2. Boshqaruv hisobi obyektlari Boshqaruv hisobining metodi


Boshqaruv hisobi tamoyillari


Download 279 Kb.
bet5/7
Sana08.11.2023
Hajmi279 Kb.
#1754722
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Boshkaruv xisobining sotish faoliyati

4. Boshqaruv hisobi tamoyillari


Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi. Boshqaruv talablariga javob beruvchi hisob tizimi ham murakkab bo’lib, ko’pgina tadbirlar va jarayonlardan tashkil topadi. Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib, boshqaruv hisobi tizimi elementlari tarkibi o’zgarishi mumkin. Shu bilan birga, aniq xo’jalik yurituvchi subyektda tashkil qilingan har qanday hisob siyosati umumqabul qilingan tamoyillarga javob berishi kerak. Albatta, bundan boshqaruv hisobi ham mustasno emas. Boshqaruv hisobining tamoyillari mohiyatini to’g’ri anglash shu hisob turidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Boshqaruv hisobi tamoyillariga quyidagilar kiradi: xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi; rejalashtirish va hisoblashda yagona o’lchov birliklarini ishlatish; xo’jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo’linmalari faoliyati natijalarini baholash; boshqaruv maqsadida birlamchi va oraliq ma’lumotlarning ko’p marotaba ishlatilishi; xo’jalik yurituvchi subyekt ichidagi kommunikatsiya tizimi; xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda byudjet usulini qo’llash; hisob obyektlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlovchi to’liqlik va tahliliylik; xo’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati tomonidan o’rnatilgan ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarining davriyligi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi tamoyilixo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish ko’lamini kamaytirish va o’z faoliyatini tugatish maqsadlari yo’qligini namoyon etib, istiqbolda hamisha rivojlanishga intilishini bildiradi. Bu tamoyil hisobchilarni uzoq muddatli muammolarning echimiga qaratilgan ma’lumot xizmatlarini yaratishga yo’naltiradi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish raqobatbardoshliligi tahlili, xom-ashyo va materiallarni etkazib berish, assortimentni o’zgartirish va yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish, ishlab chiqarishga ilg’or texnologiyalarni jalb qilish, investitsiya qilish va shu kabi muhim masalalar borasida operativ (tezkor) va har tomonlama asoslangan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga undaydi.

Boshqaruv hisobining yana bir tamoyili rejalashtirish va hisoblashda yagona o’lchov birliklarini ishlatish bo’lib, bu tamoyil rejalashtirish va ishlab chiqarish hisobi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri va qarama-qarshi aloqani ta’minlaydi.
Reja-hisob birliklari turli darajadagi operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimining mohiyatini ochib beradi; ular yordamida xarajatlarning buxgalteriya hisobi va ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi ko’rsatkichlarining o’zaro bog’liqligiga va ayrim tarkibiy tuzilmalar xo’jalik yuritish natijalarini aniqlashga asoslangan hisob tizimi metodoligiyasini ishlab chiqish uchun real sharoit yaratiladi.
Ishlab chiqarishni operativ (tezkor) rejalashtirishninng turli darajalarida ishlatiladigan hisob birliklari yoki juda yiriklashtiriladi, yoki aksincha, juda detallashtiriladi. Detallashtirish jarayoni asosida xo’jalik yurituvchi subyekt darajasidagi yirik birliklardan (mahsulot ishlab chiqarish buyurtmasi, mahsulotlar seriyasi, nomlanishi va sh.k.) sexlar, uchastka, brigadalar darajasidagi kichikroq birliklar (ehtiyot qism, operatsiyalar majmuasi, mashinokomplekt, murakkab mexanizm komplekti, brigada komplekti va h.k.)ga o’tish tamoyili o’rin olgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi reja-hisob birliklari va omborga topshirilgan tayyor mahsulotning o’lchov birliklari bir xil bo’ladi. Shu tufayli, ular orqali bajarilgan buyurtmalarning boshqaruv va moliyaviy hisobi o’rtasidagi bog’liqlik ta’minlanadi. Shu bilan birga, boshqaruv obyektlari bo’yicha, hoh u mahsulot turlari bo’yicha guruhlanishi bo’lsin, hoh ishlab chiqarish buyurtmalari yoki tarkibiy tuzilmalar bo’yicha bo’lsin, u yoki bu ko’rinishdagi ma’lumotlarni guruhlash mumkinligini inobatga olish lozim. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi subyekt darajasidagi reja-hisob birliklari kalkulyatsiya obyektlari bilan bir-biriga mos tushadi yoki uning tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Tarkibiy tuzilmalar darajasidagi reja-hisob birliklari xarajatlar hisobi obyektlarini tanlashda foydalanishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi subyekt bo’linmalari faoliyati natijalarini baholash – boshqaruv hisobi tizimi tuzilishining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy tuzilmasidagi tafovut va farqlarga qaramasdan boshqaruv hisobi operativ (tezkor) ishlab chiqarish va texnik-iqtisodiy rejalashtirish bilan bog’liq bo’lishi lozim. Rejalashtirish va nazorat tizimi bilan birgalikda boshqaruv hisobi sexlar, uchastka, brigadalarda xo’jalik yuritish mexanizmini o’zida aks ettiradi. Faoliyat natijalarining baholanishi ishlab chiqarishdan tortib, to uni sotishgacha bo’lgan jarayonda har bir bo’linma tomonidan xo’jalik yurituvchi subyekt foydasini shakllanishidagi yo’nalish va istiqbolni aniqlab beradi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning xo’jalik faoliyati mexanizmi bo’linmalar hamda ular orasidagi operativ (tezkor) boshqarish talablariga mos bo’lishi kerak.
Birlamchi ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayonida ketma-ketlik va ko’p marotaba foydalanish tamoyili hisob tizimini soddalashtiradi va uning samarali bo’lishini ta’minlaydi. Operativ (tezkor) boshqarishda boshqaruv hisobi ma’lumotlari buxgalteriya ma’lumotlari bilan to’ldiriladi. O’z navbatida, moliyaviy hisob ma’lumotlari boshqaruv hisobidan keladigan ma’lumotlar bilan detallashtiriladi va to’ldiriladi. Ayrim hollarda uni komplektlilik (rasolik) tamoyili deb ham yuritiladi. Tamoyilning mohiyati birlamchi hujjatlardagi yoki ishlab chiqish hisob-kitoblaridagi ma’lumotlar bir martalik qayd qilish bilan ifodalanadi va qaytadan qayd qilmasdan, ro’yxatga olmasdan yoki hisob-kitob qilmasdan barcha turdagi boshqaruv faoliyatida ko’p marotaba ishlatiladi.
Ushbu tamoyil xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarish o’lchamlari va ko’lamlaridan kelib chiqib, hisobning ratsional va iqtisodiy tizimini shakllantirishga sharoit yaratib beradi. Undan foydalanish esa, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun minimal hajmdagi ma’lumotlardan maksimal ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. Ana shunda boshqaruv hisobi o’zining funksiyalarini (vazifalarini) to’la-to’kis bajargan bo’ladi.
Boshqaruv hisobi birlamchi hisob ma’lumotlari asosida ichki hisobot ko’rsatkichlarini shunday shakllantirish qobiliyatiga egaki, ular xo’jalik yurituvchi subyekt ichidagi muloqotlar tizimi bo’lib yuzaga chiqadi. Dastlab, birlamchi hujjatlar, asosiy va yordamchi sexlarning hisobotlarida hisob ma’lumotlari vujudga keladi; birinchi darajada ta’minot bo’limi, tashqi kooperatsiya, ishlab chiqarish bo’linmalari, sotish va moliya bo’limi, buxgalteriya, ombor xo’jaligining yig’ma hujjatlaridagi ma’lumotlar guruhlanadi; keyingi darajalarda esa, xo’jalik yurituvchi subyektni boshqarishning funksional bo’limlari (bosh konstruktor, bosh texnolog, bosh mexanik, xodimlar bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi va h.k.)da yig’ma hujjatlar hisoboti birlashtiriladi va shakllantiriladi.
Eng yuqori darajada esa, tarkibiy bo’linmalardan olingan yig’ma ma’lumotlar umumlashtirilishi va uning yakuniy natijasi sifatida ishlab chiqarish-dispetcherlik, rejaiqtisod va buxgalteriya bo’limlarining hisobot hujjatlarida qayta o’zgartirilishi amalga oshadi. Hisobotlar tarkibi ulardan maqsadli ravishda foydalanishga yoki rahbarning lavozimiga bevosita bog’liq. Buxgalterlar quyidagi hisobot shakllarini tuzadilar: mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida tannarx tahlili bo’yicha hisobotlar; kelgusi xarajatlarni rejalashtirish uchun smetalar; bajarilgan ishlar natijalarini baholash uchun ishlab chiqarish bo’linmalarining joriy operativ (tezkor) hisobotlari; operativ (tezkor) qarorlar qabul qilish uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar hisobotlari; shuningdek uzoq muddatli rejalashtirish va istiqbolni belgilash uchun kapital quyilmalar smetalari tahlilini amalga oshiradilar.
Shunday qilib, tizim ma’lumotlarning to’liqligi va tahliliyligi tamoyiliga javob berishi lozim. Hisobotlarda aks etgan ko’rsatkichlar qo’shimcha tahliliy qayta ishlov berishni talab qilmasligi, jarayonlar sinteziga (boshqaruvning past darajasidan yuqori darajasigacha) teskari bo’lmasligi, balki tahlil uchun qulay qilib berilishi kerak. Ushbu tamoyilning buzilishi boshqaruv tizimining qimmatlashuviga va tezkorlikning yo’qolishiga olib keladi.
Davriylik tamoyili boshqaruv hisobi tizimi tuzilishida zarur komponent bo’lib, xo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tijorat sikllarini ifoda etadi. Rahbarlar uchun ma’lumotlar maqbul paytda – oldin ham emas, keyin ham emas, ya’ni zarur bo’lgan vaqtda va davriy tarzda berib borilishi kerak. Vaqtning qisqarishi boshqaruv hisobi tomonidan tayyorlangan ma’lumotning aniqligini kamaytiradi. Odatda, boshqaruv apparati birlamchi ma’lumotlarning yig’ilishi, ularning qayta ishlanishi va yakuniy ma’lumotda guruhlanishi grafigini belgilab beradi.
Xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda byudjet (smeta) usulini qo’llash tamoyili alohida ahamiyatga kasb etadi. U yirik xo’jalik yurituvchi subyektlarda rejalashtirish, nazorat qilish va tartibga solish quroli sifatida foydalaniladi. Byudjet sikli bo’linmalar, barcha faoliyat turlarini rejalashtirish jarayonidan; jamoaning barcha loyihaviy qarorlarining yig’indisidan; byudjet loyihasi hisob-kitobidan; rejani hisoblash variantlari va ulardagi o’zgarishlardan; yakuniy rejalashtirish hamda sharoitning o’zgarishi va rejadan og’ishlar hisobidan tashkil topadi.
Byudjet ishlab chiqarish, savdo, taqsimlash va moliyalashtirishni o’zida mujassam etadi. Byudjetda xo’jalik yurituvchi subyektning barcha ishlab chiqarish va uning bo’linmalari xarajatlari, xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyat turlari va uning bo’linmalari daromadlari, foyda ko’rsatkichlari o’z aksini topadi.
Byudjetlashtirish, xarajatlar smetalari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar alohida boblarda beriladi.

Download 279 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling