hajmi25.15 Kb.
#1312325
1   2   3   4
Bog'liq
2-E 8-MART TADBIR

1.Ruhshona
Shodlanadi O’zbekistonim
Quyoshni toj qilib boshiga
Peshvoz chiqar ona bo’stonim
Bahor kelsa uning qoshiga
2. Hojiniso
Har bir giyoh, har maysa kurtak
Yangi fasl mehridan qongay
Binafshalar taratib ifor
Jilg’alarda hayot uyg’ongay
3.Gulmira
Sho’x boladek erka shamollar
Olib uchar yalpiz bo’yini
Adirlarda surib xayollar
Qizg’aldoqlar chalar kuyini.
4.Dildora
Shodlanadi ona bo’stonim
Bahor kelsa uning qoshiga
Peshvoz chiqar O’zbekistonim
Quyoshni toj qilib boshiga
1.Boshlovchi:
Farzand ona uchun eng aziz ne'mat, onaning baxtiyorligi farzandi kamoli, baxtini ko`rishdadir. Ona farzandining birinchi o`qituvchisi, do`sti, eng yaqin kishisi hisoblanadi. Ular farzandlarini har qanday sharoitda to`g`ri tushunib, qiyin vaziyatlardan ularni himoya qiladilar.
2.Boshlovchi:
Aziz onajonlar va kechamiz mehmonlari biz sizlarni o`zimizning chuqur sevgimiz, hurmatimiz va cheksiz ehtiromimizni izhor etish uchun taklif qilganmiz.
1.Boshlovchi:
Ona haqida har qancha gapirsak, har qancha yozsak ado bo’lmaydi. Chunki ona jahondagi buyuklarning buyugi.Onadan hayot boshlnadi.Ona farzandi uchun jon olib jon beradi.
1-boshlovchi: Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim
Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim
Ey mening jannati onajonlarim
Hamma: Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin
2-boshlovchi: Tabassum ketmasin yuzlaringizdan
Quvonch yosh tomsin ko’zlaringizdan
Chamanlar gullasin izlaringizdan
Hamma: Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin
1-boshlovchi: Qo’shiq “Bu mening onam” ijro etadi 2-“E” sinf o’quvchisi To’lqinova Munisa
AYOL
1.A.Parizada
Siz o’sha mehrdan dunyo yaratgan
Siz o’sha mehrdan hayo yaratgan,
Vafo farishtasi ,ko’ngil soqchisi,
Falak hayrat uchun go’yo yaratgan,
Ayol sizga bo’lsin ming bora ta’zim.
2. Dilshod
Poyingiz ostida yastanmish jannat,
Siz-Ona alladan vatan yaratgan
Mehringiz aslida cheksiz saltanat
Fidosiz mehrdan chaman yaratgan,
Bu o’zbek ayoli ungadir ta’zim.
3.Sarvar
Hayo ibo sizda,siz mulki Turon,
Husningiz beqiyos ,siz ganji nihon
Sizla kamol topar alp qomat avlod,
Farzandiga fido,mehri bir jahon,
Baxti but fidoyi ayolga ta’zim.
4.M.Munisa
Momosiz nabirasin bag’riga bosgan,
Onasiz beshikka ko’zmunchoq taqqan.
Ostonada farzandin kuzatib har tong
Oq yo’l tilab duoga qo’lini ochgan,
Niyati pok ,shundayin ayolga ta’zim.
5.Abror
Dunyo bor ehtirom ,e’zoz sizgadir,
Bog’da bulbul kuylar har roz sizgadir
Umr baxshidadir ,dilroz sizgadir.
Poyingizga jilo mehru muhabbat
Ayol ,senga bo’lsin ehtirom ta’zim.

Download 25.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling