2. Boshqaruv hisobi obyektlari Boshqaruv hisobining metodi
Boshqaruv hisobi funksiyalari
Download 279 Kb.
|
Mavzu Boshkaruv xisobining sotish faoliyati
5. Boshqaruv hisobi funksiyalariBoshqaruv hisobi mohiyatini to’g’ri tushunish yana bir muhim xulosani chiqarishga asos bo’ladi. Aniqrog’i, boshqaruv funksiyalari bilan boshqaruv hisobi bajaradigan funksiyalar o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv hisobining funksiyasini belgilashda bir qator rivojlangan bozor munosabatlariga ega mamlakat, shuningdek rossiyalik olimlar quyidagi qarashlarni alohida ta’kidlaydilar: Boshqaruv hisobi boshqaruvning turli bo’g’inlarini ma’lumotlar bilanta’minlaydi; operativ nazorat funksiyasi hamda istiqbolli rejalashtirish funksiyasini bajaradi. Boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumotlartayyorlaydi; turli xil boshqaruv bo’g’inlari uchun tahliliy hisobotlarni tuzadi; rahbarlarni chetlanishlarni boshqarishga yo’naltiradi. Boshqaruv hisobi biznesni tizimli boshqarish uchun boshqaruvning turlibo’g’inlarini relevant ma’lumotlar bilan ta’minlaydi; xo’jalik yurituvchi subyektning turli bo’g’inlarini boshqarish uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantiradi. Mavjud qarashlardagi ijobiy holatlarni inobatga olgan holda boshqaruv hisobining quyidagi funksiyalarini belgilash mumkin: boshqaruv hisobi biznesni va uning segmentlarini tizimli boshqarish uchun relevant ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va rahbarlarni u bilan muntazam ta’minlaydi; operativ nazorat hamda istiqbolli rejalashtirish funksiyalarini bajaradi. Quyidagi chizmada boshqaruvning ana shu funksiyalari o’rtasidagi bog’liqlik keltirilgan: Rejalashtirish – kelgusida amalga oshishi lozim bo’lgan xarakatlar variantlarini ko’rsatib berish jarayoni. U o’z ichiga aniq maqsadning qo’yilishini; maqsaddan kelib chiqqan holda vazifalarning aniq ifoda etilishini; qo’yilgan maqsadga erishish uchun vazifalarni hal etish yo’llarini izlashni; voqealarning muqobil variantini tanlashni oladi. Bu jarayonda rahbar byudjet (asosiy byudjet va boshqa barcha byudjet turlari) va uni ijro etishning mo’ljallangan manbalari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Yaxshi tuzilgan rejalar elastik (qayishqoq) bo’lishi lozim va ayrim ishlab chiqarish vaziyatlarida rahbar ularni o’zgartirish imkoniga ega bo’lishi kerak. Rejalar qisqa va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Istiqbolli reja ma’muriyatning xo’jalik yurituvchi subyektni 3-5 yillik rivojlanishiga tegishli taxminini ifoda etadi. U ma’muriyat tomonidan hozirda va yaqin kelajakda amalga oshirishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar majmuasini ko’zda tutadi. Shunday qilib, asosiy fondlarga, ishlab chiqarish zahiralariga, yangi mahsulot turini yaratish va o’zlashtirishga (chunonchi chiqarilayotgan mahsulot assortimentining o’zgarishi xo’jalik yurituvchi subyektning foydasini pasayish xavfini oldini oladi) investitsiyalar kiritish masalasi hal qilinadi. Nazorat qilish – rahbar, menejer tomonidan rejalarning bajarilishini tekshirish – obyekt holatini aniqlashdan, rejadagi natijalar bilan amaldagilarini taqqoslashdan, rejani qayta ko’rib chiqishdan (agar u bajarilmasligi aniq bo’lgan bo’lsa), tartibga solinganidan va rejalashtirilganidan og’ishlar aniqlanishidan iborat. Nazorat qilish rejalashtirish bilan shunday uzviy bog’liqki, odatda, ular orasida hech qanday chegara o’tkazilmaydi. Har qanday boshqaruv qarori faoliyatni baholashga asoslanib, unda boshqarishni rejalashtirish va nazorat tizimi to’laligicha bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Boshqaruvning bu bosqichida rahbar obyektning amaldagi holati bo’yicha miqdoriy o’lchovlari jamlangan bajaruvchilarning hisobotlari ko’rinishidagi ma’lumotlarga ega bo’ladi. Aksariyat hollarda, hisobotda amaldagi ma’lumotlar bilan byudjet ma’lumotlari taqqoslanadi. Bu esa, rahbarning kelgusida hal qilinishi lozim bo’lgan salbiy holatlarga va muammolarni aniqlashga e’tibor qaratishiga imkon beradi, masalan, ayrim xaridorlarga mahsulot yetkazish bo’yicha majburiyatlarni qayta ko’rib chiqishga. Baholash – qarorlar qabul qilishning barcha tizimlari tahlilining yakunlovchi jarayoni sifatida e’tirof etiladi. Bu holatda quyidagilar aniqlanadi: qo’yilgan maqsadga erishildimi (teskari aloqa) va ulardan og’ish sabablari ko’rsatiladi; rejalashtirishning kamchiliklari; operativ (tezkor) qarorlar sonining ko’payishiga olib keluvchi nooptimal harakatlar yig’indisi; boshqaruv talablariga nazorat tizimining nomuvofiqligi; noto’g’ri qo’yilgan vazifalar. Tashkiliy ishlar xo’jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasini yaratishdan iborat bo’lib, qo’yilgan maqsadning amalga oshishi uchun mo’ljallangan – bo’limlar, guruhlar, bo’linmalar va shu kabilarning optimal tizimini shakllantirishni nazarda tutadi. Xususan, ijrochilar tomonidan majburiyatlarning taqsimlanishi, ichki axborot aloqalari asosida boshqaruvning turli darajalarini birlashtiruvchi ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish, chiziqli va chiziqli bo’lmagan munosabatlardan foydalangan holda muloqot aloqalarini o’rnatish. Boshqaruv hisobi tizimining amal qilishi xo’jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasi bilan ifodalanadi. Ishlab chiqarish buxgalteriyasi tarkibiy bo’linmalarning ichki hisobot tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarishning xarajatlar hisobi javobgarlik markazlari bo’yicha tuzilib, bu o’z navbatida rahbariyatga ixtisoslashuv va bo’ysunishning samaradorligi, maqsadga erishish uchun vakolatlarning taqsimlanishi to’g’risida axborot beradi. Rag’batlantirish – ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarini xo’jalik yurituvchi subyektning maqsad va vazifalarini aniqlashtirishga undovchi va ushbu maqsadlar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilishga rag’batlantirish vositasi. Bu holatda byudjetlar va ularning bajarilishi bo’yicha qilingan ishlar hisobotlari asosiy o’rin egallaydi. Byudjetlar balanslashgan reja ko’rsaktkichlarini o’zida mujassamlashtiradi va rahbarlarni xo’jalik yurituvchi subyektning yakuniy maqsadlarini bajarishga undaydi. Bajarilgan ishlar hisobotlari amaldagi natijalarni rejadagiga nisbatan o’zgarishining asoslanganligini rag’batlantiradi va xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlarini og’ishlarni bartaraf qilish yoki kelgusidagi muammolarni ijobiy tarzda yechish yuzasidan choratadbirlar ishlab chiqishga undaydi. Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari tomonidan amalga oshiriladigan ichki hisob-kitob nazorat va tartibga solish tizimining samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Ichki axborot aloqasi – xo’jalik yurituvchi subyekt ichidagi bo’limlar, tarkibiy tuzilmalar o’rtasidagi ma’lumotlar va hisobotlar almashinuvini anglatadi. U turli xil tarkibiy bo’linmalarning faoliyatini yakuniy maqsadni bajarish yo’lida muvofiqlashtiradi, kelgusidagi byudjet davrida har bir bo’linmaning vazifasini aniqlashtiradi, har bir bo’linma rahbari faoliyat yuritishi lozim bo’lgan shart-sharoitlarni va ularga bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish bo’linmalari talablari (ehtiyojlar va cheklovlar)ni belgilab beradi. Bajarilgan ishlar hisoboti har bir rahbarni o’z faoliyatini tahlil qilish va baholash uchun ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, boshqaruvning samaradorligi pasayishiga olib keluvchi holatlarni bartaraf qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi. Boshqaruv funksiyalari va ularning amaliy natijasini ta’minlab beruvchi axborot boshqaruv hisobining funksiyalarini shakllantiradi: boshqaruvning barcha darajadagi rahbarlarini joriy rejalashtirish, nazorat vaoperativ (tezkor) boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumot bilan ta’minlash; boshqaruv darajalari va bir xil darajadagi turli tarkibiy bo’linmalar o’rtasidagiichki muloqot aloqalari vositasi bo’lib xizmat qiluvchi ma’lumotlarni shakllantirish; belgilangan maqsadga erishish yo’lida xo’jalik yurituvchi subyekt va uningichki bo’linmalari faoliyat natijalarini joriy nazorat qilish va baholash; faoliyat natijalarining amaldagi tahlili va baholash asosida kelgusida xo’jalikyurituvchi subyektning istiqbolli rejalashtirilishi va rivojlanishini muvofiqlashtirish. Download 279 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling