2. dala tajribasi bo‘yicha umumiy qoidalar
Download 22.54 Kb.
|
Dala tajribalarida agrotehnikaga qo‘yiladigan talablar. G„o„za va g„alla ekinlari ustidagi dala tajribalarida agrotehnik tadbirlar yuqori darajada o„tkazilishi zarur.
Har bir dala tajribasida o„rganilayotgan variantlarning o„zaro yuqori darajada qiyoslanishi ta‟minlashga intilish kerak. Bu esa ko„pincha dala ishlarining puhta va o„z vaqtida bajarilishiga bog„liq. Bu talab ekish oldi tadbirlari (kuzgi shudgor, erta bahorgi va ekish oldidan tuproqqa ishlov berish sho„r yuvish va zahira suvi berish, o„g„itlar solish, tirmalash, kultivatsiya, yer tekislash va b.q.)ga ham, chigit ekish va g„o„zani parvarishlashga ham taalluqlidir. Tajribada bajarilishi mo„ljallangan ishlar muddatiga qat‟iyan amal qilinishi kerak. Agar navbatdagi yumushlardan birortasini bir kunda bajarish mumkin bo„lmasa, uni bir takrorlanish miqyosida, qolgan takrorlanishlarda esa bir-ikki kunda nihoyasiga etkazish zarur. Shu bilan birga yerlarni ekishga sifatli tayyorlash va undan keyingi g„o„za amal davrida beriladigan ishlovlarning barchasida bir hillikni ta‟minlash kerak. Yerga ishlov yeri shva ekish qurollari (so„qalar, tirmalar, seyalkalar, kultivatorlar, o„g„it sepish va b.q.) bir tipli va tajribaning barcha variantlari uchun bir hil sozlangan bo„lishi zarur. Shu munosabat bilan barcha agrotadbirlar (sug„orish, o„g„it solish va b.q.) yaruslab joylashtirilgan tajribada har bir yarus bo„yicha alohida bajarilishi shart. Ikkinchi va undan ortiq yaruslarda suv bir hil oqimida, o„g„it traktorning bir o„tishida berilishi-yo„l qo„yib bo„lmaydigan uslubiy hatodir. Asosiy e‟tibor sug„orish va o„g„itlashda bir hil sharoit yaratishga qaratilishi zarur, chunki turli sug„orish me‟yori tufayli yuzaga kelgan tuproq namligidagi bir ozgina bo„lsa ham farq, ko„pchilik hollarda ekinlarning o„sishi va rivojlanishida sezilarli o„zgarishga va hosildorlik miqdoran farqlanishga olib keladi. O„g„itlar me‟yorlariga ahamiyat berilmaganda g„o„za va kuzgi bug„doyning rivojlanishi va hosildorligida undan ham ko„proq farq kuzatiladi. Demak, tajribaning yakuniy natijalari ancha ishonchsiz bo„lishi mumkin shuning uchun sug„orma dehqonchilik sharoitida o„tkaziladigan barcha tajribalarda sug„orish uchun ishlatilgan suv hisobga olinishi kerkak. Download 22.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling