2. Boshqaruv hisobi obyektlari Boshqaruv hisobining metodi
Boshqaruv hisobi obyektlari
Download 279 Kb.
|
Mavzu Boshkaruv xisobining sotish faoliyati
2. Boshqaruv hisobi obyektlariBoshqaruv hisobi mohiyatini belgilashda uning muhim xususiyatini ta’kidlash lozim: boshqaruv hisobi boshqaruv jarayonini hisob-kitoblar jarayoni bilan uzluksiz bog’laydi. Boshqaruv predmeti - ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish maqsadida xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun boshqaruv obyekti yoki boshqaruv jarayoniga ta’sir o’tkazishdir. Boshqaruv rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish, rag’batlantirish va nazorat qilish yordamida boshqaruv predmetiga ta’sir o’tkazadi. Aynan shu funksiyalarni boshqaruv hisobi bajarib, u o’z tizimini yaratib, boshqaruvning maqsad va vazifalariga javob beradi. Hozirgi paytgacha boshqaruv hisobi predmetining aniq ta’riflari mavjud emas. Mualliflar umumiy holda buxgalteriya hisobi va xususiy holda boshqaruv hisobi mohiyati ta’riflarini ifodalash bilan chegaralanishmoqda. Ta’kidlash lozimki, xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarish tizim va metodlari o’zgarmoqda, shunga muvofiq tarzda boshqaruv hisobining tarkibi o’zgarmoqda. Ayniqsa, bu turli tashkiliy tuzilmaga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlardagi o’zgaruvchan tashqi omillar (inflyatsiya, ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish va sh.k.) ta’siridagi xarajatlar va daromadalar hisobini modellashtirishga tegishlidir. Ana shu erda boshqaruvning obyektlari va subyektlari tarkibi o’zgaradi. Boshqaruv to’g’risidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani ham shakllantiradi. Boshqaruv hisobining predmeti - xo’jalik faoliyatini boshqarish jarayonining barcha bo’g’inlaridagi obyektlar yig’indisidir. Predmetning mazmunini tushunish, uning mohiyatiga obyektiv baho berish uchun, boshqaruv hisobi fanining obyektlari mohiyatini to’g’ri tushunish kerak bo’ladi. Boshqaruv hisobining obyektini belgilashda nafaqat amaliyotchilar, balkim nazariyachi olimlar o’rtasida ham yaqin bo’lgan quyidagicha yondashuv mavjud: boshqaruv hisobining obyekti, bu xo’jalik yurituvchi subyektning butun faoliyati hamda uning alohida segmentlari. Shu bilan birgalikda, alohida ta’kidlash kerakki, amaliyotchilar ham, nazariyachi olimlar ham xo’jalik yurituvchi subyektning segmentini belgilashga turlicha yondashishadi. Ayrim qarashlarda, xo’jalik yurituvchi subyektning segmenti deyilganda, uning faqat ayrim olingan bo’g’inlari hisobga olinishi nazarda tutiladi. Yana bir qarashlarda, xo’jalik yurituvchi subyekt segmenti uning ayrim olingan mustaqil bo’g’inlari va mahsulotlari turini hisobga olish imkonini beradi, deb e’tirof etiladi. Xo’jalik yurituvchi subyekt segmenti deyilganda, nafaqat xo’jalik yurituvchi subyektning alohida olingan bo’g’inlari, balkim boshqaruv hisobining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, mahsulot turlari hamda bir xil jarayonlar ham hisobga olinishi kerak. Boshqaruv hisobining obyektlarini sxematik tarzda quyidagicha aks etirish mumkin (rasmga qarang): Boshqaruv hisobi obyektining ikkinchi guruhiga quyidagi faoliyat turlari kiritiladi: ta’minot-tayyorlash – ishlab chiqarishni xom-ashyo, yordamchi materiallar bilan uzluksiz tarzda ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish hamda ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarni sotib olish, saqlash hamda ta’minot jarayoni bilan bog’liq bo’lgan marketing faoliyatini yuritish; ishlab chiqarish – asosiy va yordamchi materiallarni ishlatib mahsulot ishlab chiqarish hamda ana shu ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq jarayonlar, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillashtirish va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqish bilan bog’liq jarayonlar; moliyaviy-sotish – ishlab chiqarilgan mahsulotni to xaridorgacha yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlar: qadoqlash, tashish va boshqa ishlarni qamrab olgan bevosita sotish operatsiyalari tushuniladi; mahsulotni reklama qilishdan boshlab, iste’molchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatishgacha bo’lgan jarayonni qamrab olgan sotish hajmining o’sishiga xizmat qiluvuchi operatsiyalar; chiqarilayotgan mahsulot sifati nazorati; tashkiliy – xo’jalik yurituvchi subyektning eng optimal tarzdagi tashkiliy tuzilmasini yaratish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlardir. Shu o’rinda xo’jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tizimidan, lozim bo’lsa, funksional bo’limlar, xizmatlar, sexlar va uchastkalarni ajratish bo’yicha aniq ishlarni amalga oshirish ham inobatga olinadi. Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo’limlari o’rtasidagi ichki aloqalar talablariga javob beruvchi hamda rejalashtirish, nazorat qilish, reja bajarilishini baholash, rag’batlantirish funksiyalariga muvofiq keluvchi to’g’ridan-to’g’ri va teskari (qarama-qarshi) aloqaga ega bo’lgan ma’lumotlar tizimini tashkil etish ishlarini amalga oshirish ham nazarda tutiladi. Shu bilan birgalikda, xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadlarini bajarishga yo’naltirilgan ichki mutassadilar harakatini muvofiqlashtirish jarayonlari ham amalga oshiriladi. Qayd etish joizki, boshqaruv hisobining obyektlarini ayrim olingan tarmoqlar, qolaversa, ayrim bir xo’jalik yurituvchi subyekt miqyosida ham boshqacha guruhlash mumkin, lekin har qanday holatda ham u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi va xizmat qilishi kerak. Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling