Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi. TIL – ENG MUHIM ALJQA VOSITASI. Til yordamida suhbatlashib, savol-javob qilamiz. Til yordamida fikrni ifodalab, tushuntiramiz. Ajdodlardan ma’lumot olib, avlodlarga uzatamiz. Tilning eng muhim aloqa vositasi ekanligi shunda namoyon bo’ladi. Insonning eng asosiy, uni boshqa jonzotlardan farqlab turuvchi belgisi – ong va tilga egaligi. Til faqat insonga va u mansub jamiyatga xos bo‘lgan hodisa. Til bir kishi tomonidan emas, kishilik jamiyati tomonidan uzoq davr mobaynida yaratilgan. Shuningdek, u ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchu u ijtimoiy hodisa deyiladi.
Til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat
va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar
berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga
ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish
kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli
ravishda beshinchi bosqich deb
ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning
bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz. Mana shu o’rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |