Sayr jarayonida cho'milishni tashkil qilish uchun sayr rahbariga uslubiy ko'rsatma
Sayr jarayonida va dam olish sog'lomlashtirish lagerida shug'ullanuvchilarni cho'milishi va ular ustidan nazorat olib borishi (rahbarni ruhsatisiz cho'milish mumkin emasligini guruhga tushuntirish).
Agar maxsus cho'milish joyi bo'lmagan sharoitda guruh rahbari avvalo suvni cho'nqirligini, xavfsizligini, oqish tezligini tekshirib chiqishi zarur.
Cho'milish joida suvni oqish tezligi 0,5 soniyaG'metrdan - 1,5 m. soniyagacha bo'lishi kerak.
Suvni cho'nqirligini aniqlashda cho'milish joyini bitta joyi emas, balki 10-15 m masofani tekshirib ko'rish kerak. Suv harorati ql80 gradusdan kam bo'lmasligi kerak.
Cho'milish jarayonida sayr rahbarini bo'lishi shart
Cho'milish paytida to'palon qilish va qiyqirishga ruhsat berish kerak emas.
Balandlikdan suvga sakrash, kalla tashlab sho'ng'ish, qayiqdan sakrash qat'iyan man etiladi.
Ovqatlanishdan so'ng 1,5 soatdan so'ng cho'milishga ruhsat beriladi.
Bir vaqtda 8-10 ta kishiga cho'milishga ruhsat beriladi
Sayrda cho'milish joyini tanlashda sayr rahbariga metodik (uslubiy) ko'rsatma
Agar sayr jarayonida marshrut aholi turar joylari (qishloq)ga yaqin joydan o'tiladigan bo'lsa va shug'ullanuvchilar (o'quvchi, talabalar) ni cho'milishi uchun maxsus cho'milish joyida (plyajda) maxsus cho'milish kiyimida ruhsat berish mumkin. Lekin qishloq aholisiga halaqit bermay, intizomni saqlagan holatda cho'milishga ruhsat beriladi
Har doim shuni esda tutish kerakki, agar maxsus cho'milish (plyaj) bo'lmagan holda, shug'ullanuvchilarni molxonalar, qo'y-qo'toni hamda zax suvi kelib qo'shiladigan joylarda cho'milishga ruhsat berish kerak emas, chunki bunday suvlarda turli mikroblar, sog'liqga zarar keltiruvchi qo'shilmalar bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |